Fanat Dilshodovich Qahramonov (1996-yil 23-dekabr, Samarqand, Oʻzbekistonda tugʻilgan) — oʻzbek bokschisi, oʻrta vaznda ishtirok etadi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.

Martaba 2018-yilda 75 kg vazn toifasida Fanat finalda Odiljon Aslonovni magʻlub etdi va Oʻzbekiston chempioniga aylandi.

2019-yilda Yekaterinburg (Rossiya) shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha jahon chempionatida 75 kg vazn toifasida moʻgʻulistonlik bokschi Davaanyamin Davaasurenni 5:0 hisobida magʻlub etgan. 1/16 da u avstraliyalik Adrian Kammaranoni ham 5:0 hisobida magʻlub etdi. Ammo 1/8da braziliyalik Ebert Konseysanga 3:2 hisobida yutqazdi. Oʻsha yili Oʻzbekiston chempionati finalida buxorolik bokschi Odiljon Aslonovga 2:3 hisobida magʻlub boʻldi.

2020-yilda Amman shahrida (Iordaniya) boʻlib oʻtgan Osiyo va Okeaniya bokschilari oʻrtasidagi lisenziya turnirida 75 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida Fanat Qahramonov chorak finalda eronlik bokschi Seyidshahin Musaviyga yutqazib qoʻydi.

Qahramonov 2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiya oʻyinlariga litsenziya olishga muvaffaq boʻldi. U 75 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasidagi start jangida gruziyalik bokschi Giorgiy Xarabadzega qarshi ringga koʻtarilib, ishonchli gʻalabaga erishdi. 1/8-da u boks boʻyicha 2017-yilgi jahon chempionati kumush medali sovrindori qozogʻistonlik Abilxon Amanqul bilan uchrashdi. Biroq, u uni yenga olmadi va 5:0 hisobida magʻlub boʻldi.

Manbalar

Turkum:23-dekabrda tugʻilganlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Samarqand sport kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak bokschilar Turkum:Oʻzbekistonlik Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan bokschilar Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi bokschilar Turkum:21-asrda Oʻzbekistonlik erkak sportchilari Turkum:Boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionlari Turkum:Alifbo boʻyicha bokschilar