Alyuminiy-kaliy sulfat – noorganik birikma, alyuminiy, kaliy va sulfat kislotaning qoʻsh tuzi, oq gigroskopik kristallar, suvda yaxshi eriydi. Kristall gidrat - kaliy aluminiy achiqtoshni hosil qiladi.
Olinishi
Kaliy va alyuminiy sulfatlarning birgalikda kristallanishi:
Mineral alunit K 2 SO 4 •Al 2 (SO 4 ) 3 •Al(OH) 3 ni yoqish, keyin yuvish va qayta kristallanish orqali olinadi.
Fizikaviy hossalari Suvli eritmalardan u kristalli gidrat KAl (SO 4 ) 2 • 12H 2 O shaklida choʻkadi - kubsimon singoniyali rangsiz kristallari, fazoviy guruhi P a3, kristall panjara parametrlari a = 1,2158 nm, erish nuqtasi 92 °C ( oʻzining kristallizatsion suvida).
Kimyoviy xossalari
Kuchli qizdrilganda parchalanadi:
Qizdirilganda kristall gidrat kristallanish suvida eriydi, soʻngra yakuniy mahsulot - suvsiz yoki "kuygan", alyuminiy-kaliy sulfat hosil boʻlishi bilan bir necha bosqichda suvsizlanadi:
Suvli eritmalar alyuminiy kationi gidroliz tufayli kislotali muhit hosil boʻladi:
Konsentratsiya va haroratga qarab ishqorlar bilan turlicha reaksiyaga kirishadi:
Qo'llanilishi
Inaktivatsiyalangan vaktsinalar uchun yordamchi Teri sanoatida oshlovchi vosita sifatida . Matolarni boʻyashda. Sellyuloza sanoatida qogʻozlarni yopishtirishda. Oqava suvlarni tozalashda koagulyant. Fotosurat olishda. Kristalli dezodorantlar (deo-kristallar) uchun xom ashyo sifatida. Olovga chidamli matolarni yaratishda. Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida sunʼiy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish.
Adabiyotlar
Manbalar
Turkum:Achchiqtoshlar Turkum:Sulfatla Turkum:Kaliy birikmalari