Vitaliy Anatolyevich Rogovanov (1965-yil 20-iyun) – qirgʻiz va oʻzbek futbolchisi va murabbiyi. Qirgʻiziston terma jamoasida oʻynagan.
Biografiyasi Klublardagi faoliyati Oʻshning „Alay“ klubi tarbiyalanuvchisi boʻlgan. Vitaliy 1981-yilda 16 yoshida klub tarkibiga qabul qilingan va SSSR ikkinchi ligasida 1983-yilgi mavsumda klub safida ilk oʻyinini oʻtkazgan. Umumiy hisobda Rogovanov Sovet futbolining ikkinchi ligasida 200 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. Qirgʻiziston SSR yoshlar terma jamoalarida oʻynagan, 1983-yilda SSSR xalqlari Spartakiadasi turniri ishtirokchisi hisoblanadi.
SSSR parchalanganidan keyin yana ikki mavsumni „Alay“ tarkibida oʻtkazgan. 1992 va 1993-yillarda Qirgʻiziston chempionatining bronza medali sovrindori, 1992-yilda esa mamlakat kubogi finalchisiga aylangan. 1993-yilda hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynab, 22 ta gol urgan va chempionatning eng yaxshi 5 toʻpurarlari safiga kirgan.
Faoliyati yakunida Oʻzbekiston oliy ligasida „Soʻgʻdiyona“ va „Yangiyer“ jamoalarida, shuningdek quyi ligalarda „Progres“ („Zarafshon“) safida toʻp surgan. Oʻshning „Dinamo“ klubida ham bir mavsumni oʻtkazgan.
Terma jamoadagi oʻrni 1993-yil 7-iyun kuni Tehronda boʻlib oʻtgan xalqaro turnirda Ozarbayjonga qarshi oʻyinda Qirgʻiziston terma jamoasi safida debyut qilgan. 1993—1994-yillarda terma jamoa safida jami 6 ta oʻyin oʻtkazgan. Uchrashuvlarning ikkitasi Tehrondagi turnirda va 4 tasi 1994-yilda Toshkentda Markaziy Osiyo kubogi doirasida boʻlib oʻtgan.
Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Qizilqum (Zarafshon) sport maktabida bolalar murabbiyi va „Stroitel“ (Zarafshon) mini-futbol klubida murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. Keyinchalik Rossiyaga koʻchib oʻtib, u yerda „Legion“ yoshlar sport maktabida (Lipetsk) faoliyatini davom ettirgan. Vitaliy shuningdek, „Avangard“ havaskorlar klubida (Chapligin) ham murabbiylik qilgan.
Shaxsiy hayoti Farzandi Igor (1995-yilda tugʻilgan) ham futbolchi. 2013-yilda „Paxtakor“ safida Oʻzbekiston chempionatida 3 ta oʻyin oʻtkazgan. Keyinroq Rossiyada havaskorlar miqyosida toʻp surgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1965-yilda tugʻilganlar Turkum:20-iyulda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Qirgʻizistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:FC Alay futbolchilari Turkum:Dinamo Oʻsh klubi futbolchilari Turkum:Yangiyer klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari