Buyraklar tomiri va parenximasi kasalligi natijasida kelib chiqadigan arterial gipertenziya nefrogen yoki ikkilamchi (simptomatik) gipertenziya deb ataladi. Boshqacha soʻz bilan aytganda, nefrogen arterial gipertenziyaning birlamchi arterial gipertenziyadan, yaʼni gipertoniya kasalligidan farqi u boshqa kasallik natijasida paydo boʻladi. Nefrogen arterial gipertenziya har xil genezdagi arterial gipertenziya bilan kasallangan odamlar orasida 30–35 % bemorlarda uchraydihttps://www.uroweb.ru/article/db-article-925.html. Nefrogen gipertenziyaning ikkita: vazorenal va parenximatoz turi farq qilinadi. Vazorenal gipertenziyaning rivojlanishi asosida tugʻma yoki orttirilgan xarakterdagi ekstrarenal va intrarenal joylashgan buyrak arteriyasi va uning asosiy tarmoqlarining bir yoki ikki tomonlama zararlanishi yotadi. Parenximatoz gipertenziya koʻpincha bir yoki ikki tomonlama piyelonefrit, glomerulonefrit va buyraklarning boshqa kasalliklari tufayli paydo boʻladi. thumb|Gipertenziya

Nefrogen arterial gipertenziya tasnifi

Vazorenal turi

Tug'ma zararlanish 1.Buyrak arteriyasini fibromuskulyar displaziyasi (25–30%) a)intimaning zararlanishi fibroplaziya

b)medianing fibro muskulyar giperplaziyasi

v)adventitsial fibroplaziya

2.Buyrak arteriyasini anevrazmasi

3.Buyrak arteriyasinig gipoplaziyasi

4.Aortaning anomal rivojlanishihttp://heart-master.com/wp-content/uploads/2018/04/2018_01_62-69.pdf

Orttirilgan zararlanish

1.Buyrak arteriyasining aterosklerotik torayishi (65– 70%) 2.Nefroptoz tufayli buyrak arteriyasining torayishi:

a) funksional b) organik 3.Buyrak arteriyasini trombozi yoki emboliyasi 4.Panarteriit – Takayasu sindromi. 5.Buyrak arteriyasinig trombozi. 6.Buyrak arteriyasini anevrizmasi 7.Buyrak arteriyasini tashqaridan qisilishi.

Parenximatoz turi

1.Surunkali piyelonefrit 2.Glomerulonefrit 3.Nefrolitiaz 4.Buyrak sili 5.Gidronefroz 6.Xomladorlik nefropatiyasi. 7.Buyrakni shikast –lanishdan keyingi atrofiyasi 8.Govaksimon buyrak 9.Buyraklar polikistozi 10.Buyrak parenximasidagi oʻsma yoki kista 11.Reninoma 12.Multikistozli buyrak 13.Nurlanish nefriti 14.Tugunchali poliarteriit.

Vazorenal ko'rinishi Arterial gipertenziya boʻlgan bemorlarning oʻrtacha 7% da kuzatiladihttps://diseases.medelement.com/disease/3765.

Etiologiyasi

1934-yilda Goldblatt bitta buyrakning buyrak arteriyasini qisish yoʻli bilan itlarda arterial gipertenziya paydo qildihttps://www.nkj.ru/archive/articles/14145/#:~:text=В%201934%20году%20канадский%20учёный%2C,—%20ренина%20из%20почечной%20ткани. Maʼlum boʻldiki, odamlarda ham har xil sabablar natijasida buyrak arteriyasida torayish yoki toʻsilish boʻlganda arterial bosimning koʻtarilishi roʻy berar ekan. Arterial gipertenziyaning rivojlanishiga buyrak arteriyasini har xil stenotik zararlanishlarning etiologik ahamiyati, torayish boʻlgan tomonda nefrektomiya yoki buyrak arteriyasiga plastik operatsiya qilish yoʻli bilan bemorlarni gipertenziyadan tuzatish toʻgʻrisidagi xabar ishonchli dalil boʻladi. Arteriya torayishning sabablari orasida eng koʻpi (65–70% bemorlarda) ateroskleroz boʻladihttps://diseases.medelement.com/disease/4042#:~:text=Поэтому%20атеросклероз%20является%20наиболее%20частой,имеет%20не%20одинаковую%20степень%20выраженности, bunda pilakcha (blyashka) tomir boʻshligʻi torayishini keltirib chiqaradi. Koʻp hollarda bunday koʻrinishdagi zararlanish keksa va qari odamlarda kuzatiladi, bu umumiy aterosklerozning bir qismi hisoblanadi, lekin koʻpincha torayish oʻrta yoshdagi kishilarda aniqlanadi. Buyrak arteriyasining torayish sababi uning devoridagi fibromuskulyar displaziya boʻlishi mumkin (25 – 30 %). Bu koʻpincha yoshlarda, shu jumladan, bolalarda tashxislanadi, oʻzgaruvchi jarayon xarakteriga ega va juda kamdan–kam hollarda tomirlar boʻshligʻining butunlay bekilib qolishiga olib keladi. Displaziya asosida tomirlar devorida elastik toʻqimani kamligi natijasida “zaiflik” dan iborat boʻlgan tugʻma oʻzgarishlar yotadi. Keyinchalik mushaklarning kompensator gipertrofiyasi va fibroz toʻqimaning proliferatsiyasi rivojlanadi, bu displastik jarayonlar bilan, arteriya devori qavatlaridan birortasi, koʻpincha media va intima qavatining koʻproq zararlanishi bilan kuzatiladi. Patologik jarayon, odatda, koʻplab aylanma torayishlarga (multifokal torayish) olib keladi. Tekshirishlar shuni koʻrsatdiki, nefroptozda buyrak arteriyasining haddan tashqari tortilishi va buralishini ham uning torayishdan zararlanishi deb qarash kerak. Buyrak arteriyasining bunday koʻrinishdagi zararlanishi nefroptoz boʻlgan bemorlarning 6–8 % da kuzatiladi. Bunday turdagi torayish funksional (vaqtinchalik) hisoblanadi. Nefroptozda buyrak arteriyasining keyinchalik paydo boʻluvchi fibromuskulyar torayishi doimiy(organik) boʻladi. Bemor gorizantal holatda boʻlganda yoʻqoluvchi ortostatik arterial gipertenziya buyrak arteriyasini funksional torayishining asosiy simptomi boʻladi. Agar gipertenziya bemorning gorizantal holatida ham saqsansa, bu buyrak arteriyasida organik torayish borligi toʻgʻrisida guvohlik beradi. Tromboz va emboliya buyrak arteriyasini toraygan turining zararlanishi boʻlib, bu ham koʻpincha arterial gipertenziyaga olib keladi. Koʻpincha, ularning sababi yurak va tomir kasalligi va boshqalar boʻladi. Vazorenal gipertenziyaning kamroq sabablariga anevrizma va buyrak gipoplaziyasida buyrak arteriyasining tugʻma torayishi, aorta va tarmoqlarining panarteriiti, buyrak arteriyasini tashqaridan diafragma oyoqchasi, gematoma, limfa tugunlari va boshqalar bilan bosilishi kiradi.

Patogenezi

1898-yilda Tigershtedt va Bergmann oʻzlarining quyonlarda oʻtkazgan tajribalarining natijalarini taxlil qilib, ishemiyaga duchor boʻlgan buyraklarda arterial gipertenziyaga olib keluvchi modda borligini taxmin qilishganhttp://studentmedic.ru/referats.php?view=749. Ishemiyaga duchor boʻlgan buyrak toʻqimasining suvli ekstrakti koʻrinishidagi bu moddani sogʻlom quyonlar qoniga kiritganda, ularda arterial bosimning keskin koʻtarilishi kuzatilgan. Mualliflar shunday xulosaga kelishgan, buyrak toʻqimasi ishemiya sharoitida pressor moddasini ishlab chiqaradi, buni ular renin (lotincha ren – buyrak) deb nomlashgan. Hozirgi vaqtda buyrakning yukstaglomerulyar kompleksidagi hujayralar ishemiya sharoitida proteolitik ferment renin ishlab chiqarishi isbotlanganhttps://science-medicine.ru/ru/article/view?id=871.

Vazarenal arterial gipertenziya bilan boʻlgan bemorlar buyragining toraygan tomonida, odatda, yukstaglomerulyar kompleksi hujayralarida ishlab chiqariladigan granulalar sonining koʻpayishi bilan ularning gipertrofiyasi hamda buyrakning venoz tizimida renin faolligining yuqoriligi aniqlanadi. Koʻpchilik mutaxassislar reninning koʻp ishlab chiqarilishi shunchalik ishemiyaning natijasi boʻlmasdan, balki buyrak tomirlarida puls bosimining oʻzgarishidan iborat deb hisoblaydilar. Buyrak arteriyasining torayishi toraygan joydan quyiroqda (distal) arterial bosimning pasayishiga (gradiyent, yaʼni bosimning tushishiga) imkon beradi. Bu olib keluvchi arteriyalar devorining tarangliligi kamayishiga, gemo– retseptorlar qoʻzgʻalishiga (kanalchalar tuzilishi, yukstaglo– merulyar kompleks bilan uzviy bogʻlangan) imkon beradi va renin sekretsiyasining tezlashishiga olib keladi. Renin qonda jigardan ajraladigan @2– globulin (angiotenzinogen) bilan birikadi. Bu ikki moddaning oʻzaro taʼsiri natijasida pressor polipeptidi angiotenzin hosil boʻladi. Angiotenzin I va angiotenzin II farqlanadi, shu bilan birga ikkinchisi birinchisidan ikkita aminokislota ajralishi natijasida paydo boʻladi. Hozirgi vaqtda renin va angiotenzin I arterial bosimni koʻtarmasligi aniqlangan. Faqat angiotenzin II pressor agentga ega. U qonda aylanib yurib, arterial gipertenziyaga olib keladi. Angiotenzinning parchalanishi maxsus polipeptid fermentlari – angiotenzinlar bilan amalga oshiriladi.

Simptomlar va klinik kechishi

Vazorenal arterial gipertenziya har qanday yoshda, lekin koʻpincha 50 yoshgacha (93 % bemorlarda) kuzatiladi. Buyrak arteriyasining aterosklerotik torayishi bilan kuzatiladigan gipertenziya, koʻpincha 40 yoshdan katta erkaklarda, fibromuskulyar torayish esa koʻproq oʻspirin va oʻrta yoshdagi ayollarda topiladi. Vazorenal arterial gipertenziya uchun xos shikoyatlar yoʻq. Uning oʻziga xos belgisi – gipertenziya aniqlangan paytgacha shikoyatlarini yoʻqligi uchun har xil turdagi profilaktik koʻriklarda kasallik “toʻsatdan” aniqlanadi. Nisbatan koʻp uchraydigan simptomi – belda ogʻriq, bu koʻpincha bosh ogʻrigʻi bilan, ayniqsa nefroptozda bemor tik turganda kuzatiladi, Vazorenal arterial gipertenziya toʻsatdan paydo boʻlishi, koʻpincha (18 – 30 % bemorlarda) xavfli kechishi bilan, deyarli har doim diastolik bosim yuqori boʻlishi (110– 120 mm.sim.ust.) bilan xarakterlanib, kriz kamdan– kam roʻy beradi.

Tashxislash Vazorenal arterial gipertenziya uch bosqichda aniqlanadihttps://www.1spbgmu.ru/images/home/universitet/Struktura/Kafedry/Kafedra_terapii_fakultetskoy/lektsii/Вторичные_АГ-часть_1.pdf.

Birinchi bosqich

Aortografiya uchun bemorlarni tanlash: anamnezini oʻrganish, umumklinik tekshirish usullarini, izotop renografiyani, dinamik ssintigrafiya va ekskretor urografiyani qoʻllash. Tashxislashning bu bosqichini poliklinika yoki ixtisoslashmagan kasalxona sharoitida oddiy shifokor oftalmolog, radiolog va rentgenolog bilan birgalikda oʻtkaziladi. Vazorenal arterial gipertenziya boʻlgan bemorlarning anamnezidan quyidagilar aniqlanadi: 1) kasallikning oilaviy (nasliy) xarakterga ega emasligi; 2) konservativ gipotenziv terapiyani qoʻllaganda uning samarasi yoʻqligi yoki qisqa muddatligi; 3) buyraklar shikastlanganda yoki ularni operatsiya qilinganda beldagi oʻtkir ogʻriqdan keyin arterial gipertenziyaning paydo boʻlishi; 4) tranzitor xavfsiz arterial gipertenziyaning toʻsatdan zoʻrayishi. Davolash taʼsir qilmaydigan gipertenziya bilan va sanab oʻtilgan belgilari boʻlgan bemorlar maxsus tekshirish oʻtkazishni talab qiladi. Arterial bosimni oʻlchash diastolik bosimning anchagina koʻtarilganligini aniqlash imkonini beradi. Arterial bosimni bemorning har xil holatida (yotganda, tik turganda), jismoniy ishdan soʻng, oʻng va chap qoʻlda aniqlash zarur. Ortostatik arterial gipertenziya nefroptoz boʻlgan bemorlarning 85 % da kuzatiladi. Xuddi shu guruxdagi bemorlarda arterial gipertenziyani jismoniy harakat (30 daqiqali yurish yoki 15– 20 marta oʻtirib turish) yordamida aniqlanadi. Ortostatik gipertenziya, odatda, gipertonik kasalligi boʻlgan bemorlarda aniqlanmaydi. Vazorenal gipertenziyaning boshqa muhim belgisi qoʻl va oyoqlarda arterial bosim va pulsning asimmetriya boʻlishi, bu panarteriitda ham kuzatilishi mumkin. Vazorenal arterial gipertenziyasi bor boʻlgan bemorlarning yarmida epigastral soxani auskultatsiya qilganda sistolik (anevrizmada) va diastolik shovqin, koʻpincha buyrak arteriyasining fibromuskulyar torayishida aniqlanadi.

Vazorenal gipertenziya boʻlgan bemorlarda koʻz tubi tekshirilganda aniqlanadigan angiospastik retinopatiya boshqa etiologiyali arterial gipertenziyaga qaraganda koʻproq kuzatiladihttps://pharmateca.ru/ru/archive/article/30689. Buyrak arteriyasi torayishi sababli arterial gipertenziya kelib chiqqan bemorlarning ayrimlarida, ishemiya va anoksiya sharoitida yukstaglomerulyar kompleksi hujayralari eritropoetin mahsulotini stimulyatsiya qilishi natijasida qonda eritrotsitlar va gemoglobin soni yuqoriligi aniqlanadi. Buyraklarni umumiy funksiyasi nisbatan uzoq vaqt qoniqarli saqlanadi, osmotik konsentratsiyalash darajasi yuqoriligi aniqlanadi. Bunga kalavalar filtratsiyasi hajmining va buyrakda qon aylanishining kamayishi sabab boʻladi. Bu kanalchalarda reabsorbatsiyaning kuchayishiga olib keladi.