Tigra, haqiqiy ismi Grir Grant Nelson () — Marvel Comics tomonidan nashr etilgan Amerika komikslaridagi oʻylab topilgan qahramon. Dastlab The Claws of the Cat #1da (1972-yil noyabr) Mushuk laqabli (), yuqori texnologiyali gadjetlarga tayanadigan yaqin masofadagi jangchi sifatida taqdim etilgan. Uni ssenarist Roy Tomas va rassom Uolli Vud (Mari Severin hissasi bilan) yaratgan va Linda Fayt qahramonning dastlabki sarguzashtlarini tasvirlab bergan. Giant-Size Creatures (1974-yil iyul) asarida Grir Nelson ssenarist Toni Izabella va rassom Don Perlin tomonidan yoʻlbars ayolga aylandi Tigra (Greer Nelson). Marvel. Дата обращения: 22 мая 2022. Hernandez, Gab 10 Iconic West Coast Avengers, Ranked By Likability. Screen Rant (17 сентября 2021). Дата обращения: 22 мая 2022..

Comics Buyer’s Guide jurnali Yoʻlbars ayolni „Komikslardagi 100 ta eng seksual ayol“ roʻyxatida 61-oʻringa qoʻydi.

Komikslarda birinchi marta paydo boʻlganidan beri koʻp yillar davomida personaj boshqa media mahsulotlarida paydo boʻldi, jumladan: multseriallar, filmlar va videooʻyinlar.

Komikslardan tashqari

Televizor

Lenor Zann 1999-yil „Qasoskorlar. Har doim birga“ filmida Yoʻlbars ayolga ovoz bergan, bu serialda qahramon Qasoskorlarning asosiy jamoa aʼzosi. Hulu ssenaristi va ijrochi produseri Erika Rivinoha va Chelsi Hendler boʻlishi kerak boʻlgan „Yoʻlbars ayol va Jonon“ multserialini chiqarishni maqsad qilgan. Qahramonlar MODOK, Hit-Manki va Govard oʻrdak bilan „Shturmoviklar“ animatsion krossoverida birlashishlari kerak edi. Biroq, 2019-yil dekabr oyida Rivinoha va ssenaristlarning butun jamoasi ijodiy kelishmovchiliklar tufayli ishdan boʻshatildi, garchi Handler hali ham loyihani ishlab chiqishda qatnashayotgan boʻlsa ham. 2020-yil yanvar oyida „Yoʻlbars ayol va Jonon“ va „Oʻrdak Govard“ multseriallari bekor qilingani eʼlon qilindi.

Kino "Qasoskorlar. Har doim birga" multserialidan Yoʻlbars ayol versiyasi 2022-yilda Liz Kakovski tomonidan ovoz berilgan „Chip va Deyl yordamga shoshadi“ toʻliq metrajli filmida kameo sifatida paydo boʻladi.

Videooʻyinlar

Yoʻlbars ayol "Ultimate Marvel vs. Capcom 3" 2011 oʻyinida Lochin koʻzi yakunida Gʻarbiy Sohil Qasoskorlari aʼzolaridan biri sifatida paydo boʻladi. Yoʻlbars ayol 2011-yilgi !Marvel Super Hero Squad Online"-dagi oʻyin qahramonlaridan biri. Yoʻlbars ayol Facebook uchun 2012-yilgi Marvel Avengers Alliance oʻyinida paydo boʻladi. 2016-yilgi "Lego Marvel’s Avengers" oʻyinida Yoʻlbars ayol oʻyin qahramonlardan biri. Bella Torn 2016-yilda "Marvel Avengers Academy" mobil oʻyinida Yoʻlbars ayolga ovoz bergan.

Manbalar

Havolalar Тигра (Грир Нельсон) на Marvel.com Грир Нельсон на Marvel Wiki Тигра на Comic Vine Turkum: 1972-yilda paydo bo'lgan chiziq belgilar Turkum:Roy Tomas tomonidan yaratilgan belgilar Turkum:Super kuch bilan Marvel komiks belgilar Turkum:Super tezlik bilan Marvel komiks belgilar Turkum: marvel komiksining shifo beruvchi omilga ega bo'lgan belgilar