Süleyman Paşa II yoki Süleyman Bey II () — 1291-1461-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan turk-islom bekligining beki boʻlib, u ushbu beklikni 1385-1392-yillar orasida boshqarganUzunçarşılı, İsmail Hakkı (1937). Anadolu Beylikleri ve Akkoyunlu, Karakoyunlu Devletleri (2019 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751624574Yücel, Yaşar (1980). Anadolu Beylikleri Hakkında Araştırmalar I: Çoban-Oğulları Beyliği, Çandar-Oğulları Beyliği, Melikü’l-Ebsar’a göre Anadolu beylikleri (1988 bas.). Türk Tarih Kurumu Yayınları. ISBN 9789751600806Yaman, Talat Mümtaz (1935). a.g.e, syf. 109. Beklikning vaziyati Usmonlilar imperiyasi bilan yaxshi siyosiy aloqalar oʻrnatgan Boyazid, taxt vorisi sifatida Iskenderni eʼlon qilgan edi. Taxtga daʼvogar Suleyman oʻz ukasi Iskandarni oʻldirdi. Boyazid esa oʻch olish ilinjida Sulaymonning singlisi va bolalarini oʻldirdiYücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 72..
Bu voqealardan keyin Suleyman usmonli sultoni Murod Idan yordam soʻradi va 1383/4-yillarning qishida usmonli qoʻshini bilan Katamonuga kelib, otasi bilan jang qildi. Jangda Boyazid magʻlubiyatga uchradi va Sinopga chekindi.
Kastamonuga kelgan sulton Murod I mintaqani oʻz davlati hududiga qoʻshib olishga harakat qilgan boʻlsa ham, oʻziga qarshi chiqqan xalqqa qarshilik koʻrsata olmasligini anglab, bosib olgan qalʼalarini Boyazidga qoldirib, Kastamonuni tark etganini eʼlon qildi. HUdudlar oʻgʻlini bartaraf qilgan Boyazid qoʻliga qayta oʻtdiYücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 73.. Beklik taxtiga chiqishi Murod Ining ukasi shahzoda Sulaymonning qizi Sultan Hatun bilan Suleyman Bey turmush qurgani manbalarda uchraydiYücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 74.. Ammo yana boshqa manbalarda Suleyman Bey emas Kötürüm Bayezidning turmush qurgani yozilganYakupoğlu, Cevdet. (2018). a.g.m, syf. 2..
Otasi tomonidan Kastamonudan quvilgan Sulaymon 1384-yilda yana Murod I oldida panoh topdi, sultonning dastagini olib, hududni qaytarib olishga harakat qildi. Ushbu voqealar yuz berayotgan vaqtda Boyazid kasallangan edi va qarshilik koʻrsatmasdan Sinopga chekindi. 1385-yilda Suleyman Bey Kastamonuda oʻzini yangi bek deb eʼlon qildi. Hukmdorli davri Suleyman Bey humdorlik davrida Usmonlilar imperiyasi bilan doʻstona aloqalarni yoʻlga qoʻygan boʻlib, Murod I davrida Usmonlilarning Karaman va Kosova safarlari uchun yordamchi kuchlar joʻnatganUzunçarşılı, İsmail Hakkı (1937). a.g.e, (2019 bas.), syf. 127..
Murod Ining Kosova jangida shahit boʻlganidan keyin, taxtga Onadoʻli beklari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan shahzoda Yakup Bey akasi Yildirim I Boyazid tomonidan oʻldirildi. Shu sababdan Onadoʻli bekliklar, jumladan, Karamanoğulları, Saruhanoğulları, Aydınoğulları, Hamidoğulları, Menteşeoğulları, Germiyanoğulları va Kadı Burhaneddin davlati Yildirim Boyazidga qarshi ittifoq tuzdilarYücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 76.. Suleyman Bey mana shunday ogʻir vaqtlarda ham Usmonlilar bilan birga boʻlib, 1389-1390-yillardagi Onadoʻli safarida Boyazid I Yildirim tarafidan jangga kirgan.
Bu harbiy safar natijasida Gʻarbiy Onadoʻli bekliklarining birin-ketin yoʻq qilinishi va Ipak yoʻlidagi Candaroğulları markazlarining Usmoniylar tomonidan bosib olinishi xavfini anglaganYücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 78. Suleyman Bey Kastamonuga qaytib, Kadı Burhaneddin bilan yaxshi munosabatlar oʻrnatgan va Vezirköprüda Kadı Burhaneddin bilan uchrashib, Usmonlilarga qarshi ittifoq tuzgan.
1390-yilda Boyazid I Yildirimning Karamanoğulları bekligining poytaxti Koʻniyani qamal qilishi ortidan, Karaman beki Alâeddin Ali Bey Kadi Burhaneddindan yordam soʻradi. Kadi Burhaneddin bu taklifni qabul qilib, Suleyman Beyni Karahisarga chaqirdi. Yordam qilish haqida munozaralar qilinayotgan bir vaqtda, Karaman beki Alâeddin Ali Bey Boyazid I Yildirimga oʻz tobeligini bildirdi va ittifoq qurilmasidan yoʻq boʻldi. Shundan soʻng, Suleyman Bey poytaxt Kastamonuga qaytib ketdiYücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 81..
Boyazid Yildirim ittifoqdan ayrilgan Suleyman Bey ustiga 1391-yilda harbiy safar boshladi. Suleyman Bey Kadi Burhaneddindan yordam soʻrab, elchi yubordi. Boyazid Suleyman ustiga yana ikki marta yurish qildiUzunçarşılı, İsmail Hakkı (1937). a.g.e, (2019 bas.), syf. 128..
Oʻlimi Yildirim Boyazid 1392-yili Candaroğulları bekligiga kirgach, Suleyman Bey Kadi Burhaneddindan yordam soʻradi. Kadi Burhaneddin esa Usmoniylarning katta tahdid ekanligini yodda tutgan holda yordam taklifini qabul qildi, lekin Yildirim Boyazid tez harakat qilib, Suleyman Beyni ushlatdi va qatl qildi. Shundan soʻng, Candaroğulları bekligining katta qismini oʻz davlatiga qoʻshib oldiYücel, Yaşar (1980). a.g.e (1988 bas.), syf. 83..
Suleyman Beyning qabri qayerda ekanligi maʼlum emas.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Candaroğulları bekligi Turkum:Kastamonu tarixi Turkum:1392-yilda vafot etganlar