Piyozli sousi — asosiy tarkibi piyoz dan tashkil topgan sous hisoblanadi. U oq yoki jigarrang rangda boʻlib, uning tayyorlanishida piyozning bir necha turlari qoʻllanishi mumkin.
Tayyorlanishi Piyoz tilim yoki toʻrtburchak shaklda kesiladi. Shundan soʻng sousning asosi tayyorlanadi — piyoz un bilan birgalikda sariyogʻda qovurib olinadi. Uning asosiga turli ingredientlar: qaymoq, sut, pomidor, tovuq bulyoni, sharob, pivo, limon sharbati, un, tuz, qalampir, kayen qalampiri, muskat yongʻogʻi, xantal, shalfey va boshqa ziravorlar, koʻkatlar, qoʻziqorinlar, yongʻoqlar, non boʻlaklari, bekon va boshqalar qoʻshiladi. Shundan keyin mazkur aralashma tayyor boʻlguniga qadar dimlanadi. Baʼzi retseptlarga koʻra piyozni turli darajada oltin rangga kirgunga qadar qovuriladi.
Piyozli sousni kartoshka, noʻxat, goʻsht, masalan, choʻchqa, oʻrdak, quyon, qoʻzichoq va jigar goʻshtlari kabi koʻplab taomlar bilan birga tortiladi, masalan, buzoq jigari bilan. Qotgan non boʻlaklari bilan tayyorlangan piyozli sousi gʻoz kabi turli xil parranda goʻshtlariga toʻldirma sifatida qoʻllanilasdi.
Milliy oshxonalarda Subiz sosi fransuz oshxonasida keng mashhurlikka ega. Miranton — pomidorli sousKulinarnaya ensiklopediya. Tom 21. M (Mineralnaya voda — Morskoy yazik). — M.: ID „Komsomolskaya pravda“, 2016. asosidagi fransuzcha piyozli sous hisoblanadi.
Sebolada — bu portugalcha piyozli styu (sous, pasta) boʻlib, u bir nechta portugalcha taomlarda qoʻllanadi.
Nyu-Yorkda Sabrett ishlab chiqaruvchilarining hot-doglari Sabrett Onions in Sauce nomi ostidagi piyozli-tomatli sousiga oʻxshatiladi. Bu Sabrett brendining koʻplab hot-dog aravalaridagi standart ziravorlari hisoblanadi.
Manbalar
Turkum:Souslar