Fotima ( — fatimatun, fatimaxАрабско-русский словарь, fatimun ( — koʻkrakdan ajratilgan (bolalar haqiqa))Ismlar.com, Ismlar maʼnosi, Fotima maʼnoni anglatadi. Bu ism islomga eʼtiqod qiluvchi koʻplab xalqlar orasida keng tarqalgan ayollar ismi.
Tarixi Ismning musulmon xalqlari orasida mashhurligi Muhammad (sallolohu alayhi vassalam) va Xadichaning kenja qizi - Fotimani shu nom bilan atashgan. Fotima ismnining yanada ulugʻlanishi shu kabi tarixiy manbaalarga borib taqaladi. Fotima bint Muhammad (sallolohu alayhi vassalam) musulmon olamida mashhur ayollardan biri hisoblanadi unga Fotima Zahro (nur taratuvchi) deya taʼrif berishgan. Odatda oilada egizak qiz farzandlar dunyoga kelganda — katta qizga Fotima, kichigiga Zuhra deb nom qoʻyish bugungi kungacha urfda boʻlgan.
Fotimaning shakllari Fotima ismiga odatda quyigacha qoʻshimchalar qoʻshib aytish uni yanada chiroyli va erkalab chaqirish mumkin: Fotimabibi; Fotimabonu; Fotimaoy; Fotimaxon. Oʻxshashliklar Fotima ismni gʻayriarab xalqlar orasida fonetik qonuniyatlar taʼsirida oʻzgarib, mustaqil nomlar sifatida paydo boʻlgan va turli koʻrinishlarga ega: Fatuma, Fatu (lazginlar orasida); Fatma (Qo'miqlar orasida); Patimat, Patina, Pati (avarlar orasida); Batimat (darginlar orasida) va boshqalar.
Fotima ismli mashhurlar
Fotima Zahro (605 yoki 615 - 632 yoki 633) - Muhammad paygʻambarning toʻrtinchi qizi, Alining xotini, Hasan va Husaynning onasi. Fotima al-Maosuma (790-816) - oʻn ikki shialarning ettinchi begʻubor imomi Muso ibn Jafar al-Kozimning qizi. Madridlik Fotima (X-asr - XI-asr) - musulmon astronomi. Fotima al-Sharif (1911-2009) - Liviya qiroli Idris I ning rafiqasi, Liviya qirolichasi. Fotima-Sulton (vafoti 1681-yil) — Qosimovning oxirgi hukmdori, bikem. Fotima Rezametova (27-iyul 1970-yilda tugʻilgan) Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. Fotima Xoltoyeva Toshkent Tibbiyot akademiyasi umumiy amaliyot shifokori
Manbalar
Havolalar Заслуженная артистка РУз, ведущий мастер сцены Холтаева Фотима Файзиевна, врач
Turkum:Arabcha ayollar ismlari