Prezident maktablari — Oʻzbekistonda tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim muassasalari. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2019—2021-yillarda tashkil etilgan 14 ta maxsus maktab.
Prezident maktablarining roʻyxati
Prezident maktabiTashkil etilgan sanaOʻqituvchilar soni (mahalliy/chet eldan)Oʻquvchilar soniManzili Nukus shahridagi Prezident maktabi2019-yil35/11143Nukus shahri, Almazor koʻchasiToshkent shahridagi Prezident maktabi2019-yil25/13143Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Doʻrmon yoʻli koʻchasi 31 uyNamangan shahridagi Prezident maktabi2019-yil28/11142Namangan shahri, Islom Karimov koʻchasiXiva shahridagi Prezident maktabi2019-yil29/10162Xiva shahri, Amir Temur koʻchasi, Mevaston mahallasiAndijon shahridagi Prezident maktabi2021-yil23/10144Andijon shahri, Alisher Navoiy shoh koʻchasi 73-uyFargʻona shahridagi Prezident maktabi2021-yil30/9144Fargʻona shahri, Qashqar koʻchasi, 1-uyNurafshon shahridagi Prezident maktabi2021-yil26/9144Nurafshon shahri, Yangiobod mahallasiGuliston shahridagi Prezident maktabi2021-yil33/9144Guliston shahri, Navoiy shoh koʻchasi, Shodlik mahallasi 260-A uyJizzax shahridagi Prezident maktabi(„Prezident taʼlim muassasalari agentligi“ saytida shaharning nomi „Jizzah“ deb xato koʻrsatilgan.)2021-yil26/12144Jizzax shahri, Sayiljoyi mahallasiSamarqand shahridagi Prezident maktabi2021-yil25/10169Samarqand shahri, Amir Temur koʻchasi, 82-uyQarshi shahridagi Prezident maktabi2021-yil28/12144Qarshi shahri, Mustaqillik ko’chasi, 1-uyTermiz shahridagi Prezident maktabi2021-yil25/9144Termiz shahri, Hakim at-Termiziy shoh koʻchasi, 34b-uyBuxoro shahridagi Prezident maktabi2021-yil26/12144Buxoro shahar, Muhammad Iqbol koʻchasi 1-uyNavoiy shahridagi Prezident maktabi2021-yil29/10144Navoiy shahri, Navoiy koʻchasi, 34B-uy+
Tarixi 2018-yil 16-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonga tashrifi chogʻida, Nukus shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuv davomida, Oʻzbekistonning har bir hududida Prezident maktablari tashkil etilishi toʻgʻrisida eʼlon qildi va 4 oydan soʻng „Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ qarorni imzoladi.
2019-yilning iyun oyida „Prezident maktablari toʻgʻrisida nizom“ tasdiqlanib, sentabrda „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligini tashkil etish toʻgʻrisida“ Prezident farmoni eʼlon qilindi. Prezidentning 2021-yilda imzolagan qaroriga muvofiq, agentlik nomi „Prezident taʼlim muassasalari agentligi“ga oʻzgartirildi.
Ilk Prezident maktablari 2019-yilda Toshkent, Nukus, Namangan va Xiva shaharlarida oʻz faoliyatini boshladi. Prezident maktablariga 2020-yilgi qabul imtihonlari COVID-19 pandemiyasi sababli kelgusi yilga qoldirildi. 2021-yilda Qarshi, Samarqand, Andijon, Fargʻona, Termiz, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Nurafshon va Guliston shaharlarida Prezident maktablari oʻz faoliyatini boshladi.
Qabul qilish tartibi Prezident maktablariga 4-sinfni tamomlagan o‘quvchilar qabul qilinadi. Prezident maktablariga hujjatlarni topshirish uchun talabgorlar STEAM fanlardan oʻtgan oʻquv yilini matematika va tabiatshunoslik fanlaridan aʼlo bahoga tugatgan boʻlishlari shart. Bundan tashqari, talabgor oʻquvchilar oʻqiyotgan maktab Prezident maktabi joylashgan hududga mansub boʻlishi lozim.
