Ibn Sino memorial muzeyi — Buxoro viloyatidan 40 km uzoqlikdagi Afshona qishlogʻida joylashgan. Muzey ekspozitsiyasi jahon tibbiyot fanlari asoschisi, Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhur atoqli sharq olimi Abu Ali ibn Sino (980-1037) hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan.

Tarixi Ushbu muzeyda sharq tibbiyot olimi haykali mavjud boʻlib, uning mualliflari haykaltarosh X.Husniddinxoʻjayev va meʼmor R.Toʻxtaganovlardir. Aynan bu muzey 1980-yil atoqli tibbiyot olimi tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan barpo etilgan.

Eksponatlari Muzeyga tashrif buyuruvchilar „Tib qonunlari“, „Kitob ush-Shifo“, „Bilimlar kitobi“ kabi nodir qoʻlyozmalar, shuningdek, Abu Ali ibn Sino davriga xos tibbiyot anjomlari nusxalari, XX asrga tegishli kulolchilik buyumlari bilan yaqindan tanishishlari mumkin.

Muzeyning yangilangan ekspozitsiyasida X-XI asrlarda Somoniylar va Qoraxoniylar hukmronlik davrlariga tegishli tangalar, arab (kufiy) yozuvidagi sopol idish, „Saxiylik-solihlarning mulki“ (X-XI asrlar) qoʻlyozma nusxasi, X-XI asrlarda kimyoviy moddalarni saqlash uchun ishlatilgan loy idishlar kabi ajoyib eksponatlar bilan boyitilgan. Ibn Sino memorial muzeyi Fransiyaning „Avitsenna-Fransiya“ uyushmasi bilan doʻstona aloqalar oʻrnatgan.

Ushbu uyushma muzey ekspozitsiyasi uchun Gerard de Kremonaning lotin tilidagi „Canon Medicinae“ tarjimasining bir nechta nusxasini, shuningdek, tibbiyot asoschisini 1447-1448 yillarga oid qoʻlyozmalar nusxalarini taqdim etgan. Bu hujjat esa Buxoro viloyati Peshku tuman davlat arxivida munosib oʻrnini topganABU ALI IBN SINO (1040) MEʼMORIAL MUZEYI 40 YOSHDA.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistondagi muzeylar Turkum:Muzeylar Turkum:Buxorodagi bino va inshootlar