Henrix Gamletovich Mxitaryan (arm. Հենրիխ Համլետի Մխիթարյան; 1989-yil 21-yanvarda tugʻ., Yerevan, Armaniston SSR, SSSR) — armanistonlik futbolchi, yarimhimoyachi. Armaniston terma jamoasining sobiq futbolchisi va sobiq sardori. Armaniston va Ukrainaning ko'p karra chempioni, Armanistonda yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida o'n marta tan olingan. Armaniston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar. 2017–yilda 1-darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
"Pyunik" tarkibida u to'rtta Armaniston chempioni unvonini qo'lga kiritdi, 2009-yilda Donetskning "Metallurg" klubiga, 2010-yilda esa "Shaxtyor"ga 6,1 million evro evaziga o'tdi. «Shaxtyor»da 2012/13-yilgi mavsumda urilgan gollar soni bo'yicha rekord o'rnatdi va chempionatda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U Bundesliganing "Borussiya Dortmund" klubi bilan rekord darajadagi 27,5 million evro evaziga shartnoma imzoladi va barcha davrlarning eng qimmat arman futbolchisiga aylandi.
U yerda u 2014-yilda Germaniya Superkubogini qo'lga kiritdi va keyingi mavsumda u Bundesligada 15 ta golli uzatma bilan eng ko'p golli uzatmani amalga oshirdi, bu natija bo'yich Yevropada ikkinchi o'rinni egalladi. Keyin u £30 million (€34,3 million) evaziga «Manchester Yunayted»ga o‘tib, APLda o‘ynagan birinchi armanistonlik bo‘ldi. U Angliya Superkubogini qo'lga kiritdi va UEFA Yevropa Ligasida g'alaba golini kiritdi. Mxitaryanning keyingi yomon sport formasi uni 2018-yilda «Arsenal» bilan, keyinroq esa A Seriyaning «Roma» klubi bilan ijara asosida shartnoma imzolashga olib keldi. U 2020-yilda doimiy asosda shartnoma imzolagan. 2022-yilda u UEFA Konferentsiyalar Ligasida zafar quchdi.
U 2007-2021-yillarda o'z mamlakati terma jamoasida o'ynagan. U Armanistonning barcha davrlardagi eng yaxshi to'purari bo'lib, 95 o'yinda 32 ta gol urdi va terma jamoaning birinchi xet-trikiga amalga oshirishga erishdi. U o'n marta Armanistonda yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan, 2009-yildan buyon har yili (2010 va 2018-yillar bundan mustasno) ushbu mukofotni oladi. Shuningdek, u 2012 va 2013-yillarda MDHda yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etilgan va postsovet davlatlarining eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etilgan birinchi arman futbolchisi boʻlgan.
Statistikasi Klub
+ Klub, mavsum va musobaqalar bo'yicha oʻyinlar va gollarJamoaMavsumLigaMilliy KubogLiga KubogiYevrokuboklarBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarPyunik2006Armaniston Premyer Ligasi12100———1212007Armaniston Premyer Ligasi241200—40—28122008Armaniston Premyer Ligasi24653—20—3192009Armaniston Premyer Ligasi101162———1613Jami7030115—60—8735Metallurg Donetsk2009–10Ukraina Premyer Ligasi29921—64—37142010–11Ukraina Premyer Ligasi8300———83Jami371221—64—4517Shaxtyor Donetsk2010–11Ukraina Premyer Ligasi17331—70—2742011–12Ukraina Premyer Ligasi261041—601037112012–13Ukraina Premyer Ligasi292542—82104229Jami7238114—2122010644Borussia Dortmund2013–14Bundesliga31952—1020046132014–15Bundesliga28361—70114252015–16Bundesliga311165—157—5223Jami9023178—3291114041Manchester United2016–17APL24431201161041112017–18APL15110104110222Jami3954130157206313Arsenal2017–18APL112——61—1732018–19APL2560030110—3862019–20APL30————30Jami3980030171—599Roma (ijara)2019–20Serie A22900—50—279Roma2020–21Serie A341311—111—46152021–22Serie A31520—110—445Jami872731—271—11729Inter2022–23Serie A0000—000000Karyera davomida umumiy4341434819601242451617187
Xalqaro + Terma jamoa va yil bo'yicha oʻyinlar va gollarTerma jamoaYilOʻyinGollarArmaniston2007202008502009712010532011842012822013822014742015602016532017962018101201963202021202172Jami9532
Erishgan yutuqlari Pyunik Armaniston Premyer Ligasi: 2006, 2007, 2008, 2009 Armaniston Kubogi: 2009 Armaniston Superkubogi: 2007, 2008
Shaxtyor Donetsk Ukraina Premyer Ligasi: 2010/11, 2011/12, 2012/13 Ukraina Kubogi: 2010/11, 2011/12, 2012/13 Ukraina Superkubogi: 2012
Borussia Dortmund DFL-Supercup: 2014
Manchester United Angliya Liga Kubogi: 2016/17 Angliya Superkubogi: 2016 UEFA Yevropa Ligasi: 2016/17
Roma UEFA Yevropa Konfensiyalar Ligasi: 2021–22
Shaxsiy Armanistonda yilning eng yaxshi futbolchisi: 2009, 2011, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2019, 2020 Boltiqbo'yi va Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2012, 2013 Ukraina Premyer Ligasining eng yaxshi futbolchisi: 2012/13 Ukraina Premyer Ligasining eng yaxshi toʻpurari: 2012/13 Ukraina Premyer Ligasida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2012 Bundesligada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2016 aprel Bundesliganing eng yaxshi assistenti: 2015/16 Bundesliga mavsum ramziy terma jamoasi aʼzosi: 2015/16 DFB-Pokal eng yaxshi toʻpurari: 2015/16 Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi: 2015/16 APL da oyning eng chiroyli goli: 2016 dekabr Angliya Liga Kubogining eng yaxshi assistsenti: 2016/17 Manchester Unitedning mavsumdagi eng chiroyli goli: 2016/17 UEFA Yevropa Ligasi mavsum ramziy terma jamoasi aʼzosi: 2016/17
Manbalar