thumb|Feminizm ramzi Feminizm (-ayol) – jamiyatning barcha sohalarida ayollar huquqlari harakatini tushuntiruvchi atama boʻlib, uning maqsadi ayollarga nisbatan kamsitishni bartaraf etishdir. Ushbu harakat XVIII asrda klassik liberalizm toʻlqinida paydo boʻlgan, ammo 1960-yillarning oxiridan boshlab faollashgan. Nazariy asoslarga asoslanib, erkaklar statusiga teng boʻlmagan ayollarning quyi va ijtimoiy mavqeini va ayollarning ozodlik gʻoyasini, qoʻllab-quvvatlaydiganlarga Feministlar deyiladi. Ular mavjud ijtimoiy munosabatlarni tanqid qilib, gender tengsizligini tahlil qilish orqali ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga urgʻu beradi.
Feminizm paydo boʻlishidan oldingi davr thumb|Joshua Reynolds. Yosh ayolning portreti, tax.1760—1765-yillar. Sanʼat tarixi muzeyi, Vena Burjua munosabatlarining paydo boʻlishi oqibatida feodal jamiyatning qulashi paytida feministik gʻoyalarning tarqalishi uchun shart-sharoitlar paydo boʻldi va ayollarni ish bilan taʼminlash, ularni ish egalariga aylantirish davri boshlandi. Italiyalik Izotta Nogarolla, Laura Chereta, Kristina Piza yozuvchilarning paydo boʻlishini feministik gʻoyalarning tarqalishi bilan bogʻlaydigan nuqtai nazar mavjud. Shuningdek bu nazariya, Angliyada ayollar huquqlarining birinchi himoyachilari deb ataladigan Afra Benn va Meri Estelning faoliyatini ham oʻz ichiga oladi. Ular ayolni erkak kabi erkin va toʻlaqonli deb hisoblash huquqini himoya qildilar. Shuningdek, fransuz yozuvchisi Fransua Pullen de La Barr oʻzining „Ikkala jinsning tengligi toʻgʻrisida“ (de l'égalité des deux sexes, discours physique et moral où l’on voit l’importance de se défaire des préjugez, 1673) nomli maqolasida ayollarning tengsizligi „tabiat qoidalari“ emas, bu ularning qoʻpol erkak kuchlariga boʻysunishining natijasi haqida yozgan<ref name=":03" .
Feminizmning paydo boʻlishi XVIII asrning boshi – gender tengligi gʻoyasidan voz kechish davri; bu davrda ayniqsa ayollarning „zaifligi“ („zaif jins“) ni kultivatsiya qilish gʻoyasi mashhur boʻldi. Ammo XVIII asrning oʻrtalariga kelib, fransuz maʼrifatchilari feministik gʻoyalarni qayta tiklashga hissa qoʻshdilar: Volter ayol ulushlarining adolatsizligi haqida yozgan; Montesquieu ayollar jamoat hayotida ishtirok etishi kerak degan; Helvetius fuqarolik „ayollarning uquvsizligi uning nuqsonli va notoʻgʻri tarbiyalanganining natijasidir“, deb taʼkidladi.
XVIII asr davomida Yevropa mamlakatlarining ayollari jamiyatda faol ishtirok eta boshladilar. Koʻp sonli ayollar iqtisodiy mustaqillikka ega boʻlishdi; jamiyat xonimlari siyosatga aralashishga harakat qilishdi. Ayollar hayotidagi fuqarolik huquqlarini tan olinishini soʻrashdi: taʼlim, mehnat, oila va jamiyatdagi hurmat.
AQShda birinchi amerikalik feminist Abigail Smith Adams hisoblanadi. U mashhur iboralari orqali tarixga kiritildi:". Ayollar vatanparvarlik jamiyati tashkil etilganida 1812- yil Rossiyada feminizmning rivojlanishi boshlandi. Birozdan keyin uning ishtirokchilarini „dekabristlarning xotinlari“ deb atashdi. Keyinchalik faol rus ayollari xayriya va taʼlim xarakteridagi bir qator jamoat tashkilotlarini tuzdilar.
Feminizmning „birinchi toʻlqini“
XIX asrning ikkinchi choragida turli mamlakatlardagi feministlarning talablari yagona ijtimoiy kompaniya va aktsiyalarga aylandi. Dastlab, ayollarning oliy maʼlumotga ega boʻlishi, undan keyin qonunchilik islohotlari va ayollarning ovoz berish huquqlari qonunchilik islohotlarini taʼminlash vositasi sifatida ustuvor masala boʻldi.
1848-yil AQShda, Seneka Falls shahrida (Nyu-York) Qullikka qarshi harakat ishtirokchilari (68 ayol va 32 erkak) ayollarning pozitsiyalari va qarorlari deklaratsiyasini imzoladilar. Deklaratsiya Amerika va jahon feminizmi tarixida burilish nuqtasi boʻldi.
