Anvar Xusainovich Gʻofurov (1982-yil 14-mayda tugʻilgan; Samarqand, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻynagan oʻzbek futbolchisi. 2000-yildan Oʻzbekistonning bir-nechta futbol klublari safida va 2007—2010-yillarda Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasida himoyachi sifatida toʻp surganhttp://www.footballtop.ru/players/anvar-gafurov.

Martaba Anvar Gʻofurov professional faoliyatini 2000-yilda „Jizzax Soʻgʻdiyona“ jamoasida boshlagan. 2002-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubiga oʻtgan boʻlsa, 2003-yilda esa Namanganning „Navbahor“ klubi bilan shartnoma imzoladi.http://www.footballtop.ru/players/anvar-gafurov. 2005-yilda Anvar Samarqandning „Dinamo“ jamoasiga oʻtgan, biroq bor yoʻgʻi bir mavsum oʻynab, „Mashal“ jamoasiga oʻtgan. Gʻofurov 2008-yilgacha „Mashal“da toʻp urgan boʻlsa, keyingi yili Toshkentning „ Bunyodkor“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Gʻofurov shu vaqtga qadar „Bunyodkor“ bilan 84 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urganhttps://www.transfermarkt.com/anvar-gofurov/profil/spieler/63619.

Terma jamoadagi faoliyati Anvar Gʻofurov Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi tarkibida 2007-yilda maydonga tusha boshlagan. 2010-yilda terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganhttps://int.soccerway.com/players/anvar-gafurov/11895/. Umumiy hisobda u milliy terma jamoa safida 21 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urganhttps://int.soccerway.com/players/anvar-gafurov/11895/.

Yutuqlari

„Paxtakor“

Oʻzbekiston chempioni: 2002 Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2002

„Mashal“

Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori: 2007-yil

„Bunyodkor“

Oʻzbekiston chempioni: 2009, 2010, 2011, 2013 Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2012 Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2010, 2012, 2013 Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2009, 2014 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2013

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Obod klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari