Soʻgʻdiyona Sport Majmuasi yoki "Soʻgʻdiyona" stadioni — Oʻzbekiston, Jizzax shahridagi sport majmuasi va stadion. Hozir u asosan futbol oʻyinlari uchun foydalaniladi va "Soʻgʻdiyona Jizzax" jamoasining uy stadioni hisoblanadi. Stadion 11650 tomoshabinga moʻljallangan. Jizzax shahridagi „Markaziy“ stadioni („Jizzax“ MChJ) 1970-yilda qurilgan. Stadion sigʻimi 9000 kishi edi.
2013 yilda stadionni keng koʻlamli rekonstruksiya qilish boshlandi, bu ikki yil davom etdi. 2015-yilda qurilish toʻliq yakunlandi, stadionning yangi sigʻimi 11650 oʻringa moʻljallangan. Stadion nomi „Jizzax markaziy stadioni“dan „Soʻgʻdiyona“ sport majmuasi yoki „Soʻgʻdiyona“ SK deb oʻzgartirildi.
Tarix Dastlabki nomi Markaziy Jizzax Stadioni (inglizcha: Central Stadium Jizzax), 1970-yilda qurilgan. Stadionning dastlabki sigʻimi 9000 tomoshabinga moʻljallangan edi. 40 yildan ortiq vaqt davomida stadion eskirgan. Birinchi katta taʼmirlash 1997-yilda boʻlib oʻtdi.
Jizzax viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi viloyat Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi hamda viloyat Suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari „Soʻgʻdiyona“ sport majmuasida mashgʻulotlarni olib borada.
Jizzax shahridagi „Sugʻdiyona“ sport majmuasi 2014-yilda qurilish ishlari boshlanib 2016-yilda yangidan qurilib, foydalanishga topshirilgan. Soʻgdiyona Sport majmuasini qurilishi uchun 15 mln $ dan ortiq mablagʻ sarflangan.
Viloyat Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 11-dekabrdagi „Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 356-sonli qarori asosida tashkil etilgan.
Muassasa shugʻullanuvchilari 1 ta (18x42 oʻlchamdagi) sport zal, 3 ta sport turi yani badiiy gimnastika, sport gimnastikasi hamda sport akrobatikasi boʻyicha mashgʻulotlarini olib boradi.
Muassasada 42 ta guruhga 446 nafar yoshlar jalb etilgan boʻlib, ulardan 340 nafari qizlarni tashkil etadi. Shundan 270 nafar badiiy gimnastika, 154 nafari sport gimnastikasi, 22 nafar sport akrobatikasi boʻyicha muntazam shugʻullanib kelmoqda. Qiz bolalarni sportga koʻproq jalb qilish maqsadida muassasada haftaning shanba kunlari har xil sport turlaridan ochiq eshiklar kuni tashkil etilmoqda hamda mahorat saboqlari oʻtkazib kelinmoqda.
Qayta qurish 2012-yilda stadion yopildi va katta rekonstruksiya qilindi. Qurilish ishlari yakunlandi va stadion 11650 tomoshabinga moʻljallangan. Stadion nomi „Soʻgʻdiyona Sport Majmuasi“ deb oʻzgartirildi. 2015-yil 26-iyun kuni „Soʻgʻdiyona“ stadionining rasmiy ochilish marosimi „Soʻgʻdiyona“ — „Qoʻqon 1912“ uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Stadiondagi tarixiy uchrashuvlar
2015-yilgi Oʻzbekiston Kubogi final baxsi oʻtkazilgan
„Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon 1912 " uchrashuvlari OʻZARO USTUNLIK
„Soʻgʻdiyona“ va „Qoʻqon-1912“ oliy ligada 22 bor, Superligada esa 2 marta toʻqnash kelgan. „Soʻgʻdiyona“ hisobida 11 ta, „Qoʻqon-1912“ hisobida 8 ta gʻalaba mavjud. 5 ta oʻyinda durang natija qayd etilgan. Toʻplar nisbatida ustunlik jizzaxliklar tomonda 39:30. „Soʻgʻdiyona“ 38 ochko, „Qoʻqon-1912“ 29 ochko toʻplagan.
Qisqa fakt Jizzaxdagi 12 ta oʻyindan 9 tasida „Soʻgʻdiyona“ gʻalaba qozongan. 3 ta oʻyinda durang natija qayd etilgan. Jizzaxliklar oʻz maydonida boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda qoʻqonliklarga 3 ochkoni boy bermagan.
"Soʻgʻdiyona" maydonida oʻtgan barcha uchrashuvlar:
25.04.2018 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 1:1 19.11.2017 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 2:1 29.10.2016 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 1:1 26.06.2015 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 2:1 14.09.2002 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 1:0 10.05.2000 „Soʻgʻdiyona“ — „ Qoʻqon-1912“ 3:2 25.09.1999 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 1:1 14.08.1998 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 5:2 06.09.1995 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 4:0 03.11.1994 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 3:0 29.09.1993 „Soʻgʻdiyona“ — " Qoʻqon-1912 " 1:0 26.08.1992 „Soʻgʻdiyona“ — „Qoʻqon-1912“ 1:0
Soʻgʻdiyona stadionidan fotogalereya
Manbaalar
Havolalar
„Soʻgʻdiyona — Qoʻqon 1912“ "Soʻgʻdiyona futbol clubi" „Soʻgʻdiyona“ stadioni
Turkum:Stadionlar Turkum:Oʻzbekistondagi futbol stadionlari Turkum:Jizzax viloyati bino va inshootlari Turkum:Jizzax bino va inshootlari