Saki Kumagai (yapon. 熊谷 紗希 1990-yil 17-oktabrda tugʻilgan) — yaponiyalik futbolchi, Germaniyaning Bavariya klubi va Yaponiya terma jamoasida oʻynaydihttp://www.jfa.jp/nadeshikojapan/news/00012561/. U asosan yarim himoyachi sifatida oʻynaydi, ammo asosiy ampulasi markaziy himoyachi hisoblanadi.

Kumagai Sharqiy Osiyoning klub va xalqaro miqyosdagi eng muvaffaqiyatli futbolchilaridan birihttps://www.scmp.com/sport/football/article/3040604/afc-star-saki-kumagai-has-brought-world-cup-and-champions-league. 2020-yilga kelib, u bitta Jahon kubogi, yettita Fransiya milliy chempioni, beshta Yevropa kubogi va bitta Osiyo oʻyinlari oltin medalini qoʻlga kiritdi.

Klubdagi Karyera

Kumagai 1990-yil 17-oktabrda Sapporoda tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach, u 2009-yilda Urava Reds jamoasiga qoʻshildi. Klub 2009-yilgi mavsumda L.Liga chempionligini qoʻlga kiritdi. 2011-yilning iyul oyida u Germaniya Bundesligasining Frankfurt klubiga oʻtdi. Ikki mavsumdan soʻng u 2013-yil iyun oyida birinchi divizion Fransiyaning Olimpik Lion ayollar klubiga oʻtdihttp://www.uefa.com/womenschampionsleague/season=2016/matches/round=2000674/match=2018382/postmatch/report/.

2021-yil aprel oyida Kumagai 8 mavsumdan soʻng Lionni tark etishini eʼlon qildi. Keyingi oy, 2021-yil 12-may kuni Kumagai Nemis Bundesligaga qaytadi, Bavariya uni mavsumdagi ilk transferi deb eʼlon qildi va Kumagai faoliyatini myunxenliklar safida davom ettirdihttps://fcbayern.com/de/news/2021/05/fcb-frauen-verpflichten-saki-kumagai-von-olympique-lyon?shortURL=ServusSaki.

thumb|280px|Kumagai 2011-yilgi jahon chempionatida Yaponiya tarkibida

Terma jamoadagi karyera

2008-yil 7-mart kuni Kumagai 17 yoshda boʻlganida Yaponiya terma jamoasi tarjibida Kanada terma jamoasiga qarshi terma jamoadagi debyut uchrashuvini oʻtkazdihttp://www.jfa.or.jp/archive/women/daihyo/data/WGame.pdf. Avgust oyida Kumagai 2008-yilgi 20-yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi jahon chempionati uchun Yaponiyaning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasidan chaqiruv oldi. 2010-yilda u U-20 Yaponiya terma jamoasida 2010-yilda boʻlib oʻtgan U-20 Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida sardor sifatida oʻynagan. 2011-yilda u Yaponiyaning Jahon kubogi gʻolibi jamoasi tarkibida boʻlib, finalda AQShga qarshi oʻyinda gʻalaba keltirgan penaltini amalga oshirdihttp://www.jfa.or.jp/archive/women/daihyo/data/WGame.pdf. U 2012-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari va 2015-yilgi Jahon Chempionatlari uchun ham jamoada edi. Yaponiya ikkala musobaqada ham ikkinchi oʻrinni egalladi. 2017-yilning yanvarida menejer Asako Takakura uni Yaponiya terma jamoasi sardori etib tayinladi. 2018-yilda Yaponiya OFK Osiyo Kubogida gʻolib chiqdi. U Yaponiya terma jamoasi safida 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. 2019-yil 10-noyabr kuni Kumagai Yaponiya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida Janubiy Afrikaga qarshi oʻyinda (2:0) oʻzining oʻrtoqlik oʻyinlaridagi ilk golini kiritdihttps://us.soccerway.com/matches/2019/11/10/world/friendly-women/japan/south-africa/3176320/?ICID=PL_MS_76.

thumb|280px|Saki Kumagai Lion tarkibida 2019-yil.

Karyera statistikasi

Klubdagi statistika +Saki Kumagaining klubdagi statistikasi MavsumKlubLigaKubokQitʼaUmumiy Division A G A GCA GA G2009Urawa RedsNadeshiko League21241--2532010Urawa RedsNadeshiko League1864+22+0--2482011Urawa RedsNadeshiko League5000--50Umumiy 44 8 10 3 --54 112011–12FFC FrankfurtFrauen-Bundesliga20230UWCL803122012–13FFC FrankfurtFrauen-Bundesliga18010--190Umumiy38240 - 8 0 50 22013–14Olympique LyonnaisDivision 119353UWCL412872014–15Olympique LyonnaisDivision 122260UWCL403222015–16Olympique LyonnaisDivision 120551UWCL913472016–17Olympique LyonnaisDivision 119622UWCL9330112017–18Olympique LyonnaisDivision 121540UWCL713262018–19Olympique LyonnaisDivision 120250UWCL903422019–20Olympique LyonnaisDivision 11425+10+0UWCL612632020–21Olympique LyonnaisDivision 117410UWCL61245Umumiy152 29 346 -54 8 240 432021–22FC Bayern MunichFrauen-Bundesliga4110UWCL- -51Umumiy4110---51Karyerada umumiy 238 40 499- 62834957

List of match in 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2018, 2019 at Japan Football Association Yaponiya terma jamoasiYilOʻyinGol200820200900201015020111602012160201390201450201511020167020179020181002019101202020202160Umumiy1181

Xalqaro maydonda urgan gollari No. Date Venue Opponent Score Result Competition 1. 10-Noyabr 2019-yil Kitakyushu Stadium, Kitakyushu, Yaponiya 1–0 2–0 Oʻrtoqlik 2. 24-Yanvar 2022-yil Shree Shiv Chhatrapati Sports Complex, Pune, Hindiston 2–0 3–0 2022 AFC Ayollar o'rtasida Osiyo kubogi

Yutuqlar

Klub Urawa Reds Nadeshiko League: 2009

Lyon Division 1 Féminine: 2013–14, 2014–15, 2015–16, 2016–17, 2017–18, 2018–19, 2019–20 Coupe de France: 2013–14, 2014–15, 2015–16, 2016–17, 2018–19, 2019–20 UEFA Ayollar oʻrtasida chempionlar ligasi: 2015–16, 2016–17, 2017–18, 2018–19, 2019–20 Chempionlar kubogi:2019

International Yaponiya AFC Ayollar o'rtasida Osiyo kubogi Chempion: 2018 Futbol boʻyicha yozgi olimpiada oʻyinlari Kumush medal: Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasida 2012-yilgi yozgi olimpiada oʻyinlari FIFA Ayollar o'rtasida jahon chempionati Chempion: 2011 FIFA Ayollar oʻrtasida jahon chempionati 2-oʻrin: 2015 FIFA Ayollar oʻrtasida jahon chempionati Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasida Osiyo oʻyinlari Oltin medal: Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasida 2010-yilgi Osiyo oʻyinlari Futbol boʻyicha ayollar oʻrtasida Sharqiy Osiyo chempionati Chempion: 2010 EAFF Ayollar oʻrtasida futbol chempionati AFC U-19 Ayollar o'rtasida chempionat Chempion: 2009 AFC U-19 Ayollar oʻrtasida chempionat

Shaxsiy Osiyoda yilning eng yaxshi ayol futbolchisi 2019-yil 2018-yilgi dunyo boʻyicha eng yaxshi ayollar ramziy terma jamoasiga kiritilgan 2020-yil 2011—2020-yil davomida Dekadaning dunyodagi eng yaxshi ayollar terma jamoasiga kiritilgan 2011—2020-yil davomida Dekadaning Osiyodagi eng yaxshi ayollar terma jamoasiga kiritilgan<

Manbalar

Havolalar Japan Football Association