Sufrajizm
XIX asrning oʻrtalaridan boshlab, oʻqimishli ayollar siyosiy tenglikni talab qilib, ijtimoiy hayotda faol ishtirok eta boshladilar. Angliya kurashning asosiy markazi edi, shuning uchun u ingliz tilidagi „suffragizm“ atamasidan oʻz nomini oldi, bu saylov huquqini anglatib, feminizmda siyosiy yoʻnalish tarixiga kirdi.
1867-yil Manchesterda „Ayollar saylov huquqi jamiyati“ tashkil etildi va uning aʼzolari „ayol sufragistlar jurnali“ni nashr etishni boshladilar. 1868-yilda bu jamiyat yil davomida 5000 dan ortiq aʼzolarni birlashtirgan Suffragistlar jamiyatlari milliy federatsiyasiga (NFSO) aylantirildi. NFSO Uels, Irlandiya va Shotlandiyada suffragizm gʻoyalarini tarqatishga harakat qildi.
1893-yil Yangi Zelandiyada ayollar faol saylov huquqiga ega boʻlishdi (saylanishidan mustasno), 1902-yil Avstraliyada esa ayollar ham aktiv ham passiv saylov huquqlariga ega boʻlishdi.
Biroq, Angliyada nafaqat mahalliy, balki parlament saylovlarida ham ayollarning ishtirok etish huquqi toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilish kechiktirildi. Ingliz ayollari 1918-yilda cheklangan (faqat turmush qurgan ayollar uchun) va 1928-yilda toʻliq ovoz berish huquqiga ega boʻlishdi.
XX asrning 20-yillarida feminizmning birinchi toʻlqini Yevropa va AQShda saylov huquqi bilan bir qatorda, ayollarga universitetlarda oʻqish va uydan tashqarida ishlashga ruxsat beruvchi qonunlarni qabul qilib oʻz vazifalarini toʻlaqonli bajarilgan deb hisobladi va ayol tashkilotlari faoliyati sezilarli darajada pasaydi.
Feminizmning „ikkinchi toʻlqini“
thumb|318x318px|Simone De Beauvoir Garchi Simone De Beauvoir oʻzini feminist deb hioblamasada feminizmning „ikkinchi toʻlqini“ asoschisi edi. Ammo aynan u jinsiy mehnat taqsimotining tabiiyligi haqidagi aqidani sochdi, u „madaniy“ (erkak) bilan „tabiiy“ (ayol) ni oʻzaro bogʻliqligini yaratgan.
XX asrning 60-yillari boshlarida ayollikning ijtimoiy oʻz-oʻzini anglash tushunchasining uygʻonishi feminizmning „ikkinchi toʻlqini“ paydo boʻlishiga olib keldi.
Feminizm quyidagi omillar bilan ajralib turadi:
geografiya-Amerika, Yevropa, postsovet va post-sotsialistik etnik – „oq“, „qora“ va „rangli“feminizm diniy – xristian, Islomni shakllantirish harakatlar usullari va yoʻnalishi boʻyicha-ekofeminizm, patsifist, separatist mafkuraga koʻra-Liberal, sotsialistik va marksistik, radikal falsafa va psixologiya sohalariga mansubligi boʻyicha-modernist, ijtimoiy qurilish kontseptsiyasiga asoslangan; postmodernizm, psixoanalitik
Liberal feminizm left|thumb|263x263px|Betty Friedan Liberal feminizmning tugʻilishi kelib chiqishi amerikalik yahudiy boʻlgan – Betty Friedanning Ayollik tasavvufi (1963) kitobi bilan bogʻliqdir. Koʻp oʻtmay. AQShda Ikkala jins ham oʻz-oʻzini anglashda teng imkoniyatlar yaratilishi uchun kurashni eʼlon qilgan, 300 mingdan ortiq aʼzolarni birlashtirgan Ayollar milliy tashkiloti paydo boʻldi. Yangi tashkilot oʻzining asosiy vazifasi sifatida iqtisodiy faoliyatning barcha sohalarida gender kamsitilishini qonuniy taqiqlashni qabul qilishni koʻrib chiqdi.
AQSh gender siyosatini isloh qilish urushdan keyingi Amerikadagi ayollar huquqlari holatini oʻrganish uchun ayollar statusi boʻyicha komissiya tuzgan Prezident J.Kennedi tomonidan 1961- yilda boshlangan.Garvardda 1970-yil gumanitar va tabiiy fakultetlarning 483 oʻqituvchisi orasida bitta ham ayol yoʻq edi. 1960-yillarning oxirlari AQShning nufuzli universitetlarida, oliy tibbiyot va biznes maktablarida ayol talabalar 5-8 % ni tashkil etardi.
Radikal feminizm Radikal feminizm XX asrda shakllangan va hozir feminizmdagi eng yorqin yoʻnalishni anglatadi. Radikal feministlar uchun birinchi navbatda davlat – ayollarning seksualliligini nazorat qilish vositasi, erkaklar – ayollarning seksualligini ularning ehtiyojlari va istaklariga doimiy ravishda xizmat qilishga majburlaydigan ijtimoiy guruhdir. Radikal feminizm ayol tanasi va seksualligi patriarxiyada ishlatilganligini koʻrsatib, ilgari taqiqlangan mavzularda – jinsiy zoʻravonlik va uy ichidagi zoʻravonlik haqidagi mavzularni omma ichidagi muhokamalarga olib kirdi.
Feminizmning „uchinchi toʻlqini“
Feminizmning „uchinchi toʻlqini“ning koʻtarilishi XX asr 90-yillar boshlarida AQShda boshlangan. Uchinchi toʻlqin feminizmi, ikkinchi toʻlqinning ayollik va ayol tajribasini aniqlashda essentializmdan foydalanishni, oʻrta sinf oq ayollarning tajribasiga haddan tashqari koʻp eʼtibor berish mohiyatini tanqid qiladi. Ushbu toʻlqinning feministlari mikropolitikaga katta eʼtibor berishadi va asosan post-tuzilmaviy gender va seksuallik tushunchalariga tayanadilar.
Feminizmning „toʻrtinchi toʻlqini“ Feminizmning toʻrtinchi toʻlqini – feministik harakatning soʻnggi rivojlanishidir. Jennifer Baumgardner toʻrtinchi toʻlqin feminizmini 2008-yilda boshlangan va bugungi kunga qadar davom etayapti, deb hisoblagan. „All the Rebel Women: The Rise of the Fourth Wave of Feminism (Barcha isyonkor ayollar: Feminizmning toʻrtinchi toʻlqinining yuksalishi)“ kitobi muallifi Kira Cochrane toʻrtinchi toʻlqin feminizmini texnologiya orqali bogʻlangan harakat sifatida taʼriflaydi. Tadqiqotchi Diana Diamond toʻrtinchi toʻlqin feminizmini „oʻzgarishlarning umumiy koʻrinishida siyosat, psixologiya va maʼnaviyatni birlashtirgan“ harakat sifatida tasvirlagan.
2005-yilda Pythia Peay ilk bor feminizmning toʻrtinchi toʻlqini mavjudligini taʼkidlab, adolat va diniy maʼnaviyatni birlashtirish gʻoyasini ilgari surdi. Jennifer Baumgardnerning 2011-yilda aytgan fikriga koʻra, ijtimoiy tarmoqlar kabi onlayn manbalarni oʻz ichiga olgan toʻrtinchi toʻlqin 2008-yilda boshlangan boʻlishi mumkin. Bu toʻlqin qisman „Qizlarimizni ishga olib borish kuni“ tashabbusi taʼsirida vujudga kelgan. Toʻrtinchi toʻlqin oʻz navbatida quyidagi yoʻnalishlarni ilhomlantirgan yoki ular bilan bogʻliq boʻlgan: bolalar xizmatlari uchun Doula loyihasi; abortdan keyingi yordam; reproduktiv adolatga intilish; plus-size (katta oʻlchamli) ayollar modasini qoʻllab-quvvatlash; transgender huquqlarini himoya qilish; erkaklar feminizmi; jinsiy mehnatni tan olish; hamda Feministing, Racialicious kabi yangi ommaviy axborot vositalari, bloglar va Twitter kampaniyalarining rivojlanishiBaumgardner, Jennifer, F’em!, op. cit., pp. 250–251..
Turli mamlakatlarda feminizmning rivojlanishi
Fransiya
XVIII asr Fransuz inqilobining "égalité" (tenglik) gʻoyasi fransuz ayollari duch kelgan tengsizliklarga ham eʼtibor qaratdi. Yozuvchi Olympe de Gouges 1791-yilgi Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasini Ayol va ayol fuqaro huquqlari deklaratsiyasiga oʻzgartirib, unda qonun oldida javobgar boʻlgan ayollar aslida qonun oldida teng huquqqa ega boʻlishi kerakligini taʼkidlagan. U, shuningdek, nikohni teng huquqli shaxslar oʻrtasidagi ijtimoiy shartnoma sifatida talqin qildi, hamda ayollarning faqat goʻzallik va jozibadorlikka tayanishini qullikning bir koʻrinishi sifatida qoralagan, ch. 2.. Ikki yil oʻtgach, u gilotina bilan qatl qilindi.
Germaniya
thumb|220px|Alice Schwarzer, 2009-yil Germaniyadagi zamonaviy feminizm Wilhelmine davrida (1888-1918 yillar) boshlangan boʻlib, bu paytda feministlar universitetlardan tortib hukumatgacha boʻlgan turli anʼanaviy muassasalarda ayollar uchun oʻz eshiklarini ochishi borasida tashviqot oʻtkazganlar. Birlashgan nemis ayollar harakati koʻpincha yozuvchi va feminist Louise Otto-Peters (1819-1895) nomi bilan bogʻlanadi. Bu harakat 1919-yilda ayollar saylov huquqining qoʻlga kiritilishi bilan oʻzining eng yuqori darajasiga yetgan. Keyingi davr feministlari jamoat va oila hayotida huquqiy va ijtimoiy tenglikni talab qilishni davom ettirganlar. Alice Schwarzer hozirgi kunda eng taniqli nemis feministi hisoblanadi.
Eron