right|thumb| Liondagi esdalik plaketi taomni ixtiro qilgan Pol Lakombga bagʻishlangan Toʻquvchining miyalarlari (fr.Cervelle de canut), shuningdek, „claqueret“ (fr. qarsak chalish, urish) — tvorogdan tayyorlanuvchi Lion oshxonasining taomi.
Yaratilishi Taomning zamonaviy retsepti Liondagi Léon restoranining oshpazi Pol Lakombga tegishliAssociation fromages de terroirs sur le site fromages-de-terroirs.com.. Restoran 1904-yilda ochilgan va 1930-yillarning oʻrtalarida juda mashhur boʻlgan .
Nomlanishi Taomning nomi 1834-yilda Lion toʻquvchilarining iyul monarxiyasiga qarshi qoʻzgʻoloni bilan bogʻliq degan farazlar mavjud. Shunday qilib, burjuaziya Lion proletariatining aqliy qobiliyatlari shu tariqa namoyish qilishgan, ohir-oqibat qoʻzgʻalon kuch bilan bostirilganC’est nous les canuts, Exposition de la ville de Lyon, 28 mars-26 mai 1984 ..
Zamonaviy tadqiqotlarga koʻraLa cervelle de canut ou claqueret sur le site apartes-uchroniques.org ., ipakni qayta ishlab, kam maosh oladigan toʻquvchilar uchun bu taom, ular sotib olishiga qurbi yetmaydigan qoʻzichoq miyasinining oʻrnini bosganColette Guillemard, Christian Millau et Roland Sabatier, Les mots de la cuisine et de la table, éd. Belin, Paris, 1990, p. 97..
Taom toʻquvchining ratsionida doim boʻlgan. „Claqueret“ nomi tvorog pishirishdan oldin uni yaxshilab ezib olish kerakligidan kelib chiqqan.
Tayyorlanishi "Toʻquvchining miyalari" asosiy ingredient tvorogga oʻtlar, piyoz, tuz, zaytun moyi va sirka (yoki sharob) qoʻshilishi bilan tayyorlanadiEdward Behr et James Macguire, The Art of Eating Cookbook : Essential Recipes from the First 25 Years, 2011, p. 84. en ligne.. Lionda idish chuqur likopda qoshiq bilan, javdar noni (koʻpincha qovurilgan), baʼzan qaynatilgan yangi kartoshka, rukkololi salat bilan dasturxonga tortiladi. Lion restoranlarining menyusida Cervelle de canut pishloqlar/ desertlar boʻlimida joylashgan. Bu taom bilan oq musallas, ayniqsa Shardone navini ichish tavsiya etiladiMichel Vidoudez, La cuisine des sens, 2003..
Manbalar
Turkum: fransuz oshxonasi
Turkum: sandviç pastalari
Turkum:Lion Madaniyati