thumb|369x369px|Ayiqcha Paddington Ayiqcha Paddington () — ingliz yozuvchisi Maykl Bondning kitobi va shu nomdagi bolalar serialining bosh qahramoni. Ayiqcha Paddington haqidagi kitob bolalar adabiyotining klassikasi hisoblanadi. „Paddington ismli ayiqcha“ birinchi marta 1958-yil 13-oktabrda nashr etilgan. Bugungi kunda dunyoda 25 milliondan ortiq ayiqcha Paddington haqidagi kitoblari mavjud boʻlib, ular jami 31-tilga tarjima qilingan. Butun dunyoda ayiqcha nomidan foydalangan holda turli mahsulotlarga 265 ta litsenziya berilgan.

Ayiqchaning adabiy tarixi Ayiqcha Paddington haqida hikoya yozish gʻoyasi birinchi marta Maykl Bondga 1956-yil Rojdestvo arafasida Paddington vokzali yaqinidagi London doʻkonida javonda yolgʻiz ayiqchani koʻrib, uni xotiniga sovgʻa sifatida sotib olganida paydo boʻlgan. Ayiqcha Bondni hikoya oʻylab topishga ilhomlantirdi va oʻn kun ichida u birinchi kitobini yozdi. Kitob adabiy agent Xarvi Unnaga berildi. Paddington nomli ayiq birinchi marta 1958-yil 13-oktabrda „William Collins & Sons“ tomonidan nashr etilgan.

Avvaliga Maykl Bond ayiqchani „qora Afrikadan“ („from darkest Africa“) kelishini xohladi, ammo uning agenti Xarvi Unna ayiqlar Afrikada yashamasligini aytdi va keyin u vatanini Peruga oʻzgartirdi. Peru oʻrmonida faqat bitta ayiq yashaydi — bu And deb ataladigan ayiq yoki koʻzoynakli ayiq.

Paddington stantsiyasida hikoya qalin Peru oʻrmonlaridan kelgan kichkina ayiq bolasi haqida boshlanadi. U yerda turib, kimdir unga eʼtibor berishini kutadi. Janob va missis Braun jasur daydiga gʻamxoʻrlik qilishga qaror qiladi va tez orada Paddington ularning oilasining toʻla huquqli aʼzosiga aylanadi. Paddington odobli ayiqcha boʻlgani uchun u uyda foydali boʻlishga harakat qiladi. Biroq, uning ixtirolari koʻpincha hazil va shoʻxliklarga aylanadi. Ayiqcha Paddington bor joyda hech qachon vaqt zerikarli oʻtmaydi.

Yumshoq oʻyinchoq thumb|314x314px| Londondagi Paddington vokzalida yumshoq oʻyinchoqlar sotilmoqda Birinchi ayiqcha 1972-yilda Shirli va Eddi Klarksonga tegishli Gabrielle Designs tomonidan ishlab chiqarilgan. Ular Rojdestvo uchun oʻz farzandlari Joanna va Jeremi Klarksonlarga (keyinchalik taniqli teleboshlovchi va yozuvchi boʻlgan) ilk sinov nusxasini sovgʻa qilishganShirley Clarkson, Bearly Believable: My Part in the Paddington Bear Story, Harriman House Publishing, 23 June 2008 ISBN 978-1-905641-72-7.

Ommaviy madaniyatda

Keng qirrali shlyapa va koʻk rangli palto kiyib yuradi„Medvejonok Paddington“ otprazdnuet yubiley v Rossii. 1976-yildan 1980-yilgacha Buyuk Britaniyada „“ multseriali namoyish etilgan. 1989-yildan 1990-yilgacha Amerika-Britaniya multseriali chiqdi. 1997-yildan 2000-yilgacha Kanada-Fransiya multseriyali „“ chiqdi. 2008-yil 13-oktabrda Google Ayiqcha Paddington kitobining birinchi nashri chop etilganining 50-yilligini oʻz logotipida chamadonli sayohatchi sifatida tasvirlab nishonladiLogotip Google s izobrajeniem medvejonka Paddingtona. 2014-yilda rejissor Pol King „Peddingtonning sarguzashtlari“ filmini suratga oldi, u ikkita BAFTA mukofotiga nomzod boʻldi: eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy uchun va eng yaxshi ingliz filmi uchun Aleksandr Korda mukofotini oldi. 2017-yilda filmning davomi — „Peddingtonning sarguzashtlari 2“ suratga olindi. 2019-yilda navbatdagi multseriyalining translyatsiyasi boshlandi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Ayiqlar adabiyotda Turkum:Ayiqcha Paddington Turkum:Toʻqima gapiruvchi hayvolar Turkum:Toʻqima sayohatchilar Turkum:Toʻqima ayiqlar