500x400px|thumb|Hitlerning 1939-yil 6-oktabrdagi Reyxstagdagi chiqishi Hitlerning 1939-yil 6-oktyabrdagi nutqi — Adolf Hitlerning Polsha bosib olinganidan koʻp oʻtmay boʻlib oʻtgan Kroll operada Reyxstag minbarida soʻzlagan nutqi. Unda Gʻarb ittifoqiga oxirgi marotaba tinchlik taklifi eʼlon qilindi.

80 yoki 90 daqiqa davom etgan nutq Hitlerning ommaviy nutqlari ichida eng uzuni boʻlgan. U vayron boʻlgan Varshava sayohatidan qaytgan zahoti qilingan va aslida Polshaga bostirib kirish natijasining boʻrtirilgan va yolgʻon hisoboti edi. Unda Hitler, xususan, quyidagilarni taʼkidlagan:

U shuningdek, faqatgina harbiy nishonlar bombardimon qilinganini va hatto Varshava komendantiga tinch aholini evakuatsiya qilish taklifi bilan murojaat qilganini, ammo hech qanday javob olmaganini daʼvo qildi.

Bundan tashqari, Reyxskansler oʻrta asrlardan boshlab „polyak xarakterida shafqatsizlik mavjudligi va axloqiy vazminlikning yoʻqligini“; polyaklarning Germaniyaga qilgan „uyatsiz haqoratlari“ga chidab boʻlmasligini; Polsha hukumati aholining atigi 15 foizi qoʻllab-quvvatlagani va Polsha „Gʻarb demokratiyasining uy kuchugi“ dan boshqa narsa emasligi takidlaydi. Keyin Hitler Germaniya (Sovetlar bilan birgalikda) „Markaziy Evropada qatʼiy tartib oʻrnatganidan“ keyin, nafaqat u yerda, balki „janub va sharqda“ ham „iqtisodni tiklash va qayta tashkil etish“ yoʻli bilan yanada uzoqqa borishi haqida tahdidli fikr bildiradi.

Ohangni keskin oʻzgartirgan holda, Hitler Fransiya va Britaniyaga zaytun novdasini taklif qildi. U urushni barcha ishtirokchilar magʻlub boʻlgan, millionlab odamlarning hayoti va milliardlab boyliklarini yoʻqotgan tashabbus sifatida qoraladi. Fransiya bilan urush haqida, agar shunday davom etsa, „bir kun kelib Germaniya va Fransiya oʻrtasida yana chegara paydo boʻladi, lekin gullab-yashnagan shaharlar oʻrniga xarobalar va cheksiz qabristonlar paydo boʻlishini“ taʼkidlab, yana bir bor Yevropa tinchlik konferensiyasini oʻtkazishni taklif qildi.

Polsha eʼtiborga loyiq boʻlmagan oʻlik davlat sifatida tasvirlangan:

Konferentsiyada Germaniyaning maqsadlaridan biri sifatida „yahudiy muammosini tartibga solish va hal qilishga erishishga urinish“ deb eʼlon qilindi. Hitler nutqini oʻziga ishongan bayonot bilan yakunlandi: „Agar janob Cherchill va uning izdoshlarining qarashlari ustunlik qilsa, mening bu bayonotim oxirgisi boʻladi. Keyin kurashamiz… Ammo Germaniya tarixida yangi 1918-yil noyabri boʻlmaydi“ Tashqi munosabat Bunga Gʻarb hech qanday munosabat bildirmadi. Ertasi kuni bu ishning natijasi tinchlik bilan hal boʻlishiga umumiy ishonchsizlikni namoyon qilgan holda Nyu-York fond birjasi bir necha punktga tushib ketdi. Berlinda boʻlgan muxbir Uilyam Shirer Hitlerni „beshinchi yoki oltinchi marta chalinayotgan eski grammofon plastinkasiga oʻxshab“. nosamimiy deb atadi.

Fransiya Bosh vaziri Eduard Daladier Fransiya tinchlik shartnomasini „haqiqiy tinchlik va umumiy xavfsizlik“ kafolatlarini oʻz ichiga olmasa, muhokama qilmasligini eʼlon qildi. 10-oktabr kuni u oʻta dushmanona va jangovar radio murojaati bilan chiqish qilib, u yerda nemislarning samimiyligiga ishonmasligini bildirdi va fransuzlarning Germaniya hududiga yurish qilishi haqida gapirdi:

12-oktabr kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Nevill Chemberlen, Jamoatlar palatasiga qilgan murojaatida, Hitlerning takliflari mujmal va noaniq ekanligini va Hitler Chexoslovakiya va Polshaga qilgan yovuzliklarini yoʻq qilish haqida hech narsa aytmaganini taʼkidlab: "endi vaʼdalarga ishonib boʻlmaydi va tinchlik „soʻzda emas, amalda boʻlishi kerak“" dedi u.

Germaniyaning 13-oktyabrdagi rasmiy javobida aytilishicha, Chemberlen tinchlik taklifini rad etib, ataylab urushni tanlagan. Hitler oxirgi marta 1940-yil 19-iyulda Fransiya taslim boʻlganidan soʻng soʻzlagan nutqida Gʻarb kuchlariga — bir oʻzi qolgan Angliyaga tinchlik taklif qilgan.

Manbalar

Adabiyotlar Text of the speech (English translation) Excerpts of the speech (in German) Also includes full text of Premier Daladier’s Broadcast To The French Nation of October 10, 1939 and Chamberlainʼs Speech Before The House Of Commons on October 12, 1939 and analysis.