Adirna — qadimgi qozoq koʻp torli cholgʻu asbobi. Qadimgi turklar va qipchoqlar tomonidan ishlatilgan. Asbobning tanasi ichi boʻsh, old tomoni dagʻal teri bilan qoplanganАдырна // Казахстан. Национальная энциклопедия. — Алматы: Қазақ энциклопедиясы, 2004. — Т. I. — ISBN 9965-9389-9-7. (CC BY-SA 3.0). U dastlab yogʻoch va teridan kamon shaklida yasalgan. Baʼzan cholgʻu shoxli hayvonlar (kiyik, bugʻu, echki) tarzida ifoda qilingan . Adirnaning torlari tuya yoki pay ipidan. Asbobning uzunligi 48-50 sm, qalinligi 8-10 sm, torlari 7 tadan 13 tagacha. D. Shokparuli, A. Kumarov yasagan adirnaning bir qancha namunalari Yqilas nomidagi musiqa asboblari muzeyida saqlanmoqda.

Asbobni chalish texnikasi barmoqlar bilan torlarni tortishdir.

1985-yilda Suyunbay nomidagi Olmaota viloyat filarmoniyasida folklor-etnografik ansambl tuzilib, unga saklar davriga oid Issik qoʻrgʻonlarida olib borilgan arxeologik qazishmalar paytida topilgan „Adirna“ qadimiy cholgʻu asbobi nomi berilganhttp://solyarissystem.ru/_8/adyrna.html. 2004-yilda „Kazpochta“ Tojikiston pochtasi bilan birgalikda „Adirna“ (qozoq) va „Gijjak“ (tojik) xalq cholgʻu asboblari tasvirlangan markalarni chiqardi. 2005-yilda Qozogʻiston Respublikasi Milliy banki „Amaliy sanʼat“ turkumida ushbu qadimiy xalq cholgʻu asbobi tasvirlangan nominal qiymati 500 tanga boʻlgan kumush tanga chiqardiПоказать аукцион — Молоток. Ру. alt=|thumb|231x231px| Pochta markasidagi Adirna tasviri.

Manbalar

Havolalar Адырна — музыкальный инструмент | Великая музыка

Turkum:Turkiy musiqa asboblari Turkum:Xordofonlar Turkum:Qozoq musiqa asboblari Turkum:Torli musiqa asboblar Turkum:Cite web (til koʻrsatilmagan)