Amanda Ilestedt (1993-yil 17-yanvarda tugʻilgan) – shvetsiyalik professional futbolchi, 1-divizion ayollar klubi Parij Sen-Jermen va Shvetsiya terma jamoasi himoyachisi .

Klubdagi faoliyati Ilestedt 2009-yilgi mavsumda Karlskrona FFdan kelgan, lekin dastlab Malmyoning B jamoasida oʻynagan. U 2010-yilda Damallsvenskan jamoasiga oʻtdi.

2017-yilning iyun oyida Ilestedt Germaniyaning Turbine Potsdam klubiga ikki yillik shartnoma asosida qoʻshildi Turbinedagi ajoyib oʻyinlaridan song Shved futbolchisi Germaniyaning boshqa bir jamoasi Bavariyalik skautlar nazariga tushdi. 2019-yil Amanda Bavariyaliklar bilan shartnoma imzoladi va shu yilning may oyida u Germaniyaning Bavariya klubiga oʻtib, 2021-yilning iyunigacha Myunxenliklar sharafini himoya qildi U 2020-21-yilgi mavsumda 18 marotaba liga oʻyinida maydonga tushib toʻrtta gol urdi va klubga besh yil ichida birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritishiga yordam berdi.

2021-yil 12-iyulda Ilestedtga Fransiyaning bayroqdori PSJliklar qiziqish bildirishdi va unga shartnoma taklif qilishdi muzokalralar soʻngida Amanda ikki yillik shartnoma asosida Fransiyaning Parij Sen-Jermen klubiga oʻtdi.

Xalqaro faoliyati Ilestedt 2013-yil 4-iyul kuni Angliyaga qarshi gʻalaba qoznilgan oʻyinda (4:1) Shvetsiya terma jamoasi safida debyut qilgan va ushbu oʻyinda jamoasining gʻalabasiga yordam bergan

Murabbiy Pia Sundhage Ilestedtni UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 uchun Shvetsiya terma jamoasiga jalb qilgan.

Shaxsiy hayoti Milliy xokkey ligasi (NHL) vakili Oliver Ekman-Larsson Ilestedtning amakivachchasi. Uning bobosining akasi Sven Tumba edi.

Faoliyat statistikasi

thumb|220px

thumb|220px Xalqaro +Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlar va gollar Milliy terma jamoa YilOʻyinGol Shvetsiya 2013-yil 2 1 2014-yil 4 0 2015-yil 5 0 2016-yil 3 1 2017-yil 1 0 2018 4 0 2019 11 1 2020 7 1 2021-yil 14 1 2022 3 2 Jami 54 7

Xalqaro maydondagi gollar Raq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2013-yil 31-oktyabr Gamla Ullevi, Gothenburg, ShvetsiyaFarer orollari2-05-0 2015 FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi 2 2016-yil 2-iyun Stadion Miejski ŁKS, Lodz, PolshaPolsha1-04-0 2017 UEFA Yevro saralash bosqichi 3 2019-yil 3-sentyabr „Daugava“ stadioni, Liepaya, LatviyaLatviya2-14-1 2022 UEFA Yevro saralashi 4 2020-yil 17-sentyabr Gamla Ullevi, Gothenburg, ShvetsiyaVengriya6-08-0 5 2021-yil 30-noyabr Stadion, Malmö, ShvetsiyaSlovakiya3-03-0 2023 FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi 6 2022-yil 20-fevral Estádio Algarve, Algarve, PortugaliyaPortugaliya0-20-4 2022 Algarve kubogi

Yutuqlar

thumb|250px Klub

LdB FC Malmö / Rosengård

Damallsvenskan (4): 2010, 2011, 2013, 2014 Svenska Superkubogi (3): 2011, 2012, 2015

Parij Sen-Jermen

Coupe de France ayol: 2021–22

Xalqaro

Shvetsiya

19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati (1): 2012-yil

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shvetsiyalik ayol futbolchilar