Astroviruslar ( ) 1975 yilda inson axlatida elektron mikroskop yordamida topilgan viruslar oilasi.
Picornaviridae va bilan bir qatorda astroviruslar bir zanjirli genomik (+) RNKga ega boʻlgan konvertsiz viruslarning uchinchi oilasi hisoblanadi . Inson astroviruslari yosh bolalarda va kattalarda gastroenteritning sabablaridan biri hisoblanadi asosan emish yoshidagi yoki 1 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalarda ko'p uchraydi .
Alomatlar Bolalar va kattalarda gastroenteritni keltirib chiqaradi. Asosiy alomatlar diareya, ko'ngil aynishi, qusish, bezovtalik va qorin og'rig'i. Infektsiyalanganlar kasalxonaga yotqizilishi shart emas, chunki kasallik belgilari qisqa vaqt ichida o'z-o'zidan yo'qoladi .
Diagnostika Elektron mikroskopiya, IFAimmunofluoresans, PCR usullari mavjud.Infektsiyalangan odamlarning najaslarida virusli zarralar, antigenler yoki nuklein kislotalarni aniqlashi mumkin .
Real vaqtda PCR usuli ommaviy ravishda inson astroviruslarining barcha genotiplarini aniqlashda tezkor usulda aniqlash imkonini beradi .
Virion Astrovirus infektsiyasiga qarshi emlash yoki virusga qarshi vosita yo'q. Chunki virus o'z antigenini o'zgartirib turadi. Shaxsiy gigiena kasallanish ehtimolini kamaytiradi. Ko'p odamlarning qon zardobida antitelolarning topilishi ,astroviruslarning aholi orasida keng tarqalganligini bildiradi. 6 oylik bolalar orasida 45% va 5-10 yoshdagilarning 75% dan antitelo topilgan.
Morfologiyasi Astrovirus virionlarining diametri taxminan 28-35 nm, shakli ikoseadr va yulduzsimon shaklga ega, besh yoki olti qirraga ega. Viruslar kapsidni o'z ichiga olmaydi, genom RNK bilan ifodalanadi .
Tasniflash Astroviruslar oilasiga ikkita avlod kiradi: sutemizuvchilarda uchrovchi yuqumli Mamastrovirus (19 tur) va qushlarda uchrovchi Avastrovirus (3 tur). Turlar ham serovarlarga bo'linadi .
Yana qarang
Rotaviruslar Virus Norwalk
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha viruslar Turkum:Pisuviricota Turkum:Viruslar oilalari