right|thumb|250x250px| Tomonlar nisbati 5:8 boʻlgan versiya. right|thumb|250x250px| Dominikan Respublikasining gerbi. thumb| DR bayrogʻi hilpiramoqa Dominikan Respublikasi bayrogʻi - Dominikan Respublikasini ifodalaydi va u gerb va milliy madhiya bilan birgalikda milliy ramz maqomiga ega. Bayroqdagi koʻk rang ozodlikning ramzi, oq rang najotning ramzi, qizil rang esa qahramonlar qonini ifodalovchi ramzdr. Fuqarolik bayrogʻi Dominikan Respublikasi bayrogʻi bilan bir xil dizaynga ega, ammo fuqarolik bayrogʻi markazida gerb tasviri mavjud emas. Respublika bayrogʻi Xuan Pablo Duarte tomonidan ishlab chiqilgan va dizaynlashtirilgan.
Tavsifi Dominikan Konstitutsiyasining 21-moddasida tasvirlanganidek, bayroqning markazida choʻzilgan chiziqllari toʻrtta toʻrtburchakga boʻluvchi markazlashtirilgan oq xoch mavjud; ustki qismi chapda koʻk (koʻtaruvchi tomonida) va oʻng tomonida qizil, pastki chap qismi esa qizil (koʻtaruvchi tomonida) va oʻng tomoni koʻk. Davlat gerbi oq xochning markazida joylashgan boʻlib, bayroqda naqshli qalqonga ega dafna (chapda) va palma novdasi (oʻngda) bilan bezalgan; Qalqon tepasida koʻk lentada Dios, Patria, Libertad (inglizcha: Xudo, Vatan, Ozodlik) deb yozilgan milliy shior tasvirlangan. Qalqon ostida esa qizil lentada República Dominicana soʻzlari paydo boʻladi (bu qizil lenta oxirgi versiyalarda uchlari yuqoriga qaragan holda tasvirlangan). Qalqonning oʻrtasida, har ikki tomonida uchta nayza (ikkitasi Dominikan bayrogʻi) bilan oʻralgan, tepasida kichik xoch tasvirlangan Injil kitobning Yuhanno Xushxabari, 8 -bob, 32-oyati ochiq holda Y la verdad os hará libres (Va haqiqat sizni ozod qiladi) deb yozilgan tasviri joylashtirilgan. Bu bayroq ochiq xristian ramzlarini oʻz ichiga olgan 28 ta milliy bayroqlardan biridir. Bundan tashqari, Gaiti, Boliviya, Kosta-Rika, Ekvador, Salvador va Venesuela bilan bir qatorda oʻz gerb tasvirini oʻz ichiga olgan yettita milliy bayroqdan biridir.
Rossiyaning federal sub’ekti boʻlgan Perm oʻlkasi bayrogʻi Dominikan bayrogʻi bilan oʻxshash jixatlari mavjud. border|30x30px Ranglar sxemasi Koʻk Qizil Oq RGB 0,45,98 206,17,38 255,255,255 Oʻn oltilik #002D62 #CE1126 #FFFFFF CMYK 100 — 54 — 0 - 62 0 — 92 — 82 — 19 0 — 0 - 0 — 0
Prezident shtandarti
Boshqa bayroqlar
Tarixiy
Galereya
Manbalar
Turkum:Pages with unreviewed translations