Erkin Maxmudovich Roʻziyev (tugʻ.1947-yil, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2020-yil 22-avgust) — oʻzbek muhandisi va davlat arbobi, Toshkent viloyati hokimi (1995-yil 9-yanvar — 1998-yil 9-noyabr), Samarqand viloyati hokimi (1998-yil 9-noyabr — 2001-yil 11-sentyabr), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining I chaqiriq deputati (1998-2000 yillar fevral).

Biografiyasi Erkin Roʻziyev 1947-yil Toshkent viloyatida tugiʼlgan. Roʻziyev Toshkent Oliy partiya maktabini va Toshkent Iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Martaba Mehnat faoliyatini 1964-yilda avtobazada tokarlikdan boshlagan. Soʻngra “Bekobodgaz” trestida chilangar, marten sexida ishchi, poʻlat erituvchi yordamchisi va Oʻzbekiston metallurgiya kombinatida muhandis boʻlib ishlagan. Besh yil davomida u partiya ishiga rahbarlik qildi.

1990-yilda xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi raisi, soʻng Toshkent viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi lavozimlarida ishlagan. 1991-1992-yillarda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyat kengashi birinchi kotibi , soʻngra Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat nazorati qoʻmitasining Toshkent viloyati boʻyicha boʻlimi mudiri lavozimlarida ishlagan. 1992-yil oktyabr oyida Bekobod shahri hokimi etib tayinlandi. 1993-yil 9-dekabrda esa Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

1995-yil 9-yanvarda Toshkent viloyati hokimi etib tayinlandiУказ Президента Республики Узбекистан «О назначении Э. М. Рузива хокимом Ташкентской области» // Народное слово : газета. — 1995. — 10 января (вып. 1017, № 7). — С. 2.. 1998-yil 9-noyabrdan 2001-yil 11-sentyabrgacha Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlagan.

1998-yil fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-chaqiriq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati etib saylangan.

Erkin Roʻziyev 2020-yil 22-avgustda vafot etdi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Toshkent viloyatining hokimlari Turkum:2020-yilda vafot etganlar Turkum:22-avgustda vafot etganlar Turkum:Kishilar Turkum:1947-yilda tugʻilganlar Turkum:Samarqand viloyatining hokimlari Turkum:Oʻzbekiston viloyatlari hokimlari