Morgan Lily Gross (11-aprel, 2000-yil, Santa Monica, Kaliforniya, Amerika Qoʻshma Shtatlari) — amerikalik aktrisa va model. Ushbu yosh isteʼdod egasi toʻrt yoshida xalqaro miqyosda modelling faoliyatini boshlaydi va 21 dan ortiq televizion reklama roliklarida va Henry Poole Is Hereda Millie Stupek roli ijrosidan oldin koʻplab fotosessiyalarda ishtirok etadi. Lily "Heʼs Just Not That Into You ", „The Ugly Life of a Beautiful Girl“ filmidagi Matthew Gray Gublerning qizi sifatida ikkinchi darajali rollarni ijro etgan. Uning eng koʻzga koʻringan roli 2012 nomli apokalipsis filmdagi Lily Curtis roli boʻlgan. U Wendelin van Draanenning xuddi shu nomdagi romani asosida suratga olingan „Flipped“ filmida yosh Julianna Baker va "X-odamlar: Birinchi sinf " filmidagi yosh Raven Darkxolme rolini ijro etgan. Morgan Hallmark kanalining „Love's Everlasting Courage“ filmida Missy rolini ijro etgan. Uning eng soʻnggi ishi Mark Wahlberg bilan birga rol oʻynagan Joe Bellni oʻz ichiga oladi.

Faoliyati Lily aktyorlik faoliyatini erta boshlagan. Uning dastlabki ishlariga 2005-yilda u Morgan rolini ijro etish boʻlgan „Shards“ dramatik filmi va Kylie rolini tasvirlagan "JWelcome to the Jungle Gym" (2006) telefilmlari kiradi. 2007-yilda u „CSI: Crime Scene Investigation“ filmida Chloe rolida mehmon sifatida ishtirok etadi, bu esa uni 8 yoshida bosh rolni oʻynash kabi koʻproq imkoniyatlarga olib keladi. Oʻzining birinchi teatrlashtirilgan filmida Henry Poole Is HereMilliy Stupekni tasvirlagan. Morganning shu paytgacha eng koʻzga koʻringan roli 2009-yilda 2012nomli falokat filmida yosh aktyor Liam James bilan birga Lily Curtis rolida boʻlgan. U, shuningdek, Shameless’da Bonni rolini takrorlaydi. Morganning dolzarb loyihalari orasida taniqli aktyorlar Wes Braun (aktyor) va Cheryl Ledd bilan birga Love's Everlasting Courage kabilar kiradi.

Filmografiyasi YilSarlavhaRolIzohlar2005ShardsMorgan2006Welcome to the Jungle GymKylieTV film2007CSI: Crime Scene InvestigationChloeepizod: „Living Doll“2008Henry Poole Is HereMillie Stupek2009Wetten, dass..?Lily CurtisBekor qilingan2009Heʼs Just Not That Into YouYosh Gigi2009Curb Your EnthusiasmToʻngʻich farzandepizod: „Officer Krupke“20092012Lily Curtis2009The Bonnie Hunt ShowThe Bonnie2010Criminal MindsJody Hatchettepizod: „Solitary Man“2010FlippedYosh Juli2011Loveʼs Everlasting CourageMissieTV film2011X-Men: First ClassYosh Raven Darkhölme2013Piper’s QUICK PicksPiperMehmon2013Deadtime StoriesChris ParkerEpizod: „The Beast of Baskerville“2013Sticks and StonesAliceQisqa metrajli film2014Beautiful GirlBethany2014ShamelessBonnie4ta epizodda2014CootiesTamra2016Grey's AnatomyJennifer Parker2ta epizodda2017Chicago MedNancy LeighEpizod: „Prisoner’s Dilemma“2018JuvenilesCorie2017-2018ClawsMarnieTakroriy rollar2020Joe BellMarcie

Manbalar

Havolalar

Rasmiy veb-sayt

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:11-aprelda tugʻilganlar Turkum:2000-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Amerikalik bola aktrisalar Turkum:Alifbo bo'yicha aktrisalar