Ozarbayjon sharsharalari — Ozarbayjon Respublikasi hududida joylashgan sharsharalar. Asosiy sharsharalar orasida „Yetti goʻzal“, Afurja, Katexchay, Takdam, Pazmari, Mamirli, Galabin, Abdal kaskad, Ram-Rama mavjud.

Ozarbayjon sharsharalari — Ozarbayjon Respublikasi hududida joylashgan sharsharalarga nisbatan ishlatiladi. Ularning asosiysi „Yetti goʻzal“: Afurja sharsharasi, Katexchay sharsharasi, Takdam sharsharasi, Pazmar sharsharasi, Mamirli sharsharasi, Galabin sharsharasi, Abdal kaskadi sharsharalari, Ram-Rama sharsharasi.

„Yetti goʻzal“ sharsharalari Gabala shahri yaqinida joylshgan Vandam qishlogʻidan 3 km.lik masofada joylashgan. Sharshara turli balandlikdagi 7 kaskaddan iborat boʻlgani uchun, ular „Yetti goʻzal“ deb nomlangan. Birinchi sharsharadan toʻrtinchi sharsharagacha zinapoya oʻrqali yetib borsa boʻladi..

Ram-Rama sharsharasi Ram-Rama sharsharasi Ilis Qax tumanidagi Ilisu qishlogʻida joylashgan. Ram-Rama Ozarbajondagi eng baland sharshara hisoblanadi, uning balandligi 75 metrni tashkil qiladi.

Mamirli sharsharasi Mamirli sharsharasi Qax tumanidagi Lekit qishlogʻida joylashgan. Ozarbajon tilidan tarjima qilganda „mox bosgan“ maʼnosini bildiradi. Ushbu nom uzoq muddatli jarayon oqibatiba sharshara yonlari yashil mox bilan qoplanganligi sababli olingan. Sharshara balandligi 15 matrni tashkil qilib dengiz sathidan 550 metr balandlikda joylashgan, kengligi 30 metrga etadi. 2006-yil 5-avgustdan Ozarbajon vazirlar mahkamasi qarori bilan Momirli sharsharasi Qax tabiat yodgorligi bed tan olingan va davlat muhofazasi ostiga olingan. left|thumb|329x329px| Afurja sharsharasi right|thumb|306x306px| Jaloladin sharsharasi. Abdal kaskadining 8 ta sharsharasidan biri

Pazmar sharsharasi Pazmari sharsharasi Naxichevan Avtonom Respublikasining Ordubad viloyatida Ayichinlig daryosi boʻylab joylashgan. Dengiz sathidan 3707 metr balandlikda joylashgan boʻlib balanligi 16 metrga etadi. Sharsharaning suvi uglevodorodlar, kaltsiy va minerallarga boy. Pazmari sharsharasi Naxichevandagi eng katta sharsharalardan biri boʻlib, yuqori kinetik energiyaga ega.

Katexchay sharsharasi Katexchay sharsharasi Balakan viloyatidagi Zagatala qoʻriqxonasida joylashgan. Ushbu sharshara hududida joylashgan 10 ta sharsharaga kiradi. Sharsharaning balandligi 20 metrga etadi

Ekspertlar bahosiga koʻra, Katexchay sharshara energiya resursi sharsharada enegiya ishlab chiqish stansiyasi tashkil qilingan holda butun hududni elektr energiyasi bilan taʼminlay oladi .

Afurja sharsharasi

Afurja sharsharasi Guba viloyati hududidagi Afurja qishlogʻi yaqinida oquvchi Velvelichay daryosida joylashgan boʻlib ushbu sharsharaning balandligi 70 metrga etadi. Afurja sharsharasi Ozarbayjonning tabiiy yodgorliklariga tegishli boʻlib, hukumat tomonidan muhofaza qilinadi . right|thumb|331x331px| Galabin sharsharasi. left|thumb|245x245px| Laza sharsharasi Laza sharsharasi Sharsharaning nomi sharshara yonida joyalshgan Laza qishloqidan olingan. Laza sharsharasi dengiz sathidan taxminan 1700 metr balandlikda, Katta Kavzaz togʻ tizmasining shimoliy-sharqida joylashgan.

Takdam sharsharasi Takdam sharsharasi Yardimlik viloyati hududida joylashgan boʻlib sharsharaning balandligi 34 metrga etadi .

Galabin sharsharasi

Galabin sharsharasi Lerik tumanidagi nomdosh qishloqda Talish togʻlarining choʻqqisida joylashgan. Sharshara dengiz sathidan 1000 metr balandlikda joylashgan, balandligi 65-70 metr .

Abdal kaskad sharsharalari Abdal kaskar sharsharasi Tovuz viloyatidan oqib oʻtuvchi abdal daryosida joylashgan. Abdal sharsharalari kaskadiga turli balandlikdagi 8 ta sharshara kirad. ulardan asosiy ikkita sharsharaning baladligi 20 va 15 metrni tashkil qiqladi. Kaskadning har bir sharsharasining alohida rasmiy nomi mavjud emas, ammo ushbu sharsharaning ilk kashf etgan shaxs birinchi sharsharani Jalaladin, oxirgisini esa Soltan deb nomlagan. Sharshara, Ozarbayjon Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi qaroriga koʻra, tabiat yodgorligi hisoblanadi.

Manbalar

Turkum:Sharsharalar Turkum:Ozarbayjon geografiyasi