Xurshid Davron (asl ismi: Davronov Xurshid, 1952-yil 20-yanvarda Samarqand shahri yaqinidagi Chordara qishlogʻida tugʻilgan) — oʻzbek shoiri, dramaturgi, tarixchisi, yozuvchisi va tarjimoni. Oʻzbekiston xalq shoiri (1999). Adabiyot sohasida beriladigan Mahmud Koshgʻariy nomidagi Xalqaro mukofot (1989), Xalqaro „Oltin qalam“ mukofoti (2009), Ozarbayjonning „Mikoyil Mushfiq“ mukofoti (2013), Turkiyaning Niyoziy va nomidagi mukofot (2022) bilan taqdirlangan. Oʻzbekiston Respublikası Oliy Majlisining deputati (2000). „Doʻstlik“ ordeni (1997) bilan mukofotlangan. Xurshid Davronning ilk sheʼriy toʻplami ("Sheʼrlarim") nomi bilan 1976-yilda chop etilgan, birinchi kitobi("Qadrdon quyosh") 1979-yilda bosib chiqarilgan. Shundan soʻng shoirning "Shahardagi olma daraxti" (1979), "Tungi bogʻlar" (1981), "Uchib boraman qushlar bilan" (1983), "Toʻmarisning koʻzlari" (1984), "Bolalikning ovozi" (1986), "Qaqnus" (1987), "Bahordan bir kun oldin" (1989), "Bibihonim" singari kitoblari dunyoga keldi.

Hayoti va ijodiy faoliyati

Samarqand tumanidagi 2-sakkiz yillik, 1-oʻrta maktabda tahsil olgan (1959-1969) 1971-73 yilllarda harbiy xizmatni GDRda Sovet armiyasi guruhi tarkibida o'tkazdi.1977-yilda Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.1971-1973 yillarda harbiy xizmatni oʻtagan. Uzoq yillar (1974-1989) nashriyot sohasida, Maʼnaviyat va maʼrifat markazida faoliyat yuritgan. 1996-2014 yillar Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi OʻzTV Bosh muharriri, „Toshkent“, „Yoshlar“, „Oʻzbekiston“ telekanallari direktori vazifasida ishladi.

Dastlabki sheʼrlar toʻplami — „Qadrdon quyosh“ (1979). „Shahardagi olma daraxti“ (1979), „Tungi bogʻlar“ (1981), „Uchib boraman qushlar bilan“ (1983) „Toʻmarisning koʻzlari“ (1984), „Bolalikning ovozi“ (1986), „Qaqnus“ (1987) va „Bahordan bir kun oldin“ (1997) kabi sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Sheʼrlarida voqelikka yangicha nigoh bilan qarovchi, tabiat, jamiyat va kishilar hayotida yuz berayotgan oʻzgarishlarni sinchkovlik bilan kuzatuvchi, ayni paytda bokira yoshlikka xos hayrat hissini saqlab qolgan zukko shoir sifatida gavdalanadi. X.Davron soʻzga, ifoda vositalari va sheʼriy shakllarga yuksak mezonlar asosida yondashadi.

Xurshid Davron 90-yillarda sheʼriyatdan koʻra nasriy janrlarda samarali ijod qildi. U oʻtmishda yashagan unutilmas tarixiy siymolar hayoti va faoliyati bilan qiziqib, ular haqidagi moʻtabar qoʻlyozma manbalar bilan tanishdi. Bu qiziqish natijasida 'Samarqand xayoli' (1989), 'Sohibqiron nabirasi' (1995), 'Shahidlar shohi yoxud Shayx Kubro tushlari' (1998,2008), 'Bibixonim qissasiʼ (2006), kabi tarixiy-maʼrifiy qissa va 'Algʻul' (1995), 'Boburshoh sogʻinchi' (1996) pyesalarini yaratdi. Xurshid Davron bu asarlari bilan 90-yillarda Oʻzbekistonda tarixiy oʻtmishga boʻlgan munosabatning yana ham qizgʻin tus olishiga munosib hissa qoʻshdi.

Adib ayni paytda Samarqandda boʻlib oʻtgan Amir Temurning 660, Ulugʻbekning 600-yilligiga, Parijda YUNESKO qarorgohida, „Odeon“ teatrida namoyish etilgan Buxoro va Xivaning 2500 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan teatrlashtirilgan tomoshalar va 21 qismli „Temurnoma“, 2 qismli „Buxoroyi Sharif“ videofilmlari ssenariylari muallifi. Sharq va Gʻarb shoirlarining asarlaridan iborat „Qirq oshiq daftari“ (1989) va yapon shoirlarining sheʼrlaridan tarkib topgan „Dengiz yaproqlari“ (1988) toʻplamlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Xurshid Davron sheʼrlari 40 dan ortiq xorijiy tillarga tarjima qilingan. Uning kitoblari va sheʼrlari Ozarbayjon, Polsha, Xitoy, Bolgariya, Rossiya, Turkiya, Eron, Fransiya, Ispaniya, AQSh, Yaponiya, Moʻgʻuliston, Hindiston, Germaniya, Latviya, Litva, Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va boshqa davlatlarda nashr etilgan. Rus tilida 2 kitobi („Drevniy napev molodogo dojdya“. Moskva., Molodaya gvardiya, 1982 va „Polet odinokoy ptitsi“. Toshkent., 1989) nashr etilgan. Xurshid Davron 1993-yilda Turkiyaning Bursa shahrida boʻlib oʻtgan Birinchi Turkiy shoirlar anjumanida, 1996-yilda Vashingtonda boʻlib oʻtgan Osiyo adiblari kongressida, Rossiya, Polsha, Bolgariya, Janubiy Koreyada oʻtkazilgan poeziya festivallarida ishtirok etgan.

Bibliografiya

Chop etilgan kitoblari:

Qadrdon quyosh. Sheʼrlar. T., 1979 Shahardagi olma daraxti. Sheʼrlar. T., 1979 Tungi bogʻlar. Sheʼrlar. T., 1981 „Drevniy napev molodogo dojdya“. Moskva., Molodaya gvardiya, 1982 Uchib boraman qushlar bilan. Sheʼrlar. T., 1983 Toʻmarisning koʻzlari. Sheʼrlar va doston. T., 1984 Bolalikning ovozi. Sheʼrlar. T., 1986 Qaqnus. Sheʼrlar va doston. T., 1987 Polet odinokoy ptitsi. Sbornik stixov na russkom yazike. T., 1989 Samarqand xayoli. Maʼrifiy maqolalar, esselar va tarixiy qissalar. T., 1991 Sohibqiron nabirasi. Tarixiy hikoylar va qissalar. T,1995 Shahidlar shohi-Shayx Kubro tushlari. Tarixiy-maʼrifiy qissa. T., 1998 Bahordan bir kun oldin. Sheʼrlar va tarjimalar. T., 1997 Bibixonim qissasi. Tarixiy hikoyalar va qissalar. T.,2007 Shayx Kubro tushlari. Tarixiy-maʼrifiy qissa, ikkinchi nasr. T., 2008 Samarqand xayoli. Tarixiy hikoyalar va qissalar. T. 2022 Navoiy armoni. Hikoyalar va esselar. T. 2022 Bibixonim qissasi. Ikki qissa. T. 2025 Tanlangan asarlar. She'rlar, dostonlar, qissa va hikoyalar. T. 2025

Televizion, radio va drama asarlari Temurnoma. 21 qismmli televizion serial (1996). İpak Yoʻlu. Musiqiy-xoreografik badiiy kompozitsiya. „Odeon“ teatri, Parij, Fransiya (1997) Buxoroyi Sharif. 2 qismli musiqiy film-opera (1997). Jaloliddin Xorazmshoh.(Nomıq Kamol asari asosida) 5 qismmli televizion film.(1998) Ming bir rivoyat. Televizion loyiha. (1995-2013) Mirzo Ulugʻbek. Radyop’esa. (2008) Boburshoh yoxud Sogʻinch. Radyop’esa. (2005) Algʻul (Mirzo Ulugʻbek). 2 qismli televizyon spektakl. (2009) Algʻul (Mirzo Ulugʻbek). „Sharq yulduzi“ jurnali,2012 yil,1-son

Tarjimalari

Oyar Vatsietis. Yomgʻir yogʻaloq. Bolalar uchun sheʼrlar. Toshkent, „Yosh gvardiya“. 1976 Anna Axmatova. Marsiya. Doston. „Saodat“ jurnali, 1976 Qadim yapon sheʼriyatidan.,"Yoshlik" almanaxi,1984 Nikolay Zabolotskiy. Turnalar. Sheʼrlar. Toshkent. 1985 Selma Lagerlef. Nil`sning yovvoyi gʻozlar bilan gʻaroyib sayohati. Toshkent. 1986 Maris Chaklays. Otoʻyin. Toshkent. 1986 Dengiz yaproqlari. Yapon sheʼriyati antologiyasi. Toshkent. 1988 Asr ovozi. XX asr jahon sheʼriyatidan. Yannis Ritsos. Toshkent. 1988 Qirq oshiq daftari. Toshkent. 1989 Nomıq Kamol. Jaloliddin Xorazmshoh. Fojia(Qoʻlyozma, nashr etilmagan), 1991 Edigey. Tatar xalq dostoni.,"Jahon adabiyoti",2012 yil,11-son Eski yapon sheʼriyatidan.,"Jahon adabiyoti",2013 yil,10-son

Audio va video materiallar Xurshid Davronning „Boburshoh“ p’esasi videosi Sheʼrlardan namunalar. Audio Algʻul yoxud Mirzo Ulugʻbek — Radiop’yesa. Audio

Xurshid Davron haqida Asqarali Sharopov. Ruhiy eʼtiyoj va mas’uliyat hissi. T.,1983 Ahmad Aʼzam..Navqiron yomgʻir. T.,1987 Bahodir Sodiqov. Tushlarga sigʻmagan Vatan. T.,1989 Fatma AÇIK — Hurşid Devranʼın „Emir Timur’un Oğlunun Ölümü Hakkında Rivayat“ Adlı Hikâyesinin Üslup Açısından İncelenmesi. A.,2011 Xurshid Davronga bagʻishlangan maqola (uygʻur tilida) („Aqsu adibiyati — Aksu Literature“ jurnali,2013, 4-son) . Abdulla Ulugʻov. Vatanga muhabbatdan paydo… Qozoqboy Yoʻldosh,Muhayyo Ismoilova. Erk va gʻurur kuychisi. Baxtiyor Nazarov. Yuragimning derazalari. Xurshid Doʻstmuhammad. „Toʻgʻrilik toʻnini kiygil…“ Eshqobil Shukur. Sheʼrda ustoz vijdondir faqat… Eshqobil Shukur. Lahzaga qoʻyilgan haykal. Esse Sadullo Quronov. Hozirgi sheʼriyatning tasvir imkoniyatlari haqida. Nodir Jonuzoq. Mitti giyoh moʻjizasi.

Manbalar

Samarqand xayoli, T., 1991; Bahordan bir kun oldin [sheʼrlar, rivoyatlar, tarjimalar], T., 1997; Shahidlar shohi (Shayx Kubro tushlari), T., 1998.

Havolalar Adibning shaxsiy web-sahfasi (oʻzbek va rus tillarida) Xurshid Davron asarlari GreyLib kutubxonasida peoples.ru sahifasida Xurshid Davron Xurshid Davron Facebookda Xurshid Davron Twitterda Xurshid Davron asarlari Yandex — videoda Xurshid Davron Biografisi youtubeda Xurshid Davron asarlari bolgar tilida Xurshid Davron sheʼrlari tojik tilida Xurshid Davron sheʼrlari uygur tilida

Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Oʻzbekiston xalq shoirlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasi aʼzolari Turkum:Oʻzbekistonlik tarjimonlar Turkum:Oʻzbekiston dramaturglari Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar