PlayStation 5 (PS5) Sony Interactive Entertainment shirkati tomonidan ishlab chiqarilgan videooʻyin konsolidir. 2019-yilda PlayStation 4 vorisi oʻlaroq eʼlon qilingan PS5 2020-yil 12-noyabrda Avstraliya, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Shimoliy Amerika va Janubiy Koreyada, bir haftadan soʻng esa umumhajon boʻylab chiqariladi. PS5 oʻsha oyda chiqarilgan Microsoft shirkatining Xbox Series X va Series S konsollari bilan birga toʻqqizinchi avlod videooʻyin konsollari sirasiga kiradi.

2021-yil holatiga koʻra, PS5 umumjahon boʻylab 10 milliondan oshiq nusxada sotilgan. Oʻyinlar Spider-Man: Miles Morales Ratchet & Clank: Rift Apart

Yana qarang PlayStation One PlayStation 2 PlayStation 3 PlayStation 4

Havolalar

Turkum:Videooʻyin konsollari