„Gʻaroyib doktor“ (Ingliz. The Good Doctor) – rejissor Devid Shor tomonidan 2013-yilda xuddi shu nomdagi Janubiy koreya dramasi asosida suratga olingan Amerikaning tibbiyotga dramatik teleseriali. Serial premyerasi 2017-yil 25-sentabrda ABChttps://abc.com/ telekanalida boʻlib oʻtdi.

2017-yil 3-oktyabrda ABC serialni toʻliq mavsum efirga uzatdi, oxirgi 18-epizod 2018-yil 26-martda namoyish etildi. Ikkinchi mavsum 2018-yil 24-sentyabrda efirga chiqdi. 2019-yil 5-fevralda ABC serialni uchinchi mavsum efirga uzata boshladihttps://deadline.com/2019/07/abc-fall-premiere-dates-2019-1202641119/; birinchi epizod premyerasi 2019-yil 23-sentyabrda boʻlib oʻtdi. 2020-yil fevral oyida serial toʻrtinchi mavsum sahnalashtirildi. 2021-yil may oyida serial beshinchi mavsum ekran yuzini koʻrdi. Uning premyerasi 2021-yil 27-sentyabrda boʻlib oʻtdihttps://tvline.com/2021/07/15/abc-premiere-dates-fall-2021-list-greys-anatomy-season-18/. 2022-yil 30-martda kanal teleserialni oltinchi faslini namoyish etdihttps://deadline.com/2022/03/the-good-doctor-renewed-season-6-abc-1234991090/.

Rossiyada birinchi mavsumning premyerasi 2017-yil 26-sentyabrda Amediateka onlayn xizmatida va 2017-yil 29-sentabrda Amedia Premiumhttp://amediatv.ru/amedia-premium/ telekanalida boʻlib oʻtdi.

Mazmuni Serial Shon Merfi (ingliz aktyori Freddi Xaymor) haqida hikoya qiladi – Shon autizm tashxisi qoʻyilgan yosh jarroh, baxtsiz bolaligini oʻtkazgan kichik shaharchani tashlab San–Xosega koʻchib oʻtadi va San-Xosedagi San-Bonaventure kasalxonasining nufuzli jarrohlik boʻlimiga ishga kiradi. U oʻzining tabiiy isteʼdodini bemorlarning hayotini saqlab qolish va hamkasblarining shubhalariga qarshi kurashish uchun ishlatadi; bunda unga ustozi va doʻsti Aaron Glassman (Richard Shiff) yordam beradi.

Rollarda

AktyorPersonajMavsum12345Freddie HighmoreDoktor Shon Myorfi colspan="5" Nicholas GonzalezDoktor Melendes colspan="3" Antonia ThomasDoktor Braun colspan="4" QismanChuku ModuDoktor Jared Kalu colspan="2" Garret BoJessika Preston colspan="1" ToʻliqIren KenDoktor Eli Maklen colspan="1" Hill HarperDoktor Endryus colspan="5" Richard SchiffDoktor Aaron Glassman colspan="5" Tamlyn TomitaAllegra Aoki colspan="2" QismanWill Yun LeeDoktor Aleks Park colspan="4" Fiona GubelmannDoktor Morgan Reznik colspan="4" Christina ChangDoktor Odli Lim colspan="4" Paige SparaLeya Dilallo colspan="4" Jasika Nicoledoktor Karli LeverQisman colspan="1" Bria Samoné HendersonDoktor Jordan AllenQisman colspan="1" Noah GalvinDoktor Asher UolkQisman colspan="1" Osvaldo BenavidesDoktor Mateo Rendon OsmaQisman colspan="1"

Serial yaratilishi

Serial 2017-yil 11-mayda buyurtma qilingan. Serialning omadli chiqishidan soʻng uning yangimavsumi suratga olindi. 2018-yilning may oyida ABC serial muvaffaqiyatidan soʻng ikkinchi mavsumga buyurtma berdi. 2019-yil 5-fevralda ABC serialni uchinchi mavsumini efirga uzatdi. 2020-yil fevral oyida serial toʻrtinchi mavsumi efirga chiqdi.

Serialga munosabat Rotten Tomatoes agregator veb-saytida Gʻaroyib doktor 43 ta sharh asosida oʻrtacha 5,65/10 ball bilan 63% yangi reyting oldi. Metacriticda serial tanqidchilarning 15 ta aralash va oʻrtacha sharhlariga asoslanib, 100 balldan 53 ballga egahttp://www.metacritic.com/tv/the-good-doctor.

Manbalar