An Lushan yoki An Lu-shan (xitoycha:安祿山; pinyin : Ān Lùshān ; 1-oyning 20-kuni"Ziji Tongjian"ning 216-jildida Tang Syuantszun hukmronligi Tyanbao davrining 10-yilida, 1-oyning jiachen kunida Anning tugʻilgan kuni nishonlanishi qayd etilgan (751).). Oʻsha oy uchun „jiachen“ kuni oyning 20-kuniga toʻgʻri keladi. [(天宝十年正月)甲辰,禄山生日,…] 703-yil 19-fevralXu, Daoxun va boshqalar. (1993). "Tan Syuantzunning tarjimai holi". Pekin: Xalq matbuoti; . 455-56 — 757-yil 29-yanvar"New book of Tang"ning 225-jildining 1-qismida An Chjide davrining 2-yilining 1-oyining 1-kuniga oʻtar kechasi oʻldirilgani qayd etilgan. Tan Suzong hukmronligi. Bu sana Grigoriy taqvimi boʻyicha 757-yil 25-yanvarga toʻgʻri keladi. Yozuvda, shuningdek, vafot etganida u 50 yoshda boʻlgani ham qayd etilgan. Biroq, "Ziji Tongjian"ning 219-jildida An Qinxu Tan Suzong hukmronligining Chjide davri 2-yilining 1-oyining yimao kunida shahzoda tojini kiydi, keyin esa imperator etib tayinlangani qayd etilgan. Bu sana Grigoriy taqvimi boʻyicha 757-yil 30-yanvarga toʻgʻri keladi. Agar bu yozuv toʻgʻri boʻlsa va An Lushan bir kun oldin oʻldirilgan boʻlsa, uning oʻlgan sanasi Grigoriy taqvimi boʻyicha 29-yanvar 757-yil boʻlar edi.[(至德二年正月)乙卯旦,庄宣言于外,云禄山疾亟。立晋王庆绪为太子,寻即帝位,] "Zizhi Tongjian", 219-jild) Tan sulolasi generali hamda An Lushan qoʻzgʻoloni boshligʻi sifatida tanilgan.
An Lushan asli soʻgʻdiy va koʻkturk boʻlganYang, Jijiu, „An Lushan“. "Xitoy Entsiklopediyasi" (Xitoy tarixi nashri), 1-nashr.Lin, Tyanvey asp?id=7794&htm=03-021-1257.htm An Lushan profili, "Xitoy entsiklopediyasi" (Biografiya nashri; 1-nashr); 2011-yil 3-avgustda foydalanilgan.Zhong, Xan. "An Lushan Dengzahu De Neiya Wenhua Pekin" („Ichki Osiyodagi An Lushan haqida madaniy fon va h.k. — Sute yoki Soʻgʻdiyning Ichki Osiyoga oid muhokamasi bilan“). "Xitoy tarixiy tadqiqotlar jurnali" (2005); ISSN 1002-7963 va keyinroq asrab olinganBeckwith, p. 21, n. 82. U shimoli-sharqiy Tan chegarasini xitanlardan va boshqa tahdidlardan himoya qilish orqali harbiy mavqeini oshirdi. U bir necha bor Tan poytaxti Changʻanga chaqirilgan va bosh vazir Li Linfu va Tan imperatori Syuantszunning hurmatini qozonishga muvaffaq boʻlgan. Bu An Lushanga Xitoyning shimoli-sharqida muhim harbiy kuch toʻplash imkonini berdi. Li Linfu vafotidan keyin uning raqibi general Geshu Xan va vazir Yang Guozxong bilan imeriya ichida harbiy qarama-qarshilik yuzaga keldi.
An Lushan 8 — 9 yillik tayyorgarlikdan soʻngBeckwith, p. 146 755-yildaBeckwith, p. 145 An Lushan qoʻzgʻolonini boshladi va oʻzini yangi sulola Yan sulolasi hukmdori deb eʼlon qildi.
Tarjimayi holi va ismi
thumb|260px|Shinjonning Bezeklik shahridagi IX asrga oid soʻgʻdlik savdogarlardan buddaviy freskasi. An Lushanning onasi Ashide urugʻidan boʻlgan koʻkturk edi va u sehrgar boʻlib xizmat qilgan. Tarixiy manbalarga koʻra, uning asl ismi ehtimol Aluoshan yoki Yaluoshan boʻlishi mumkin, ikkinchisi Jiu Tangshu tomonidan qadimgi turkiy tilda „urush“ degan maʼnoni anglatishi aytib oʻtilgan. Uning otasi erta vafot etdi va onasi Ashide xonim turkiy general An Boji(安波至)ning ukasi boʻlgan An Yanyan(安延偃)ga turmushga chiqdi. An Lushan shundan soʻng An nomini oldi. Tanning Kayyuan davri imperatori Syuantszunning hukmronligi boshida 713-741-yillarda An Yanyanga tegishli boʻlgan Koʻkturk qabilasi oʻrtasida tartibsizlik yuzaga keldi va An Lushan, An Yanyan va An Yanyanning jiyani An Sishun bilan Tangga qochib ketdi. Keyinchalik u Ying prefekturasiga(營州, taxminan zamonaviy Shenyan, Liaoning) joylashdi.
Otalik
An Lushanning biologik otasining kelib chiqishi va familiyasi haqida ziddiyatli manbalar mavjud. Masalan, An Lushanning otasi Qang familiyasiga egami yoki yoʻqligi haqidaAn Lushanning tarjimai holi "New book of Tang"da, uning asl ismi Galuoshan ekanligini koʻrsatishdan tashqari, uning asl familiyasi Kang ekanligini koʻrsatib, uning otasining familiyasi Kang edi. Biroq, uning „Tangning eski kitobi“ dagi tarjimai holi An Lushanning „aslida familiyasi yoʻqligini“ koʻrsatdi. "Old Book of Tang"ni, jild. 200, 1-qism, „New book of Tang“ bilan solishtiring, jild. 225, 1-qism., u oʻgay otasi An Yanyandan An ismini olgan. Qang va An familiyalari ularning mos ravishda Soʻgʻd podsholiklarining Samarqand(康國; qarang: Qangju) va Buxoro(安國) shaharlaridan boʻlganini koʻrsatadiYang, Zhijiu, Lushan profili.Xue, Zongzheng (1992). "Turklar tarixi", 329-bet, 602-06. Pekin: Xitoy ijtimoiy fanlar matbuoti; .Mu, Weisheng (2000). "Gu Ziyining tanqidiy tarjimai holi", p. 54; .Ebrey, Walthall, Palais (2006). "Xitoy Entsiklopediyasi" (Xitoy tarixi nashri), 1-nashr.. Anlarni 661-yilda xitoylar tomonidan prefektura sifatida tashkil etilgan Ansi bilan adashtirmaslik kerakYu Taishan (2-nashr 2003-yil). "Gʻarbiy mintaqalarning keng qamrovli tarixi", b. 169. Zhengzhou: Zhongzhou Guji matbuoti; ..
Matsui Xitoshi fikricha, tarixiy yozuvlarda soʻgʻdlarning kelib chiqishi haqida aniq dalillar keltirilmagani va An Lushan Kumo Xi va Xitan xalqlari joylashgan Yingchjou shahrida yashaganini taʼkidlab, „Ehtimol (An Lushanning otasi) kelib chiqishi xitan boʻlgan boʻlishi mumkin“Xu Elina-Qian, p. 248Matsui 1981. Repr. ichida: Sun, Jinji va boshqalar. 1988-yil (1-jild), b. 105., degan fikrni ilgari suradi. Biroq, Edvard X. Schaferning taʼkidlashicha, An Lushan, ehtimol, Anxi (安息"Forscha") va soʻgʻdcha umumiy nomi „yorugʻlik“ degan maʼnoni anglatuvchi Rovshan nomidan olingan ismning xitoylashtirilgan variyanti, soʻgʻdiy ayol ismi (ܪܘܚܫܐܢ)Roksana bilan bogʻliqdir Edwin G. Pulleyblankga koʻra (Schafer, 4-bet)Schafer, p. 9 „yorugʻlik“, Beckwith, p. 145, n. 18, shuningdek Iskandarning soʻgʻdlik xotinining ismi ham Roksana ediEduard X. Sheferning "Samarqandning oltin shaftolilari: Tʼang ekzotikasini oʻrganish"; Kaliforniya universiteti matbuoti, 1985. Uning ismi Āluòshān(阿犖山)"Zizhi Tongjian", jild. 214. yoki Yaluòshān(軋犖山)"Old book of Tang", jild. 200, 1-qism ."New book of Tang", jild. 225, 1-qism .sifatida ham koʻchirib olingan boʻlishi ham mumkin va uning vafotidan keyin uning oʻrinbosari Shi Siming tomonidan u Yan shahzodasi La(燕剌王) sifatida nomlangan.
Yoshlik
Aytishlaricha, An Lushan oltita moʻgʻul tilini bilgan va oʻsib ulgʻaygach, Xitoy hukumati asosan tashqi savdo orqali ipak evaziga ot olish uchun ochgan harbiy bozorlardan birida tarjimon boʻlib xizmat qilgan. U bilan birga xizmat qilgan Shi Sugan (keyinchalik Shi Siming deb ataladi) edi, u oʻzidan bir kunlik katta edi va u bilan yaxshi doʻst boʻldi. 732-yilda general Chjan Shougui(張守珪) You prefekturasini (幽州, taxminan zamonaviy Pekin) boshqarganida, u An Lushan qoʻylarni oʻgʻirlaganini bilib qoladi. Chjan An Lushanni qamish bilan oʻldirmoqchi boʻlganida, An Lushan shunday deb qichqirdi: „ Janob, siz ikki vahshiy qabilalarni yoʻq qilishni xohlamaysizmi?Yaʼni, Khitan xalqi va Xi (奚). Nega An Lushanni qamish bilan oʻldirishni xohlaysiz?“ Chjan uning katta tanasi borligidan va uning iltijosidan hayratda qolgani sababli, uni qoʻyib yubordi va Shi bilan birga mirshab sifatida xizmat qilishni buyurdi chunki ikkalasi ham jinoyatchilarni tutishga qodir edi. Keyinchalik Chjan uni harbiy ofitser lavozimiga koʻtardi. Chjan uning semirib ketganidan havotirdaligi sababli, Chjanning huzurida juda koʻp ovqat yeyishga jur’at eta olmas edi va bu Chjanga yoqdi. Chjan uni qabul qildi va unga oʻz oʻgʻlidek munosabatda boʻldi. Oʻsha paytda bu tarixda qayd etilmagan edi, u birinchi xotini sifatida Kan xonimga uylandi va u unga An Qingxu ismli bitta oʻgʻli tugʻib berdi, ammo u uning toʻngʻich oʻgʻli emas edi.
Tang qoʻshinlarida xizmat
Darajalarining koʻtarilishi (736-742-yillar)
736-yilga kelib, An Lushan umumiy unvonga ega boʻlib, Chjan Shougui qoʻl ostida Pinglu armiyasining(平盧軍, hozirgi Shenyanda joylashgan) zobiti sifatida xizmat qilgan. 736-yilda An Chjan buyrugʻiga boʻyin egmay, Xitan va Xiga qarshi haddan tashqari tajovuzkor hujum qildi, ammo u magʻlubiyatga uchradi. Armiya qoidalariga koʻra, u qatl qilinishi kerak edi. Chjan Anni oʻzi qatl qilmasdan, imperator Syuantszun Anni kechirishiga umid qilgan holda uni poytaxt Changʻanga yubordi (守圭亦惜其骁勇,欲活之,乃更执送京师。) . Bosh vazir Chjan Jiuling, Anning oʻlimi harbiy intizomni saqlab qolish uchun zarur boʻlishini taʼkidlab, An isyonchi koʻrinishiga ega ekanligiga ishonib, Anning oʻlimini yoqladi, ammo imperator Syuantszun Anni qodirliklariga ishondi va uni oʻldirishni xohlamadi va shuning uchun uning hayotini saqlab qoldi, lekin uning barcha unvonlaridan mahrum qildi va uni Chjan qoʻl ostida xizmat qilish uchun qaytardi.
740-yilda An Pinglu armiyasining Bingmashisi(兵馬使)(qoʻmondoni) boʻldi. 741-yilda imperator bosh senzuri(nazoratchi amaldor)ning oʻrinbosari Chjan Lijen(張利貞) Xebeyni(河北,yaʼni, Xuanxe daryosining shimolidagi mintaqa) tekshirish uchun qilgan safari paytida u Pinglu armiyasiga tashrif buyurganida, An Chjanning eʼtiborini qozondi. hatto u Chjanning xizmatkorlariga ham pora bergan. Chjan Changʻanga qaytib va Anni imperatorga maqtaganida, imperator Syuantszun Anni Ying prefekturasining komendanti Xitan, Xi, Balxae va Xeysyuy Mohedan himoya qilish uchun Pinglu armiyasining qoʻmondoni etib tayinladi. 742-yilda imperator Syuantszun Pinglu armiyasini harbiy tuzilmaga aylantirib, Anni uning harbiy gubernatori(jiedushi) etib tayinlandi"Ziji Tongjian", jild. 215.. left|thumb|200px|Soʻgʻdlik savdogar haykali.
Changʻanda (743-yil)
743-yilda An imperator Syuantszunga hurmat bajo keltirish uchun Changʻanga tashrif buyurdi. Imperator Syuantszun unga yaxshi munosabatda boʻlib, har doim saroyga tashrif buyurishiga ruxsat berdi. U oʻzini sud siyosatida namoyon qila boshladi — rasmiy Su Syaoyun(蘇孝韞) unga shikoyat qilgan oʻsha yilgi imperiya imtihonlarida adolatsizlik boʻlgani va imperiya bosh senzurining oʻrinbosari Chjan Yi(張倚)ning oʻgʻli Chjan Shi(張奭) hech qanday qobiliyatga ega boʻlmaganiga qaramay, yuqori baho berilgan edi. An bu haqda imperator Syuantszunga maʼlum qildi, u shaxsan uning oldida qayta sinovdan oʻtishni buyurdi. Chjan Shi imperator Syuantszunning qayta tekshiruviga javoban bitta belgi ham yoza olmadi. Natijada, Fuqarolik ishlar vazirlarining oʻrinbosarlari Song Yao(宋遙) va Miao Jinqing lavozimidan ozod etildi.
Koʻpincha imperator Syuantszun oʻziga nodir buyumlar yoki zargarlik buyumlari kabi noyob buyumlarni oʻlpon qilib berilishi orqali xursand boʻlardi. Bu vaqtga kelib An Lushan avvalgidan ham koʻproq semirib ketgan edi va imperator Syuantszun bir safar undan hazillashib: „Bu vahshiy qorinda nima bor?“ deb soʻraganida u: „Sodiq qalbdan boshqa hech narsa yoʻq“, deb javob berdi. Yana bir marta imperator Syuantszunning oʻgʻli valiahd shahzodasi Li Xen omma oldida ekanligida, u Li Xenga taʼzim qilishdan bosh tortib: „Men yovvoyiman, rasmiy marosimni tushunmayman, valiahd shahzoda nima degani?“ deb aytdi. Shunda Imperator Syuantszun javob berdi: „U zahira imperator. Men oʻlganimdan keyin u sizning imperatoringiz boʻladi“. U uzr soʻradi va „Men ahmoqman. Men faqat siz imperator hazrati oliylari haqida bilardim, lekin zaxira imperator degan narsa borligini bilmas edim.“ dedi va u taʼzim qildi, lekin imperator Syuantszun uning halolligiga ishonib, uni yanada koʻproq maʼqulladi. Saroyga kirishga ruxsat berilgach, u imperator Syuantszunning suyukli kanizak turmush oʻrtogʻi Yang Guyfeyning tutingan oʻgʻli boʻlishini soʻradi va imperator Syuantszun bunga rozi boʻldi. Shundan soʻng, bir marta u imperator Syuantszunga taʼzim qilishdan oldin birinchi boʻlib turmush oʻrtogʻi Yang xonimga taʼzim qilib, shunday dedi: „Varvarlar otalarga taʼzim qilishdan oldin onalarga taʼzim qilishadi.“ deydi, Syuantszun endi Anning oʻgʻil otaga boʻysungani kabi unga itoatkor ekaniga ishonchi hosil edi shuning uchun unga yanada koʻproq iltifot koʻrsatdi.
Shimoliy frontga qaytishi