Tarixi Guerrilla Cambridge (sobiq SCE Cambridge Studio) SCE Worldwide Studios tarkibiga kiradi va 1997-yil iyul oyida yaratilgan. Studiya, asosan, PlayStation va PlayStation Portable uchun MediEvil seriyali oʻyinlari bilan mashhur. 2013-yil 10-yanvarda Sony Computer Entertainment PlayStation Vita uchun Killzone: Mercenary qilish maqsadida Guerrilla Games bilan ishlash uchun studiyani qayta tuzdi. Sony Computer Entertainment SCE Cambridge Studio nomini Guerrilla Cambridge deb oʻzgartirdi va endi Guerrilla Games shoʻba korxonasi hisoblanadi.
2017-yil 12-yanvarda Sony Guerrilla Kembrij studiyasi yopilganini eʼlon qildi. Xodimlar boshqa studiyalarga yoʻnaltiriladi.
Qisqartirishlar 2014-yil boshida Guerrilla Cambridge ish oʻrinlarini qisqartira boshladi. Rasmiy bayonotda aytilishicha, bu qisqartirish doimiy oʻzgarib turadigan bozor sharoitlariga javob boʻlib, raqobatbardoshlikni saqlab qolish, yuqori sifatli, innovatsion va tijorat nuqtai nazaridan foydali loyihalarni yaratish uchun noilojlikdan koʻrilgan chora hisoblanadi.
Ishlab chiqilgan oʻyinlar roʻyxati
MediEvil (PS, 1998) MediEvil 2 (PS, 2000) C-12: Final Resistance (PS, 2001) Primal (PS2, 2003) Ghosthunter (PS2, 2004) MediEvil: Tirilish (PSP, 2005) 24: Oʻyin (PS2, 2006) PlayTV (PS3, 2008) LittleBigPlanet (PSP, 2009) TV Superstars (PS3, 2010) Killzone: Mercenary (PSVita, 2013) RIGS: Mechanized Combat League (PS4, 2016)
Manbalar
Turkum:Kompyuter oʻyinlari Turkum: buyuk Britaniya kompyuter o'yinlari ishlab chiqaruvchilari Turkum: alifbo tartibida kompyuter o'yinlari ishlab chiqaruvchilari