Holly Brook Hafermann (; 23-fevral 1986-yilda tugʻilgan) Skylar Grey () taxallusi ostida tanilgan amerikalik reper, qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va produserdir. 2004-yilda, 17 yoshli Grey Holly Brook taxallsui ostida Machine Shop Recordings studiyasi bilan shartnoma imzoladi. 2006-yilda ilk studiyaviy albomi sanalmish Like Blood Like Honeyni ommaga havola etdi.
2010-yilda Grey Eminem andva Rihanna birgalikda ijro etgan „Love the Way You Lie“ hit ashulasida Eminem va ingliz produseri Alex da Kid (keyinchalik, Grey bilan hamkorlik qiladi) bilan bir qatorga qoʻshiq mualliflaridan biri boʻldi, who subsequently signed Grey to his Interscope Records label imprint, Kidinakorner. Greyning ikkinchi albomi — Don't Look Down 2013-yilning iyul oyida chiqarildi. Albom AQSh musiqiy chartida yuqori oʻntalikka kirdi. Keyinchalik, Grey Natural Causes nomli uchinchi studiyaviy albomini 2016-yilning sentyabrida chiqardi.
Grey ijrosidagi bir nechta hit ashulalar ortidan shuhrat qozondi. Bu ashulalar sirasiga Fort Minor bilan birga ijro etgan „Where'd You Go“, Diddy bilan birga ijro etgan „Coming Home“, Dr. Dre bilan birga ijro etgan „I Need a Doctor“, Nicki Minaj bilan birga ijro etgan „Bed of Lies“ va Macklemore bilan birga ijro etgan „Glorious“ qoʻshiqlarini kiritish mumkin. Shuningdek, u musiqa sanoatining eng taniqli xonandalari boʻlmish Kehlani, G-Eazy, Alicia Keys, Christina Aguilera, Zedd, Nick Jonas, Céline Dion va CeeLo Green ijrosidagi ashulalar soʻzlarini yozgan. Diskografiyasi Like Blood Like Honey (2006) Don't Look Down (2013) Natural Causes (2016) Filmografiyasi Yil Nom Rol Izohlar 2014 Lennon or McCartney Oʻzi Turnelari Donʼt Look Down Summer US Tour The Natural Causes Tour
Manbalar
Havolalar
Interscope.com
Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Hip-hop musiqachilar Turkum:Amerikalik gitarachilar Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqnavislar Turkum:Amerikalik hip hop-qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik rok-qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar