„Thinking Out Loud“ ingliz qoʻshiqchisi va qoʻshiqnavisi Ed Sheeranning × (2014) nomli ikkinchi studiyaviy albomiga kiritilgan qoʻshiqdir. 2014-yilning 24-sentyabrida albomning uchinchi singli oʻlaroq chiqarildi. Qoʻshiq soʻzlarini Sheeran va Amy Wadge yozgan. Qoʻshiq Jake Gosling tomonidan hozirlangan.
Qoʻshiq Birlashgan Qirollik hit-paradlarida birinchi pogʻonaga koʻtarildi va Sheeranning musiqiy repertuaridagi birinchi pogʻonaga koʻtarilgan ikkinchi ashula boʻldi. Bundan tashqari, Avstraliya, Irlandiya, Yangi Zelandiya, Daniya, Niderlandiya, Slovakiya va Janubiy Afrika hit-paradlarida choʻqqiga erishdi, AQShning Billboard Hot 100 va Canadian Hot 100 hit-paradlarida esa ikkinchi pogʻonaga koʻtarildi.
„Thinking Out Loud“ „Yil yozuvi“, „Yil qoʻshigʻi“ va „Eng yaxshi pop solo ijro“ nominatsiyalarida Grammy mufokotiga nomzod boʻldi, hatto yuqorida sanab oʻtilgan nominatsiyalarning ikkinchisida gʻolib ham boʻldi.
2015-yil kanadalik qoʻshiqchi Chad Brownlee „Thinking Out Loud“ qoʻshigʻi kaverini yozdi. Klipi thumb|Crystal raqs zali (Los Angeles) Qoʻshiq klipiga Emil Nava rejissorlik qilgan boʻlib, u California shtatining Los Angeles shahridagi Crystal ball zalida (Millennium Biltmore mehmonxonasi) suratga olingan. Klip 16 mmli kinotasmada suratga tushirildi. Klipda Sheeran bilan So You Think You Can Dance raqs musobaqasi qatnashchisi Brittany Cherry raqs ijro etayotgani aks etgan..
Qoʻshiq klipi 2014-yilning 7-oktyabrida chiqarildi. 24 soat ichida YouTubeda 2.7 million marta koʻrildi. 2022-yil yanvar holatiga koʻra, 3.4 milliard marta koʻrildi va bu uni YouTubeda eng koʻp koʻrilgan 17-videoga aylantirdi. Klip 2015-yilda toʻrt nominatsiyada MTV Video Music Awardsga nomzod boʻldi.
Trek-list
7" vinyl „Thinking Out Loud“ „I’m a Mess“
CD single „Thinking Out Loud“ „I’m a Mess“
Digital download „Thinking Out Loud“ -3:02
EP „Thinking Out Loud“ „Donʼt“ „Sing“ „Thinking Out Loud“ „Donʼt“ „Sing“
Jamoa Ed Sheeran — vokal, qoʻshiqnavis, akustik gitaraEd Sheeran, (2014). X. [Album liner notes and credits]. Asylum Records/Atlantic Records. Chris Leonard — elektrogitara, hammond organi, bas Peter Gosling — pianino Jake Gosling — produser, klavishlar, dasturlash, barabanlar Mark „Spike“ Stent — miksing Stuart Hawkes — mastering
Manbalar
Havolalar
Turkum:2014-yil qoʻshiqlari Turkum:2014-yil singllari Turkum:Ed Sheeran qoʻshiqlari Turkum:Daniyada birinchi oʻrinni egallagan singllar Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar