Sayfiddin Qutuz (قطز), shuningdek, Kutuz, KotuzEncyclopaedia Islamica, „Baalbek“. va toʻliq ismi Al-Malik al-Muzaffar Sayf ad-Din Qutuz ( ), harbiy boshliq va Misrdagi turkiy Mamluk sultonlarining uchinchisi yoki toʻrtinchisiBaʼzi tarixchilar Shajar al-Durrni Misr Mamluklarining 1-sultoni deb hisoblashadi. Shuning uchun Qutuz Mamluk sultonlarining uchinchisi emas toʻrtinchisi edi.Shayyal, p. 115/vol. 2 boʻlganAl-Maqrizi, p. 507/vol. 1MawsoaHolt et al., p. 215. U 1221-yil 2-noyabrda tugʻilgan, 1260-yil 24-oktabrda vafot etgan va 1259-yildan 1260-yilda oʻldirilguniga qadar bir yildan kamroq vaqt mobaynida Sulton sifatida hukmronlik qildi, lekin yigirma yil davomida amalda hukmdor boʻlib xizmat qildi.

Dastlab u Misrga qullikka sotilgan va 20 yil davomida Sulton noibi darajasiga koʻtarilib, taxt ortidagi kuchga aylandi. U 1249—50 yillarda Misrga bostirib kirgan Yettinchi Salib yurishlarini magʻlub etishda koʻzga koʻringan edi. 1259-yilda Misr moʻgʻullar tomonidan tahdid qilinganda, u harbiy jihatdan yetakchilikni oʻz qoʻliga oldi va keyin hukmronlik qilayotgan 15 yoshli sulton Al-Mansur Alini taxtdan agʻdardi. Suriya va Bagʻdoddagi islomiy kuch markazlari moʻgʻullar tomonidan bosib olindi va Islomiy kuchlarning markazi Misrga koʻchirildi va bu moʻgʻullarning navbatdagi nishoniga aylandi. Qutuz Misrning azaliy dushmani salibchilar bilan shartnoma tuzib, moʻgʻullarga qarshi chiqish uchun shimolda Misr mamluk qoʻshinini boshqargan.

Ayn-Jalut jangi 1260-yil 3-sentyabrda Jalilaning janubi-sharqiy qismida Misr mamluklar qoʻshini bilan moʻgʻullar oʻrtasida boʻlib oʻtgan. Moʻgʻullar Qutuz qoʻshinlari tomonidan qattiq magʻlubiyatga uchradi, bu tarixiy burilish nuqtasi hisoblanadi. Qutuz Qohiraga zafarli qaytish paytida Mamluklar yetakchisi Beybars tomonidan oʻldirildi. Qutuzning saltanati qisqa boʻlsa-da, u islom olamidagi mashhur Mamluk sultonlaridan biri boʻlib, islom tarixida yuksak mavqega ega boʻldiQasim, p. 24.

