Efiopiya-Eritreya tinchlik shartnomasi 2018-yil 9-iyulda Asmara sammitida imzolangan shartnoma. Shartnoma Efiopiya va Eritreya oʻrtasida 20 yil oldin boshlangan urushga yakun yasadi. Efiopiya va Eritreya oʻrtasidagi jangovar harakatlar 2000-yilda tugatilgan boʻlsa-da, hududiy kelishmovchiliklar tufayli davlatlar harbiy toʻqnashuvgordonua.com Эфиопия и Эритрея спустя 20 лет после начала войны заключили мирный договор holatida qoldi.

Shartnomani Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmad Ali va Eritreya prezidenti Isayas Afeverki imzoladilar.

Avvalroq Efiopiya va Eritreya rahbarlari mamlakatlar oʻrtasida diplomatik munosabatlarni tiklashga kelishib olishgan edi. Eritreya Axborot vaziri deklaratsiyaning imzolanishi ikki davlat oʻrtasidagi urush holatining tugashini anglatishini, mamlakatlar siyosat, iqtisodiyot, madaniyat va xavfsizlikРИА Новости Конец войне: Эфиопия и Эритрея подписали мирный договор sohalarida hamkorlik qilishga kelishib olganini aytgan.

Abiy Ahmad Ali tinchlik shartnomasini imzolagani uchun 2019-yilgi Nobel tinchlik mukofotiga sazovor boʻldi.

Manbalar

Turkum:Eritreya ikki tomonlama munosabatlar Turkum:Efiopiya ikki tomonlama munosabatlar Turkum:XXI asrning tinchlik shartnomalari Turkum:2018-yil siyosatda Turkum: iyul, 2018