Sharqiy Turkiston Jumhuriyati - tarixda Sharqiy Turkiston hududida tuzilgan davlat. 1944-yilning 12-noyabrida Sharqiy Turkistondagi "Ozodlik jamiyati" yig'ilishida mustaqilligi e'lon qilingan. Davlat poytaxti etib G`ulja shahri tayinlandi. Hukumat hay’at aʼzolari thumbnail|Alixontoʻra_Sogʻuniy 12-noyabrdagi yegʻilishda Sharqiy Turkiston islom hukumati raisi etib Alixonto'ra Shokirxo'ja o'g'li, muovin raisi etib Hakimbekxoʻja saylandi. Hukumat hay’at aʼzolari etib quyidagilar saylandi Muhammadjon Maxdum Abdurauf Maxdum Solihjonboy (Bobojon) Rahimjon Sobir hoji Joniy (Gʻaniy) Yoʻldosh Zunnun Tayib Nuriddinbek (Ilohun) Qosimjon Qambariy Abdukarim Abbos Abulhaytoʻra Muhiddin oxun Qanot Umarjon (Pirmuhammad) Habib Yunusiy Moskalev Karimjon dungan Hakimbekxoʻja
Mustaqillik Bayonoti
1942-yil, 12-noyabr sanasida Sharqiy Turkiston Jumhuriyatining 9 moddadan iborat boʻlgan Mustaqillik Bayonoti qabul qilingan. 9 moddaning har biri mustaqillikni toʻliq va oshkora ifodalovchi, inson huquqlarini toʻla himoyalovchi islomga asoslangan hujjat boʻlgan.
Bayrogʻi thumb|Sharqiy Turkiston bayrogʻi Sharqiy Turkiston islom hukumati bayrogʻi yashil rangda boʻlib, qoʻshimcha sariq rang ishlatilgan. Shuningdek, bayroqda oy-yulduz, „La ilaha illaloh, Muhammadur Rasululloh“ yozuvi boʻlgan.
Bayroqning tuzilishi ham 9 moddalik bayonotda qabul qilingan.
Sharqiy Turkiston milliy armiyasi
1945-yil 8-aprelda Sharqiy Turkiston milliy armiyasi tashkil etildi. Askarlikka qabul qilish va harbiy masalalar bilan shugʻullanuvchi Harbiy Shoʻro tuzilgan. Rahbarlikka Asilxon Alixonto'ra o'g'li tayinlangan. Ushbu qoʻshin ichidan Gʻani botir (uygʻur), Usmon Botir (qozoq), Akbar botir (qozoq), Fotix botir (tatar), general Palinov (rus) kabi xalq qahramonlari yetishib chiqdi.
Ijtimoiy tashkilot va jamiyatlar
Sharqiy Turkiston Jumhuriyati davlat sifatida oz vaqt mavjud boʻlgan boʻlsada, unda turli tashkilot va jamiyatlar keng faoliyat yuritgan.Masalan, „Yoshlar tashkiloti“, „Xotin qizlar tashkiloti“ va „Majruhlar jamiyati“ shular jumlasidan.
Jumhuriyat gazetasi
Hukumatning dastlabki kunlaridanoq „Ozod Sharqiy Turkiston“ gazetasi va yana rus tilidagi gazetalarni nashr qilish boshlangan.
Hokimlar
Sharqiy Tukiston Jumhuriyati viloyat va shaharlarining voliylari:
Gʻulja shahri hokimi Tayyip oxun Suydun shahar hokimi Muhammadsharif oxun Chilpanzga hokimi Hoshimjon oxun Choʻchak viloyati hokimi Boshvoy qozoq Sovon hokimi Qalibek Kunas hokimi Joyirbek Toʻqqiztoro hokimi Jonboʻlat Tekas nohiya hokimi Madi oqoloqchi Moʻngʻul Ashin ombol
Hukumatning tugatilishi
Turkiston Jumhuriyati mustaqilligini saqlab qololmasligining asosiy sababi qurol-yaroq jihatdan sovetlarga qaramligi edi. 1946-yil 23-iyunda „Sharqiy Turkiston hukumati tarqatildi“ deb eʼlon qilindi.
Manbalar
Havolalar Sharqiy Turkiston, Tibet Ikki Turkiston gʻururi „Turkiston qaygʻusi“ asari haqida „Turkiston qaygʻusi“ audio Youtube Sharqiy Turkiston Youtube Uygʻurlar dardi Youtube Turkum:Uygʻurlar Turkum:Tarix