Shoinoyat Raximovich Shoabduraximov (1929-yil, sentyabr, Toshkent, OʻzSSR, SSSR — 2021-yil 29-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston) — sovet va oʻzbek xoʻjalik va davlat arbobi, 1976-1989-yillarda, 1992-1996-yillarda Toshkent metropoliteni boshligʻi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan transport xodimi.
Oʻrta Osiyo temir yoʻlining Toshkent boʻlimi boshligʻi, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisining oʻrinbosari.
Tarjimai hol 1929-yil SSSR tarkibida Oʻzbekiston SSRning Toshkent shahrida dunyoga keladi.
1954-yilda Toshkent temir yoʻl muhandislari institutini tugatgan, shundan keyin Oʻrta Osiyo temir yoʻlining Toshkent boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan, Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi raisining oʻrinbosari etib saylangan.
1976-yilda Toshkent metropoliteni birinchi boshligʻi boʻldi, bu lavozimda 30 yildan sal kam ishlagan (1976-1989 va 1992—1996-yillargacha).
Shoabdurahimov Shoinoyat 2021-yil 29-yanvarda Toshkent shahrida vafot etgan.
Mukofotlari
Oʻzbekiston mukofotlari
“Doʻstlik” ordeni; “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan transport xodimi” faxriy unvoni;
SSSR mukofotlari
2 ta Mehnat Qizil Bayrogʻi ordeni; Xalqlar doʻstligi ordeni; “Shon-sharaf belgisi” ordeni; “OʻzSSRda xizmat koʻrsatgan temir yoʻl xodimi” koʻkrak nishoni; “OʻzSSR xalq ta’limi a’lochisi” koʻkrak nishoni; “OʻzSSR yoʻlovchi transporti faxriy xodimi” koʻkrak nishoni.
Manbalar
Turkum:1929-yilda tugʻilganlar Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Doʻstlik ordeni sohiblari Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:Kishilar Turkum:2021-yilda vafot etganlar Turkum:29-yanvarda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Toshkent davlat transport universiteti bitiruvchilari