thumb|Turkiston lolasi yoki oq lola Turkiston lolasi (Tulipa turkestanica) vatani Oʻrta Osiyo (Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Sharqiy Turkiston) boʻlgan lola turi hisoblanadi.Kew World Checklist of Selected Plant FamiliesMerkodovich, N.A. (ed.) (1941). Flora Uzbekistana 1: 1-566. Izd-va Akademii nauk Uzbekskoi SSR, Tashkent.Nikitina, E.V. & al (eds.) (1951). Flora Kirgizskoi SSR 3: 1-148. Frunze : Izd-vo KirgizFAN SSSR.Ovczinnikov, P.N. (ed.) (1963). Flora Tadzhikskoi SSR 2: 1-454. Izd-vo Akademii nauk SSSR, Moskva.Czerepanov, S.K. (1995). Vascular Plants of Russia and Adjacent States (The Former USSR): 1-516. Cambridge University Press. U birinchi marta 1873-yilda Eduard August von Regel tomonidan T. sylvestrisning bir varianti deb taʼriflangan. Ikki yildan keyin alohida tur nomini olgan.Richard Wilford, Tulips, Species and hybrids for the gardener (Portland, Timber Press 2006), 162Regel, Eduard August von 1875. Trudy Imperatorskago S.-Peterburgskago Botaniceskago Sada. Acta Horti Petropolitani 3(2):296

Taʼrifi Turkiston lolasi boʻyi 10 smdan 15 smgacha boradigan koʻp yillik piyozli oʻtsimon oʻsimlik boʻlib, har bir tanasida 2–4 ta uzunligi 15 smgacha boʻlgan tukli barglar tutadi. Chetlari va uchlarida pushti rangda. Charmga oʻxshash poʻst bilan qoplangan piyozi yorqin qizgʻish-jigarrang va momiq tukli yuzaga ega. Piyozining diametri 1.5 sm. Barglari 2 ta, yaqin joylashgan, egri-bugri. Har bitta oʻsimlik bittadan 12 tagacha oddiy shingil toʻpgulda joylashgan yulduzsimon gul chiqaradi.1-7 according to Anna Pavord, The Tulip, London, Bloomsbury 1999, 339 Gullari qaymoqsimon oqdan pushti qizilgacha (pastki uchdan bir qismi sariqdan oʻtkir sariqqacha) boʻladi. Tashqi gultojbarglarining orqasi kulrang qizil (oq chiziqlar bilan) va ichki gultojbarglariga (bular orqa qismining oʻrtasida yashil chiziqlar tortilgan) qaraganda keng boʻladi. Changchi iplari sabzirang va changdonlari toʻq binafsha yoki uchlari binafsha oʻzi sariq randa.Richard Wilford, Tulips, Species and hybrids for the gardener (Portland, Timber Press 2006), 163 Bu xususiyatlari uni T. bifloradan farqlab turadi, chunki uning changdonlari sariq rangda va shuningdek Turkiston lolasi biroz kichik va oldinroq qullaydi. Gullari faqat quyosh nuri toʻgʻridan toʻgʻri tusshganda, ochilib turadi. Hidi koʻpincha yoqimsiz deb tasvirlanadi."horrible", Anna Pavord, The Tulip, London, Bloomsbury 1999, 341 Yovvoyi tabiatda, u balandlikka qarab mart va may (may–iyun) oylarida gullaydi va mevasi iyul–avgustda yetiladi.

Tarqalishi Turkiston lolasi Pomir–Oloy va Tyan Shon tizmalaridan (Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Turkiston, Eron va Shimoliy–Gʻarbiy Xitoydagi Jungariya) topilgan.Pacific Bulb Society U dengiz sathidan 1800–2500 m balandlikda toshli qiyaliklar, daryo boʻylari va choʻqqi boʻrtiqlarida oʻsadi.Anna Pavord, The Tulip, London, Bloomsbury 1999, 341

Yetishtirilishi va undan foydalanish Turkiston lolasi dekorativ oʻsimlik boʻlib, koʻpincha qoyali bogʻlarda oʻstiriladi.BBC Gardening Unda toʻliq quyosh nuri zarur. Angliyada mart oyining oʻrtalarida gullaydi.Richard Wilford, Tulips, Species and hybrids for the gardener (Portland, Timber Press 2006), 164 Eriostemenes guruhining boshqa lolalari kabi, Turkiston lolasi boshqa bogʻ lolalari bilan chatishmaydi.Anna Pavord, The Tulip, London, Bloomsbury 1999, 273

Manbalar