„Nebomoreoblaka“ (, yaʼni, „Osmondengizbulutlar“) — rossiyalik qoʻshiqchi Zemfira ijro etgan qoʻshiq. 2004-yilning 20-mayida Zemfiraning „Vendetta“ nomli toʻrtinchi studiyaviy albomining birinchi singli oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiqning ilk versiyasi elektron musiqa janrida boʻlib, albom uchun ogʻir, har-rok janriga xos versiya yozilgan. Qoʻshiqning matnini ham, musiqasini ham Zemfiraning oʻzi yozgan.

„Nebomoreoblaka“ qoʻshigʻida ijtimoiy masalalar haqida soʻz boradi. Jurnalistlar va tahlilchilar fikriga koʻra, ashulada shou-biznes tanqid qilingan. Ashulada rus qoʻshiqchisi Valeriya ismi tilga olingani rus matbuotida keng muhokama qilindi. Zemfira bergan intervyularining birida albomning nomi „Vendetta“ boʻlgani uchun „Endilikda qoʻshiqchi Valeriya kim uchun kuylashini bilaman“ () misrasini vendetta oʻlaroq talqin qilish mumkingligini aytdi, ammo shaxsan oʻzi Valeriyani dushman hisoblamasligini taʼkidladi.

Ashula tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olindi. Koʻpchilik tahlilchi „Nebomoreoblaka“ qoʻshigʻining rok versiyasini olqishladi. Tanqidchilar bu versiyani Korn, Rammstein, Led Zeppelin, Deep Purple hamda Nine Inch Nails ijodiga ijobiy qiyosladilar. Ashulani yozib olishda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Oleg Pungin (barabanlar), Korney (bas-gitara) hamda Yuriy Saler (gitara).

Qoʻshiq Rossiyada keng tanildi hamda rus radio xit-paradida ikkinchi oʻringacha koʻtarildi. „Nebomoreoblaka“ 2011-yil „Time Out“ jurnali tomonidan tuzilgan „Hayotimizni oʻzgartirgan 100 qoʻshiq“ () roʻyxatidan oʻrin oldi.

Jamoa Zemfira — musiqa, ashula matni, vokal Oleg Pungin — barabanlar Korney — bas-gitara Yuriy Saler — gitara Bolshakov — injener Denis Yurovskiy — yordamchi

Manbalar

Havolalar

(jonli ijro)

Turkum:Zemfira qoʻshiqlari Turkum:2004-yil qoʻshiqlari Turkum:Rus tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar