Normat Tulkunovich Tursunov – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi boʻlib ishlagan. 8-noyabr 2021-yilda Normat Tursunov Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.https://www.gazeta.uz/ru/2021/11/08/hokim/

Biografiyasi Normat Tursunov 1994—2010-yillarda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasida turli lavozimlarda, 2010—2015-yillarda Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari, 2015—2017-yillarda Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi, 2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosarihttps://www.gazeta.uz/oz/2021/11/08/tursunov/https://qalampir.uz/uz/news/tursunov-urniga-tursunov-navoiy-viloyati-%D2%B3okimi-uzgardi-49313https://daryo.uz/2021/11/08/normat-tursunov-navoiy-viloyati-hokimi-vazifasini-bajaruvchi-etib-tayinlandi/ 2018—2021-yillarda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida mehnat faoliyatini olib borgan.

2021-yildan – Navoiy viloyati hokimi. Mukofotlari 2024-yil 24-avgustda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan. Manbalar