Birinchi Shlezvig urushi (nemischa: Schleswig-Holsteinischer Krieg) - Daniya janubi va Germaniya shimolidagi Shlezvig-Golshteyn hududlarida yuz bergan mojaro boʻlib, nemis tilida soʻzlashuvchi Shlezvig, Golshteyn va Lauenburg gersogliklarini kim nazorat qilishi ustidan kelib chiqqan. Oxir oqibat, Daniya buyuk davlatlarning diplomatik yordami bilan gʻalaba qozongan.

Mojaro Daniyada Uch yillik urush (Treårskrigen)Petersen 2009. nomi bilan ataladi. Bu Daniya milliy tarixidagi muhim voqealardan biri hisoblanadi. Germaniyada urush Shlezvig-Golshteyn urushi (nemischa: Schleswig-Holsteinischer Krieg) va Shlezvig-Golshteyn qoʻzgʻoloni (nemischa: Schleswig-Holsteinische Erhebung) deb ham ataladi.

1848-yil mart oyida Shlezvig, Golshteyn va Lauenburgning nemis aholisi Daniya qiroli boʻlgan gersogiga qarshi isyon koʻtardi (Daniya Qiroli bir vaqtning oʻzida Shlezvig gersogi ham edi). Ular muvaqqat hukumat va armiya tuzdilar. Golshteyn va Lauenburg Germaniya Konfederatsiyasiga aʼzo davlatlar boʻlgani sababli, Konfederatsiya oʻz nizomiga koʻra isyonchilarni qoʻllab-quvvatlagan. Buni Germaniya markaziy hukumati (1848-1851-yillarda Konfederatsiya oʻrnida mavjud boʻlgan federal davlat) ham davom ettirdi. Nemis qoʻshinlarining katta qismini Prussiya askarlari tashkil etgan.

Daniyani buyuk davlatlar, xususan, Angliya va Rossiya qoʻllab-quvvatladi. Urush 1848-yil avgustda Malmyo sulh shartnomasi bilan toʻxtatildi, ammo 1849-yil fevralda Daniya yana hujum boshladi.

1850-yil yozida Prussiya armiyasi orqaga qaytishga majbur boʻldi. 1851-yil 1-aprelda Shlezvig-Golshteyn armiyasi tarqatib yuborildi. 1852-yilgi London protokoli mojaroning yakuniy yechimi boʻldi. Buyuk davlatlar Daniya qirolini Shlezvig gersogi deb tasdiqladilar, lekin gersoglik Daniyadan mustaqil boʻlib qolishlari kerakligini ham eʼlon qildilar.

Mojaroning boshlanishi 1848-yil boshida Daniya tarkibiga Shlezvig gersogligi kiritildi va Daniya qiroli Germaniya Konfederatsiyasi tarkibidagi Golshteyn va Saks-Lauenburg gersogliklarini gersogi boʻldi. Daniyadagi etnik nemislarning aksariyati shu hududlarda yashagan. Nemislar mamlakat aholisining uchdan bir qismini tashkil qilgan va gersoglik Daniya iqtisodiyotining yarmini tashkil qilganSchlürmann, Jan. „The Schleswig-Holstein Rebellion“. Archived from the original on 20 March 2012. Retrieved 24 December 2018. These three southern regions of the Danish „Gesamtstaat“ or „Helstaten“ (common name for the union of the kingdom and the duchies) made up about one half of the monarchy’s economic power..  1815-yilda yakunlangan Napoleon urushlari Germaniya millatchiligini kuchaytirib yubordi. Pangerman mafkurasi shakllandi. Germaniya Konfederatsiyasi aholisi orasida butun Yutlandiya yarim orolida nemislar yashagan va shuning uchun nemislar uni haqli ravishda qaytarib olishlari kerak degan qarashlar shakllana boshladi. Xuddi shunday Daniyada ham Daniya millatchiligi shakllandi. Ular bu yerlar Daniyaning tarixiy yerlari ekanligini daʼvo qila boshladilar.

Daniya va nemis millatchilarining qarama-qarshiliklari Birinchi Shlezvig urushining boshlanishiga turtki boʻldi. Daniya millatchilari Golshteyn emas, Shlezvig Daniyaning bir qismi boʻlishi kerak, deb hisoblashgan, chunki Shlezvigda koʻp sonli daniyaliklar yashashar edi, Golshteynda esa bunday emasdi. Nemis millatchilari Shlezvig, Golshteyn va Lauenburg ajralmas, deb hisoblardi, bu esa ularni Shlezvig-Golshteyn deb atalishiga olib keldi. Shlezvigda koʻplab daniyaliklar, nemislar va shimoliy friziyaliklar istiqomat qilishardi. Urushning yana bir sababi gertsoglikda gersoglik vorisligi qoidalarining huquqiy jihatdan shubhali oʻzgarishi edi.Rowly-Conwy, Peter (2006). „The concept of prehistory and the invention of the terms 'prehistoric' and 'prehistorianʼ: The Scandinavian origin, 1833-1850“ (PDF). European Journal of Archaeology. 9 (1): 103-130. doi:10.1177/1461957107077709. S2CID 163132775.

Daniya qiroli Kristian VIII 1848-yil yanvarda vafot etdi. Uning yagona qonuniy oʻgʻli, boʻlajak Fridrix VII merosxoʻr boʻla olmadi, shuning uchun gersoglik Oldenburg palatasining boshqaruviga oʻtishi kerak edi, bu esa Daniyaning boʻlinishiga olib kelishi mumkin edi. Shunga koʻra, Kristian VIII (1846-yil 8-iyul) gersoglikda vorislik toʻgʻrisidagi qonunga ayol nasli orqali vorislikka ruxsat berish toʻgʻrisida farmon chiqardi.Schlürmann, Jan. „The Schleswig-Holstein Rebellion“. Archived from the original on 20 March 2012. Retrieved 24 December 2018. To prevent a division of the Danish kingdom, the Danish „Royal Law“ (Lex Regia) was — illegaly [sic] — introduced in the duchies.

Shlezvig-Golshteyn masalasi boshqa Yevropa kuchlarini ham tashvishga solgan edi. Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Lord Palmerston Boltiq dengizga chiqish imkoniyatini saqlab qolish uchun Shimoliy dengizni Boltiq dengizi bilan bogʻlaydigan Daniya boʻgʻozlari nazorati Prussiya kabi Yevropaning yirik davlati tomonidan nazorat qilinmasligini xohlardi.Davis 2000, p. 48. Xuddi shunday, Rossiya imperatori Nikolay I ham Daniyani qoʻllab-quvvatladi, chunki u Daniya boʻgʻozlarini boshqaradigan kuchli davlatni xohlasmadi.Davis 2000, p. 49 Germaniyaning birlashishiga eng koʻp qarshilik koʻrsatgan Yevropa davlati boʻlgan Fransiya 1848-yilgi inqilob tufayli Shlezvig-Golshteyn masalasida qatʼiy pozitsiyani egallay olmadi.Davis 2000, p. 48. thumb|285x285px|Birinchi Shlezvig urushida Daniyaga yordam bergan Skandinaviya koʻngillilari uchun medal(Old tomoni) 1848-yilgi tartibsizliklar tufayli Fransiyaning oʻz ichki ishlari bilan ovora boʻlib qolganligi sababli, hududni egallab olish orqali kuchli Prussiyani yaratish uchun noyob imkoniyat yaydo boʻldi.Davis 2000 , p. 50. Biroq, qirol va uning maslahatchilari Shlezvig-Golshteyn masalasi umumyevropa urushiga aylanib ketishidan qoʻrqishardi. Qirolning eng yaqin maslahatchisi Jozef fon Radovits oʻz kundaligida shunday deb yozgan edi: "Hozirgi harbiy-siyosiy inqiroz uzoq davom etmasligi lozim, u tezda yakun topishi kerak"Davis 2000 , p. 50..  Agar urush tezda yakunlansa Radovitz urushni qoʻllab-quvvatlashga tayyor edi, bu Prussiyaga Yevropaning boshqa kuchlari bu urushga aralashmaslik imkonini berardi. Daniya boʻgʻozlarini Prussiyaga nazorat qilishiga Rossiyaning keskin qarshilik koʻrsatayotganini bilgan Radovits qirolga urushni ikki gersoglik bilan cheklashni va Prussiya qoʻshinlarining Yutlandiyaga kirishiga yoʻl qoʻymaslikni maslahat berdi, uning taxminiga koʻra, bu Rossiyaning aralashishi tufayli "tuzatib boʻlmas oqibatlarga" olib kelishi mumkin edi. Prussiya tashqi ishlar vaziri Geynrix Aleksandr fon Arnim urushni qoʻllab-quvvatlab, Prussiya ikki gersoglikni 8 kun ichida bosib olishi mumkinligiga ishonardi, bu vaqtda esa Britaniya va Rossiyaga biror munosabat bildirishga vaqt qolmasdi.Davis 2000 , p. 50

Rossiya ham, Buyuk Britaniya ham Daniyaning Daniya boʻgʻozlari ustidan nazoratni yoʻqotishiga qarshi edi, ammo Prussiyani qoʻllab-quvvatlashdan ham manfaatdor edi. Palmerston kuchli Prussiyani va hattoki Prussiya rahbarligida birlashgan Germaniyani Fransiyani zaiflashtirish vositasi sifatida koʻrardi.Davis 2000, p. 50-51.  Qirol Fridrix Vilgelmning singlisi imperator Nikolay I ga turmushga chiqqan edi, bu orqali Prussiya qiroli Rossiya Prussiyaning ikki gersoglikni oʻz nazoratiga olishini qabul qilishga koʻndirish mumkinligiga ishonardi.  Bundan tashqari, Nikolay I Prussiya militarizmining ashaddiy muxlisi ham edi va Prussiyani Rossiya, Prussiya va Avstriyadan iborat norasmiy "sharqiy blok"da kuchli ittifoqchi sifatida koʻrgan.Davis 2000 , p. 51-52 Imperator Prussiyaga Polsha millatchiligiga qarshi kurashda Avstriya imperiyasidan koʻra ishonchli hamkor sifatida qarardi. Nikolay I uzoq vaqtdan buyon u Prussiya hukmronligi ostidagi Germaniyani mamnuniyat bilan qabul qilishini, bu esa u eng yomon koʻradigan va qoʻrqadigan Fransiyani zaiflashtirish vositasi ekanligini taʼkidlardi.Davis 2000 , p. 52.  

Trigger Shlezvig-Golshteyn shahzodasi Fridrix Noer 5-Lauenburger miltiq korpusi (Jägerkorps) va Kil universitetining baʼzi talabalarini iborat boʻlinma bilan Shlezvig-Golshteyndagi Rendsburg qal’asini egallash uchun harakat qila boshladi. Qal’ada gertsogliklarning asosiy qurol-aslaha ombori, 14, 15 va 16-piyoda batalyonlari, 2-artilleriya polki, shuningdek, baʼzi harbiy muhandislar joylashgan edi. Noerning qoʻshini kelganida, ular qal’a darvozalari nomaʼlum sababga koʻra qal’a devorlari ochiq edi va ular tezda qal’ani egallab olishdi. Qal’q himoyachilari oldida nutq soʻzlagan Fridrix Noer batalon va artilleriya polkining unga qasamyod qabul qilishiga erishdi. Qal’ani himoya qilishda xizmat qilgan daniyalik ofitserlarga kelgusi urushda Shlezvig-Golshteynga qarshi jang qilmaslik kafolati bilan Daniyaga ketishga ruxsat berildi.Schlürmann, Jan. „The Schleswig-Holstein Rebellion“. Archived from the original on 20 March 2012. Retrieved 24 December 2018. These three southern regions of the Danish „Gesamtstaat“ or „Helstaten“ (common name for the union of the kingdom and the duchies) made up about one half of the monarchy’s economic power.

Urushning borishi

1848 Nemis qoʻshinlari ularni qoʻllab-quvvatlash uchun kelguniga qadar Daniyani magʻlub etishni orzu qilgan general Kron boshchiligidagi 7000 Shlezvig-Golshteyn koʻngillilari Flensborgni egallab olishdi. 7000 dan ortiq Daniya askari shaharning sharqiy tomoniga kelib oʻrnashdi va Kron qamalda qolib ketishdan qoʻrqib, kuchlarini chekinishni buyurdi. Daniyaliklar ular chekinayotgan vaqtda Shlezvig-Golshteynliklarga yetib borishga muvaffaq boʻlishdi va 9-aprelda boʻlib oʻtgan Bovdagi jang Daniyaning gʻalabasi bilan tugadi.Stenild, Jesper. „Battle of Bov — 9th of April 1848“. Archived from the original on 8 May 2008. Retrieved 17 July 2008.

Voqealar xronologiyasi quyidagicha sodir boʻlgan:

12-aprel: Germaniya Konfederatsiyasi Dieti Shlezvigning muvaqqat hukumatini tan oldi va General Vrangelga Shlezvig shahrini egallash buyurildi.thumb|335x335px|Nybøl jangi28-may 1848-yil 19-aprel: Prussiya qoʻshinlari Dannevirke orqali Shlezvigga oʻtishdi. 23-aprel: Shlezvigdagi jangda Prussiya gʻalabasi. 23-aprel: Mysundedagi jangda nemislarning gʻalabasi. 24-aprel: Oversodagi jangda Gannoverning gʻalabasi. 2-may: Prussiya qoʻshinlari tomonidan Frederikiyaning qoʻlga olinishi.Heinrich Sybel, The Founding of the German Empire by William I. 1890. Volume 1, page 253. 27-may: Sundeveddagi jang. 28-may: Nybol jangi. 5-iyun: Daniya Dybbol tepaligidagi jangda nemislar ustidan gʻalaba qozondi. 7-iyun: Hoptrupdagi jang. 30-iyun: Bjerningdagi jang.thumb|494x494px|Shlezvig soboridagi urush uchun berilgan faxriy yorliq

Nemislar Shlezvig-Golshteyn urushida boshqa Yevropa davlatlari aralashmasliklarini kutgandi. Biroq boshqa Yevropa davlatlari Daniyaning har qanday boʻlinishiga qarshi birlashdilar, hatto Avstriya ham yordam berishdan bosh tortdi. Shvetsiya daniyaliklarga yordam berish uchun Yutlandiya yaqinidagi Fyn oroliga 7000 askar tushirdi; Rossiya podshosi Nikolay I Prussiya qiroli Fridrix Vilgelm IVga toʻqnashuv xavfi haqida ogohlantirdi. Buyuk Britaniya daniyaliklar uning vositachiligini rad etgan boʻlsalar ham, status-kvoni saqlashga yordam berish uchun oʻz flotini yuborish bilan tahdid qildilar.