Dilbar Sabitovna Abdulazizova (1951-yil 12-sentyabr, Doʻrmon, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2019-yil 15-mart) – oʻzbek teatr va kino aktrisasi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti (2013).
Biografiyasi Dilbar Abdulazizova 1972-yilda Aleksandr Nikolayevich Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr va rassomchilik institutini (hozirgi Davlat sanʼat va madaniyat instituti) tamomlagan. Shu yili Xamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyat musiqali drama teatrida ish boshladi. 1973-yilda Respublika Oʻzbekiston yosh tomoshabinlar teatri teatri aktrisasi boʻldi.
2000-yilda Dilbar Abdulazizova xizmat koʻrsatgan artist, 2013-yilda esa Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti unvoniga sazovor boʻlgan.
Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Dilbar Abdulazizova 2019-yil 15-mart kuni uzoq davom etgan xastaligi tufayli vafot etdi.
Teatr asarlari Dilbar Abdulazizova oʻndan ortiq turli spektakllarda rol oʻynagan. Uning asosiy rollari quyidagi spektakllarda edi:
„Qor malikasi“ „Qoʻngʻiroqli ayyor“ „Mening otam qahramon“ „Otlar yigʻlaganda“ „Qizil qalpoqcha“
Kino ishi Dilbar Abdulazizova oʻzbek filmlarida ham suratga tushgan: „Bahor qaytmaydi“ – Lobar rolini ijro etgan (1970) . „Sarvinoz“ – yoshligida Ilhomning onasi rolini oʻynagan (2004). „Sehrgar“ – xola rolini oʻynagan (2011).
Manbalar
Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari