right|thumb|266x266px| Jan Sobieski maqbarasi Sankt-Leonardning qasrida. Muqaddas Leonard kriptasi ― Krakovdagi Avliyolar Stanislav va Vaslav sobori ostida joylashgan. Bu Romanesk meʼmorchiligining yodgorligi. Kripta XI-asrda (taxminan, 1038-1039-yillarda) oʻz qarorgohini shaharga koʻchirgan qirol Kazimir I buyrugʻi bilan qurilgan.

XI-asrning oxirida "Germanovska" nomi ostida soborda qurilish ishlari boshlangan. Ehtimol, Vladislav I German ushbu loyihaning homiysi boʻlgan. Sobor 1142-yilda muqaddaslashtirilgan. Ushbu bino haqida koʻp narsa maʼlum: uning tasviri XIII-asr muhrlaridan birida bor. Binoning oʻzi, shu jumladan, Kumush qoʻngʻiroq minorasining poydevori qisman saqlanib qolgan.

Butun kriptani sakkizta ustun koʻtarib turadi. 1118-yilda yepiskop Mavriy dafn etilgan, ammo keyinchalik uning daxmasidan patena va cherkov kosasi olib tashlangan.

Koʻplab Polsha qirollari va mashhur tarixiy shaxslar maqbarada dafn etilgan.

Mixail Koribut Vishnevetskiy — Rech Pospolitaya qiroli Yan III Sobiyeski — Rech PospolitayaRech Pospolitaya qiroli va Vena jangi paytida Polsha armiyasi qoʻmondoni Mariya Kasimira — Rech PospolitayaRech Pospolitaya qirolichasi va Yan III Sobiyeskining rafiqasi Jozef Ponyatovski — Polsha shahzodasi va Fransiya marshali Tadeush Kostyushko — Polsha generali, inqilobchi va inqilobiy urush davrida AQSh armiyasining brigada generali Vladislav Sikorskiy — surgundagi Polsha hukumati bosh vaziri va Polsha qurolli kuchlari oliy bosh qoʻmondoni

Rim papasi Ioann Pavel II 1946-yil 2-noyabrda, ruhoniylikka tayinlanganidan bir kun oʻtib, Avliyo Leonard kriptasi mehrobida birinchi ibodatini bajardi.

Havolalar

Krakovdagi Vavel soborining qirollik qabrlari Turkum:Yodgorliklar Turkum:Vavel