Har bir alohida Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 5-sinf uchun 24 nafar oʻquvchidan iborat boʻlib, ular keyinchalik ikkita sinfga bir xil — 12 nafardan oʻquvchi taqsimlanadi. Unga qadar oʻquvchilar quyidagi 3 ta bosqichdan oʻtishadi:
Hujjatlarni qabul qilish bosqichi Qabul komissiyasiga oʻquvchining quyidagi hujjatlari elektron tarzda „Prezident taʼlim muassasalari agentligi“ sayti orqali onlayn topshiriladi: tugʻilganlik haqida guvohnoma (kinder pasport) nusxasi, tasdiqlangan shakldagi maʼlumotnoma nusxasiOʻquvchi taʼlim olayotgan maktab direktori tomonidan tasdiqlangan hujjatning nusxasi, 3x4 o'lchamdagi rasmOʻquvchi rasmga soʻnggi 2 oy davomida tushgan boʻlishi kerak, baholar tabelining nusxasisoʻnggi oʻquv yili natijalariga koʻra, baholar tabeli maktab direktori tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak, oʻquvchining ota-onasi yoki ularni oʻrnini bosuvchi shaxslarning fuqarolik pasporti ma'lumotlari. Agarda hujjatlarni topshirishda kamchiliklar kuzatilsa, ularni 48 soat ichida tuzatib, qayta joʻnatish talab etiladi.
Kirish imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish bosqichi Prezident maktablariga kirish imtihonlarini oʻtkazish muddati va joylari qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi. Kirish imtihonlari videokuzatuv va boshqa texnik vositalar qoʻllangan holda maxsus ajratilgan joylarda oʻtkaziladi. Kirish imtihonlari takroran oʻtkazilmaydi. Kirish imtihonlarini oʻtkazish paytida talabgorlar, kuzatuvchilar, bino rahbarlari hamda ishchi guruhining masʼul shaxslariga aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish, talabgorlarga kirish imtihonlariga maʼlumotnoma materiallari va elektron hisoblash texnikasini olib kirish va foydalanish taqiqlanadi. Ushbu Nizomning talablari buzilganda ishchi guruhning masʼul shaxslari oʻquvchini majburiy tartibda chetlatish dalolatnomasini tuzgan holda kirish imtihonlaridan chetlashish huquqiga egadirlar.
Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda oʻtkaziladi. 1-bosqich saralash imtihoni hisoblanib, matematika fanidan 30 ta test topshirigʻidan iborat. 2-bosqich tanqidiy fikrlash (16 ta masala), muammoni yechish boʻyicha (24 ta masala) va ingliz tilidan test savollaridan iboratIngliz tilidan test savollarining soni „Prezident taʼlim muassasalari agentligi“ saytida ochiqlanmagan.
Kirish imtihonlariga taalluqli barcha materiallar (soʻrovnomalar, testlar, javoblar va boshqalar) maxfiy xarakterga ega hisoblanadi hamda ularning maxfiyligi taʼlim sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi ixtisoslashgan xorijiy tashkilot, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi va Davlat test markazi tomonidan taʼminlanadi. Oʻtgan yillarga tegishli boʻlgan baʼzi bir test namunalari „Prezident taʼlim muassasalari agentligi“ saytiga yuklab borilishi mumkin.
Nomzodlarning umumiy ballari boʻyicha roʻyxatini eʼlon qilish bosqichi Kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash taʼlim sohasida faoliyat yurituvchi xorijiy tashkilot „Cambridge Assessment“ tomonidan amalga oshiriladi.
Kirish imtihonlari (1—2 bosqich) natijalari qayta koʻrib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari boʻyicha imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi..
Talabgor oʻquvchi Prezident maktabiga qabul qilingan taqdirda, uning ota-onasi yoki qonuniy vakillari oʻquvchining Prezident maktablarida haftada 5 kun davomida internat shaklida taʼlim olishiga rozilik bildirishi talab etiladi.
Prezident maktablariga imtihon topshirib, kerakli ballni toʻplay olmagan, ammo yuqori ball toʻplagan oʻquvchilar boshqa ixtisoslashtirilgan maktablarda tahsil olishni davom ettirishlari mumkin.
Bu toʻgʻrida turli yillarda quyidagilar
„Prezident ta’lim muassasalari agentligi“ axborot xizmati rahbari 2022-yilda ma’lum qilishicha Prezident maktabiga o‘qishga kira olmagan 5-sinf o‘quvchilari yangi ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi.
Oʻquv jarayoni Prezident maktablarida STEAM fanlar (Science-fan) matematika, fizika, kimyo, biologiya va kompyuter taʼlimi ingliz tilida olib boriladi.
Manbalar Sharhlar
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistondagi maktablar