"Natashaxonim" – 1965-yili rejissor Latif Fayziyev tomonidan suratga olingan sovet filmi sanaladi.

Film syujeti Urush davrida ikki ajoyib sevishganlar – yosh oʻzbek dramaturgi Muzaffar va oʻzbek teatrining birinchi aktrisasi eskichilik sarqitlarida voyaga yetgan rus qizi Natasha – oʻzbekcha aytganda Natashaxonimning sayʼ-harakatlari bilan butun osiyoliklar uchun milliy oʻzbek teatri qanday yaratilganligi xususida. Oʻzbek milliy teatri spektakllari voqelikka uygunlashib ketadi, ular oshiqlar sahnasini ijro etishadi va Muzaffar aqidaparastlar tomonidan oʻldiriladi. „Natashaxonim“ filmi 1918-yilda mudhish fuqarolar urushi davrida yaratilgan birinchi oʻzbek teatr tarixiga asoslanadi. Mazkur filmning bosh qahramonlari protiplarini shoir, dramaturg Hamza va oʻzbek sahnasida chiqishga jurʼati yetgan birinchi ayol rus aktrisasi Mariya Kuznetsova boʻlgan. Ekranda esa mazkur film 1966-yili namoyish etilgan.— Sovetskiy ekran, 1966 god

Rollarda

Oʻlmas Alixoʻjayev – Muzaffar Olga Amalina – Natasha Isamat Ergashev – Sobir Rahim Pirmuhamedov – Akmal qiziqchi Nabi Rahimov – Eshon Qodirqul Nina Nikitina – Natashaning onasi Lev Frichinskiy – Kolya Raʼno Hamroyeva – Xosiyat Razzoq Hamroyev – yetakchi aktyor Oʻktam Luqmonova – Natashaning dugonasi Rajab Adashev – artistlar truppasi Hikmat Latipov – paromchi Dilbar Qosimova – epizod aktrisasi Hoshim Gadoyev – epizod aktyori

Musiqasi „Natashaxonim“ musiqa filmidan ruhlanib, bastakor muallif Muxtor Ashrafiy keyinchalik „Mudhish kunlarda“ degan vokal-simfonik poemasini yaratgan.Istoriya muziki narodov SSSR / Institut istorii iskusstv (Moskva). – M.: Muzika, 1974. – str. 210

Adabiyotlar

Turkum:Latif Fayziyev filmlari