Shirin Raximjanovna Abidova (tugʻ. 1984-yil 29-dekabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — Oʻzbekiston volontyorlari va jamoat arbobi, 2020-yil Oʻzbekiston Volontyorlari Assotsiatsiyasi rahbari hamda 2026-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori maslahatchisi.

Biografiya 2002-yilda Toshkent davlat texnika universitetini (marketing), 2008-yilda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini (ijtimoy yoʻnalish), 2019-yilda Toshkent davlat pedagogiga universitetini (psixologiya) tamomlagan .

1999-yildan hozirgi kunga qadar yumshoq qobiliyatlar (soft skills) boʻyicha mustaqil trener hamda mintaqaviy expert. 1998-yildan hozirgi kungacha volontyorlik faoliyatini boshlagan (UNESCO klubi, Karl Popper munozara dasturlari, Parlament debat dasturi, „Vremya Chudes“ volontyorlik guruhi). 2004-yildan 2008 yilgacha birinchi nodavlat telekanal teleboshlovchisi hamda korrespondenti. 2008-yildan 2010 yilgacha Oʻzbekistonda birinchi marotaba amalga oshirilgan SOS Kinderdorf International qoshida „Oilani mustahkamlash loyihasi“ ijtimoiy hodimi. 2014 — yildan 2017 yilgacha ZoʻrTv telekanal boshlovchisi hamda muharriri. 2017-yildan Respublika „Mehrli qoʻllar“ markazida psixolog lavozimida ishlab kelmoqda.

2019-yilda „Bolalar va yoshlar oʻrtasida volontyorlar harakatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun“ Toshkent shahridagi „Vremya Chudes“ („Moʻjizalar vaqti“) volontyorar harakati koordinatori Shirin Abidova Tahsin mukofotiga sazovor boʻldi.

2020-yil 5-dekabr kuni Oʻzbekiston Volontyorlari Assotsiatsiyasining birinchi rahbari boʻldihttps://uz.sputniknews.ru/20201206/V-Uzbekistane-poyavilas-Assotsiatsiya-volonterov-15544360.htmlhttps://kun.uz/uz/news/2020/12/05/ozbekiston-volontyorlari-assotsiatsiyasi-tashkil-etildi.

Mukofotlar

2019-yil „Shuhrat“ medali 2019-yil „Tahsin“ mukofoti 2020-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mehr-saxovat" koʻkrak nishoni 2022-yil „Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqiligining 30 yillik“ koʻkrak nishoni 2023-yil Oʻzbekiston Respublikasi "Tabiat himoyachisi" koʻkrak nishoni 2025-yil „Xalq diplomati“ koʻkrak nishoni

Manbalar

Turkum:Volontyor Turkum:Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti bitiruvchilari Turkum:Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari