Diyorbek Baxtiyor oʻgʻli Oʻrozboyev (tugʻ. 1993-yil 17-avgust, Shovot tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik dzudochi, 60 kg gacha vazn toifasida, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari bronza medali sovrindori, Osiyo chempionati kumush medali sovrindori, Yozgi Osiyo oʻyinlari chempioni.
Faoliyati 2011-yilda 20 yoshgacha (U20) va Yevropa kubogi (U20) ishtirokchilari oʻrtasida oʻtkazilgan „Masters Bremen“ turnirida uchinchi oʻrinni egalladi va shu yosh toifasida Bayrutda (Livan) oʻtkazilgan Osiyo chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 2012-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi kubogida ikkinchi, 20 yoshgacha boʻlgan oʻrtasidagi Osiyo chempionatida uchinchi, Abu-Dabi (BAA) Gran-prisi va Tokiodagi (Yaponiya) „Katta dubulgʻa“ turnirlarida beshinchi oʻrinni egalladi. 2013-yilda u 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa kubogida uchinchi, shu yosh toifasida Jahon chempionati kumush medali sovrindori boʻlgan. 2014-yilda u Toshkent Gran-prisida ikkinchi, Bokudagi (Ozarbayjon) „Katta dubulgʻa“ turkumiga kiruvchi turnirda esa yettinchi oʻrinni egalladihttps://www.judoinside.com/judoka/75296.
2015-yilda Varshavada (Polsha) boʻlib oʻtgan Yevropa ochiq kubogida ikkinchi, Tbilisida (Gruziya) Gran-prisida uchinchi, Toshkent Gran-prisi, Abu-Dabidagi „Katta dubulgʻa“ turnirida, Samsun Gran-prisida beshinchi, Rabotdagi „ World Masters“ turnirida uchinchi oʻrinni egalladi. Jahon chempionatida ettinchi boʻldi. 2016-yilda u Tbilisi Gran-prisida gʻolib chiqdi, Samsun Gran-prisida uchinchi, Olmaotada (Qozog'iston) Gran-prisida, Bokuda „Katta dubulgʻa“ turnirida va Gvadalaharada boʻlib oʻtgan „World Masters“ turnirida ettinchi oʻrinni egalladi. Oʻsha yili u Osiyo chempionati kumush medali qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldihttps://www.ijf.org/judoka/9118.
U 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 60 kg gacha boʻlgan vazn toifasida 35 dzyudochi ishtirok etgan. Sportchilar 4 guruhga boʻlingan boʻlib, chorak final natijalariga koʻra toʻrt nafar dzyudochi yarim finalga yoʻl oldi. Chorak finalda magʻlub boʻlganlar „tasalli“ bahslarida, keyin esa yarim finalda magʻlub boʻlganlar bilan toʻqnash kelishdi va shu natijalarga koʻra bronza medal sohiblari aniqlandi. Oʻrozboyev chorak finalda Yeldos Smetovga yutqazib qoʻydi, keyin javob oʻyinida va uchinchi oʻrin uchun Amiran Papinashvili bilan oʻtkazilgan bahsda gʻalaba qozonib, Olimpiya oʻyinlarining bronza medalini qoʻlga kiritdihttps://www.olympedia.org/athletes/136418. Bosqich Raqib Harakatlar Natija Raqib Harakatlar 1/32Diyorbek Oʻrozboyev Ude Hisigi Juji Gatame (1:22) – ippon 100-0Joshua Katz — 1/16Diyorbek Oʻrozboyev Kosote Gake (1:55) – yukoTutib olishdan qochish (2:26) – ShidoSode Tsurikomi Goshi (2:47) – vaza-ariSoxta hujum (4:50) – ShidoPassivlik (4:57) — Shido 011s3—0s2Ludovic Chammartin Tatamidan tashqariga chiqish (0:26) – shidoPassivlik (1:14) — Shido 1/4Yeldos Smetov Passivlik (2:17) – ShidoIppon seoinage (0:47 GS) – yuko 001s1-0s1Diyorbek Oʻrozboyev Passivlik (2:17) – Shido tasalli uchrashuviDiyorbek Oʻrozboyev Tutib olishdan qochish (1:49) – ShidoSeoinage (4:31) – ippon 100s1-0s2Felipe Kitadai Passivlik (0:56) – ShidoTutib olishdan qochish (1:49) – Shido 3-oʻrinDiyorbek Oʻrozboyev Yoko Gake – yuko (0:31)Soxta hujum (2:56) – ShidoSoxta hujum (4:01) – Shido 1s2-0s1Amiran Papinashvili Passivlik (1:03) – ShidoYengning uchida noqonuniy ushlash (3:41) – shido 2021-yilda dzyudochi Diyorbek Oʻrozboyevdan olingan doping-sinamada taqiqlangan modda aniqlangan. Sportchi 3 yil muddatga diskvalifikatsiya qilinib, xalqaro va milliy toifadagi musobaqalarda ishtirok etish huquqidan mahrum etildihttps://www.gazeta.uz/oz/2021/10/21/urozboev/.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak dzyudochilar Turkum:Oʻzbekistonning Olimpiada oʻyinlarida bronza medali olgan sportchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar