„Spartak“ — Toshkentning sobiq sovet va oʻzbek futbol klubi.

Tarixi 1937-yilda Toshkent shahar jamoasi negizida tashkil etilgan va 1955-yilda tarqatib yuborilgan. Toshkentning „Paxtakor“ klubidan oldingi klub hisoblangan.

1955-yilda „B“ toifasida „Spartak“ safida toʻp surgan 12 nafar futbolchi keyingi mavsumda „Paxtakor“ga oʻtishgan.

Ular orasida Oleg Jmak, Qobil Muqimov, Idgay Tazetdinov, Yuriy Uskov va Mixail Arustamov futbolchilik faoliyatini yakunlab, ushbu jamoaga murabbiylik qilishgan.

2008-yilda qayta tiklangan „Spartak“ Oʻzbekiston ikkinchi ligasi final bosqichining „A“ guruhi gʻolibiga aylandi va keyingi 3 mavsum Birinchi ligada oʻynadi.

Yutuqlari Oʻzbekiston SSR chempioni (4 marta): 1937, 1938, 1950, 1951. SSSR Birinchi ligasi: „B“ toifasidagi zonal turnirida 7-oʻrin (1953). SSSR Kubogi: 1/16 final (1954). Oʻzbekiston ikkinchi ligasi: 1-oʻrin (2008). Oʻzbekiston Birinchi ligasi: 6-oʻrin (2009).

Havolalar Клуб в базе footballfacts Матчи клуба в базе Wildstat Turkum:Oʻzbekiston futbol klublari Turkum:1936-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari Turkum:2008-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:SSSRda faoliyatini toʻxtatgan futbol klublari