Asror Gʻofurov (30-yanvar 1995-yil, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston Respublikasi) — oʻzbek futbolchisi, yarimhimoyachi. Bangladesh Premyer-ligasidagi „Saif Sporting“ klubi futbolchisi.

Tarjimayi holi Asror Gʻofurov 1995-yil 30-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. Toshkentdagi „Paxtakor“ klubining futbol akademiyasida tahsil olgan. Birinchi murabbiyi Shuhrat Rahmonqulov.

Faoliyati Asror Gʻofurov 2007-yildan „Paxtakor“ futbol klubining bolalar jamoasida oʻynay boshlaydi. Keyinchalik Gʻofurov klubning yoshlar jamoasiga jalb qilinadi, „Paxtakor-2“ klubida ham oʻynaydi. „Paxtakor“ futbol klubining asosiy tarkibda atigi bitta oʻyin oʻtkazgan.

2013-yilda turkiyalik futbol agentlar taklifiga binoan Turkiyaga joʻnab ketdi. Dastlab Asror Gʻofurov Istanbulning „Beshiktosh“ klubi yoshlar jamoasi mashgʻulotlarida ishtirok etadi, ammo Turkiya fuqarosi boʻlmagani uchun jamoaga qabul qilinmaydi. Shundan soʻng Asror Gʻofurov oʻsha paytda Turkiya chempionatining Birinchi ligasida ishtirok etgan Manisa shahrining „Manisaspor“ klubi bilan shartnoma imzolaydi. Gʻofurov bu klubda 2015-yilgacha oʻynagan va shu vaqt ichida 13 marotaba maydonga tushgan.

2015—2016-yillarda Asror Gʻofurov Turkiyaning yana bir klubi Turkiya chempionatining toʻrtinchi divizionida ishtirok etuvchi Soke shahrining „Sokespor“ klubi jamoasida toʻp tepgan. Bu klub uchun 21 ta oʻyinda ishtirok etib, 1 ta gol urgan. 2016—2017-yillarda Turkiya chempionatining toʻrtinchi divizionida ishtirok etgan Chorlu shahrining „Chorlu 1947“ klubi jamoasida 25 ta oʻyinda qatnashgan. 2017—2018-yillari Gebze shahrini „Gebzespor“ klubi futbolchisi sifatida 27 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2018—2019-yillarda Mersin shahrining „Ichelspor“ klubi oʻyinchisi sifatida 13 ta oʻyinda qaynashib, 3 ta gol urgan. 2019-yilda qaytib kelgan Asror Gʻofurov „Andijon“ klubi futlbochisi sifatida 12 ta oʻyinda qatnashgan. 2019—20211-yillari „Surxon“ klubi oʻyinchisi sifatida 57 ta oʻyinda qatnashib, 2 ta gol urgan. 2021-yil 8-noyabrdan Bangladesh Premyer-ligasidagi „Saif Sporting“ klubi futbolchisi.

Yutuqlar

Bagladesh chempioni: 2022-23, 2023-24

Manbalar

Havolalar

Asror G‘ofurov Transfermarkt (игрок) sayti Asror G‘ofurov Soccerway sayti Asror G‘ofurov TFF (futbolchi)

Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:30-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Surxondaryoda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Saif Sporting klubi futbolchilari Turkum:Manisaspor futbolchilari Turkum:FC Gebzespor futbolchilari Turkum:FC Sökespor futbolchilari Turkum:FC Çorluspor futbolchilari Turkum:Bashundhara Kings klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Bangladesh Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Bangladeshdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar