thumb| Ncube-2, Norvegiya CubeSat (10 cm) CubeSat (Kubset) – bu 10 sm dan iborat shakl faktoriga asoslangan miniatyuralashtirilgan sunʼiy yoʻldoshlar sinfiga kiruvchi qurilmadirCubeSat Design Specification Rev. 13, The CubeSat Program, Cal Poly SLO. CubeSatlarning massasi 2 kilogrammdan oshmaydi va koʻpincha ularning elektronikasi va tuzilishi uchun tijoratdan tashqari (COTS yaʼni sotuvda mavjud boʻlmagan mahsulotlar) komponentlardan foydalaniladi. CubeSatlar orbitaga Xalqaro kosmik stansiyadagi tarqatuvchilar tomonidan qoʻyiladi yoki uchirish vositasida ikkilamchi foydali yuk sifatida ishga tushiriladi. 2021-yil, avgust holatiga koʻra, 1600 dan ortiq CubeSatlar ishga tushirilgan.
1999-yilda Kaliforniya Politexnika Davlat Universiteti (Kal Poli) professori Jordi Puig-Suari va Stenford universiteti kosmik tizimlarni rivojlantirish laboratoriyasi professori Bob Tviggs CubeSat spetsifikatsiyalarini loyihalash, ishlab chiqarish va sinovdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni rivojlantirish uchun bir qator ilmiy tadqiqot funksiyalarini bajaruvchi hamda yangi kosmik texnologiyalarni oʻrganuvchi past Yer orbitasiga (LEO) moʻljallangan kichik sunʼiy yoʻldoshlarni ishlab chiqadi. 2013-yilgacha ishga tushirilgan CubeSatlarning koʻpchiligi Akademiya hisobiga toʻgʻri kelgan, bunda ishga tushirishlarning yarmidan koʻpi akademik boʻlmagan maqsadlarda boʻlib, 2014-yilga kelib esa yangi oʻrnatilgan CubeSatlarning koʻpchiligi tijorat yoki havaskor loyihalar uchun edi. thumb| Yillik ishga tushirilgan va rejalashtirilgan CubeSatlar 2021-yil, avgust thumb| 2021-yil avgustida ishga tushirilgan CubeSatlarning umumiy soni Foydalanishlar odatda Yerni kuzatish yoki havaskor radio kabi maqsadlarga xizmat qilishi mumkin boʻlgan tajribalarni oʻz ichiga oladi. CubeSatlar kichik sunʼiy yoʻldoshlar uchun moʻljallangan yoki shubhali amalga oshirilishi mumkin boʻlgan va kattaroq sunʼiy yoʻldoshning narxini oqlashi dargumon kosmik qurilmalar texnologiyalarini namoyish qilish uchun ishlatiladi. Tasdiqlanmagan nazariya bilan ilmiy tajribalar ham CubeSatlar bortida boʻlishi mumkin, chunki ularning arzonligi yuqoridagi muammolarni oqlashi kerak edi. Biologik tadqiqotlar uchun ulardan koʻproq foydalanish rejalashtirilgan. Oyga va undan tashqariga bir nechta missiyalar uchun CubeSatlaran foydalanish rejalashtirilmoqda. Chuqur fazodagi birinchi CubeSatlar MarCO missiyasida uchirilgan, u yerda 2018-yil may oyida InSight muvaffaqiyatli missiyasi bilan bir qatorda ikkita CubeSatlar Mars tomon uchirilgan edi.
Baʼzi CubeSatlar universitetlar, davlat yoki xususiy kompaniyalar tomonidan uchiriladigan mamlakatlarning birinchi sunʼiy yoʻldoshlariga aylandi. Nanosatellit va CubeSat maʼlumotlar bazasida 1998-yildan beri ishga tushirilgan va ishga tushirilishi rejalashtirilgan 3200 dan ortiq CubeSatlar roʻyxati keltirilgan.
Tarixi thumb| CubeSat tuzilishi Kaliforniya Politexnika Davlat Universiteti professorlari Jordi Puig-Suari va Stenford Universitetidan Bob Tviggs 1999-yilda magistratura talabalariga birinchi kosmik kemaga oʻxshash qobiliyatga ega boʻlgan kosmik kemani loyihalash, qurish, sinovdan oʻtkazish va koinotda ishlatish imkonini berish maqsadida Cubesat uchun mos dizaynni taklif qilishdi. CubeSat, dastlab taklif qilinganidek, standart boʻlishi maqsad qilinmagandi, balki vaqt oʻtishi bilan paydo boʻlish jarayoni sabab standartga aylandi. Birinchi CubeSatlar 2003-yil iyun oyida Rossiyadagi Eurockotda ishga tushirildi va 2012-yilga kelib taxminan 75 dan ortiq CubeSatlar orbitaga chiqarildi.
Manbalar
Turkum:Texnologiya Turkum:Informatika