Tarjimayi holi Qutuz Forsdan kelgan turkiy shahzoda edi. Xorazmshohlar saltanati qulashi davrida moʻgʻullar tomonidan asirga olingan -yilda u Suriyaning Damashq shahriga olib ketilgan va u yerda Misrlik qul savdogariga sotilgan va keyin uni Qohiradagi Mamluk sultoni Aybakga sotishgan. Baʼzi manbalarga koʻra, Qutuz oʻzining asl ismi Mahmud ibn Mamdud boʻlib, Xorazmshohlar Imperiyasi hukmdori Alovuddin Muhammad II avlodidan boʻlganini taʼkidlanganAmitai-Preiss, p. 35.. left|thumb| 1258-yil Moʻgʻullar tomonidan Bagʻdodni egallab olinishi. U Sulton AybakningQasim, p. 44 eng koʻzga koʻringan Muizi mamlukiga aylandi va 1253-yilda Sulton noibi boʻldi. Aybak 1257- yilda oʻldirilgan va Qutuz Aybakning oʻgʻli Al-Mansur Alining sulton noibi boʻlib qolgan. Qutuz Mamluklar qoʻshiniga boshchilik qiladi va Aybakning bevasi Shajar al-Durrni hibsga olgan va Al-Mansur Alini Misrning yangi sultoni etib tayinlagan. 1257-yil noyabr va 1258-yil aprel oylarida u Bahriyya mamluklariSulton Aybak hukmronligi davrida Bahriyya Mamluklari boshligʻi Faris ad-Din Aktaining suiqasdidan soʻng Bahriyya Mamluklari Misrni tark etishdi, ammo Ayyubiylar sultoni An-Nosir Yusuf bilan toʻqnashuvdan soʻng ular Ayyubiylar sultoni hududiga kiruvchi Al-Karakga koʻchib oʻtishdi. tomonidan qoʻllab-quvvatlangan va Shahrzuriya kurdlarini oʻz ichiga olgan Al-Karakning Al-Malik al-MugʻizAl-Malik al-Mughith Omar Ben al-Adil II Ben al-Kamil Muhammed () Al-Karakdagi Ayyubiylar hukmdori edi. Sulton Beybars hukmronligi davrida Qohira qalʼasida oʻldirilgan. boshchiligidagi kuchlarning bosqinlarini magʻlub etdiSee Al-Mansur AliShahrzuriya Moʻgʻullar istilosidan keyin Mesopotamiyaga qochgan Kurdlar edi. Ikkinchi toʻqnashuvda Al-Malik al-Mugʻiz ularni chalgʻitdi va Misr tomon yurishdi.Al-Maqrizi, p. 500/vol. 1. Bosqinlar Al-Karakdagi Bahriyya Mamluklari oʻrtasida nizoga sabab boʻldi, chunki ularning baʼzilari Misrdagi oʻz izdoshlarini qoʻllab-quvvatlamoqchi ediSulton Aybak hukmronligi davrida Bahriyya Mamluklari boshligʻi Faris ad-Din Aktaining suiqasdidan soʻng koʻpgina Bahriyya Mamluklari Misrni tark etishdi. Ular Rim Saljuqiylar saltanati, Al-Karak va Suriyada qolishdi. Ikki koʻzga koʻringan Mamluk yetakchilari Beybars al-Burunduqtariy va Qalavun al-Alfiy Suriyaga, soʻngra Al-Karakga borib u yerda Ayyubiylar hukmdori Al-Malik al-Mugizni Misrga hujum qilishga koʻndirishdi. (Shuningdek Aybak, Al-Mansur Ali va an-Nasir Yusuf).

1258-yil fevralda moʻgʻul qoʻshini Bagʻdodni talon-toroj qildi, uning aholisini qirgʻin qildi va Abbosiy xalifasi Al-Mustaʼsimni oʻldirdi. Keyin ular Hulokudan tahdidli xat olgan Ayyubiylar shohi An-Nosir Yusuf tomonidan boshqariladigan Suriya tomon yurdiBu xabar Hulokudan Al-Malik al-Azizning oʻgʻli An-Nosirga berilgan. Uning ayrim qismlarida shunday deyilgan: „Halab hukmdori Al-Malik an-Nosir biladiki, biz Xudoning bizga bergan qilichining qudrati bilan Bagʻdodni zabt etdik, sarkardalarni oʻldirdik, binolarni vayron qildik va odamlarni asirga oldik. Bu xatni olganingda oʻzingning odamlaring, ritsarlaring va boyliging bilan Yerning hukmdori qirollarning qiroliga boʻyin egishing lozim, shundan soʻng sizlar uning yovuzligidan omon qolib yaxshilikka erishasizlar“, „Levant savdogarlari va boshqalar oʻzlarining pullari va ayollari bilan Misrga qochib ketishganini eshitdik. Agar ular togʻlarga yashirinishsa biz togʻlarni vayron qilamiz, agar yerga berkinishsa, yerni choʻktiramiz. Qayer xavfsiz? Hech kim qochib qutulolmaydi, chunki quruqlik ham dengiz ham menga tegishli.Sherlar bizning qadr-qimmatimizdan nafratlandilar, shahzodalar va vazirlar mening qoʻlimda.“Al-Maqrizi, p. 506/vol. 1. Sulton noibi Qutuz va Misr amirlari An-Nosir Yusufning Misrdan zudlik bilan yordam soʻrab murojaat qilgan xabaridan xavotirga tushishdi. Qutuz 15 yoshli sulton Al-Mansur Alining saroyiga yigʻilgan amirlarga vaziyat ogʻirligi uchun Misrda moʻgʻullarga qarshi kurasha oladigan kuchli va qobiliyatli sulton boʻlishi kerakligini aytdi. 1259-yil 12-noyabrda Al-Mansur Ali Qutuz tomonidan taxtdan tushirildi. Qutuz yangi sulton boʻlgach, amirlarga moʻgʻullar ustidan gʻalaba qozonganidan soʻng boshqa istalgan sultonni taxtga oʻtirishiga vaʼda berdiShayyal, p. 122/vol. 2.

Qutuz amir Foris ad-Din Aqtay al-MostarebniUning ismdoshi va zamondoshi Bahriyya Mamluklari boshligʻi va Al-Mansur Alining otasi tomonidan oʻldirilgan Faris ad-Din Aktay bilan adashtirmaslik kerak. Misr qoʻshinining otabegi sifatida saqlab qoldi va jangga tayyorgarlik koʻra boshladiShayyal, p. 122/vol. 2.

Moʻgʻul bosqini right|thumb| 1260-yildagi moʻgʻullarning Levantdagi hujumlari. Halab va Damashqqa dastlabki muvaffaqiyatli hujumlar, Baalbek, al-Subayba va Ajlun kabi ikkilamchi nishonlarga kichikroq hujumlar, shuningdek, Falastinning boshqa shaharlariga, jumladan Quddusga qarshi bosqinlar qilindi. Kichik bosqinchilar Gʻazoga qadar janubroqqa yetib bordi. Huloku va uning qoʻshinlari Damashqqa tomon yoʻl oldilar, u yerda Suriya amirlarining bir qismi An-Nosir Yusufga taslim boʻlishni va oʻzlarini va Suriyani qutqarish uchun eng yaxshi yechim sifatida Hulokuga boʻysunishni taklif qilishdi. Yigʻilishda hozir boʻlgan Mamluk Beybars bu taklifdan norozi boʻldi va mamluklar oʻsha kechada An-Nosir Yusufni oʻldirishga qaror qilishdi. Ammo u akasi bilan Damashq qalʼasiga qochishga muvaffaq boʻldi. Keyin Beybars va Mamluklar Suriyani tark etib, Misrga yoʻl olishdi va u yerda ularni Sulton Qutuz iliq kutib oldi ve Beybarsga Qalyub shahrini hadya qildiQalyub Qohira shimolidagi Qalyubiya gubernatorligidagi shahar.Qalyub on a Google mapAl-Maqrizi, p. 509/vol. 1. An-Nosir Yusuf moʻgʻul qoʻshini Halabga yaqinlashayotganini eshitib, xotini, oʻgʻli va boyligini Misrga joʻnatadi. Damashq va Suriyaning boshqa shaharlari aholisi qochib keta boshlaydi. Moʻgʻullar Halabni yetti kun qamal qilgandan soʻng uni talon-toroj qilib, aholisini qirgʻin qilishdi. An-Nosir Yusuf Halabning qulaganini eshitgach, Damashqni qolgan aholisi bilan himoyasiz qoldirib, Misrga qochdi, lekin Qutuz uni Misrga kirishiga ruxsat bermadi. Shunday qilib, An-Nosir Yusuf Misr chegarasida qoldi, amirlari esa uni tark etib, choʻlga tomon ketishdi. Sulton Qutuz an-Nosir Yusufning xotini va xizmatkorlari bilan Misrga yuborilgan taqinchoqlari va pullarini tortib olishni buyurdi. Halab moʻgʻullar qoʻliga oʻtganidan 16 kun oʻtib Damashq jangsiz taslim boʻldi. An-Nosir Yusuf mamluklar tomonidan asirga olinadi va Hulokuga yuboriladiAl-Maqrizi, p. 513/vol. 1An-Nosir Yusuf, oʻgʻli va ukasi Gʻazoda xizmatchilaridan biri tomonidan oʻgʻirlab ketilib Hulokuga topshirilgan. Boshqa maʼlumotlarga qaraganda An-Nosir Yusuf Kitbugʻa tomonidan hibsga olingan va Hulokuga topshirilgan..