Surxon futbol klubi — Surxondaryo viloyatining maʼmuriy markazi hisoblangan Termiz shahridagi oʻzbek futbol klubi.
Tarixi Termiz shahridagi futbol klubi 1968-yilda „Chegarachi“ nomi bilan tashkil etilgan. Termiz klubi oʻzining ilk yillaridayoq Oʻzbekiston SSR chempionati va Kubogida qatnashgan. Keyingi yillarda, Sovet Ittifoqi parchalangunga qadar, Ikkinchi va quyi Ligada oʻynaganUzbekistan — Tablitsya dat zasnuvannya.
1969-yilda „Avtomobilchi“ (Termiz) jamoasi SSSR chempionatining Oʻrta Osiyo zonasida B guruhida debyut qildi. 1970-yilda SSSR futbol ligalarining navbatdagi qayta tashkil etilishidan soʻng, klub SSSR chempionatining Ikkinchi quyi ligasiga tushib ketdi, ammo 1971-yilda SSSR chempionati ikkinchi ligasining yangi tashkil etilgan 5-zonasiga qaytdi. 1974-yilda klub „Spartak“ (Termiz) nomi bilan oʻynagan boʻlsa, keyingi yili oʻzining avvalgi nomiga qaytdi. 1979-yilda klub SSSR kubogi uchun qur’a tashlash marosimida ishtirok etdi. 1984-yilda klub nomini „Surxon“ (Termiz) deb oʻzgartirdi. Jamoa 1991-yilgacha ikkinchi ligada oʻynagan.
SSSR Kubogida ham ishtirok etgan (eng yaxshi yutugʻi — 1985-yilda 1/32 finalga chiqqan). Alohida muvaffaqiyatlarga erishmagan. Sovet davrida 4 marta nomini oʻzgartirishga muvaffaq boʻlgan.
1992-yilda mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan soʻng Oʻzbekiston Oliy ligasi jamoalari oʻrtasidagi chempionatning birinchi qur’a tashlash marosimida debyut qilgan, ammo oxirgi 17-oʻrinni egallab, Birinchi ligaga tushib ketgan. Oradan bir yil oʻtib klub yana Oliy ligaga qaytdi. 1994-yilda oʻz nomini „Ask“ Termiz deb oʻzgartirgan boʻlsa, 1997-yilda avvalgi nomiga qaytganUzbekistan — Tablitsya zmіni nazv — RSSSF. 2004-yilda „Surxon“ (Termiz) 23 ochko jamgʻargan boʻlsa-da, OʻFA oliy ligasida qatnashish uchun aʼzolik badalini toʻlamagani uchun turnir jadvalida minus 3 ochko berilib, jarimaga tortildi va yakunda 13-oʻrinda oxirgidan ikkinchi oʻrinni egalladi va Birinchi ligaga tushib ketdi. 2009-yilda jamoa oʻz nomini „Dinamo-Hamkor“ (Termiz)ga oʻzgartirdi, turnir jadvalida 8-oʻrinni egalladi, ammo 2010-yilda klub moliyaviy muammlor tufayli chempionat qu’ra tashlash marosimida ishtirok etmadi. 2011-yilda Birinchi ligada ishtirok etish uchun „Termiz“ nomi bilan qaytdi. 2012-yilda jamoa tarixiy „Surxon“ (Termiz) nomini qaytarib oldi va 2013-yilda Birinchi liganing Gʻarbiy guruhida 10-oʻrinni egallab, Ikkinchi ligaga tushib ketdi.
2018-yilgi mavsumda A Pro-ligada 9 ta klub oʻrtasida 4-oʻrinni egalladi. Hozir Oʻzbekiston Superligasida toʻp surmoqda. 2020-yil mavsum boshida jamoa ramzi oʻzgardi.
2022-yil boshida Termiz klubi yirik kompaniyalar bilan hamkorlikni eʼlon qildi, ular orasida Eriell Group, Enter Engineering, Surhan Gas Chemical va UDF Management ajralib turadi. Jamoaga Ispaniya chempionatidagi „Getafe“ klubi, shuningdek, Ekvatorial Gvineya terma jamoasidagi faoliyati bilan tanilgan ispaniyalik mutaxassis Angel Lopez Perez kelib qoʻshildi.
Jamoa nomlari tarixi 1968—1969 — „Chegarachi“ 1969—1973 — „Avtomobilist“ 1973—1975 — „Spartak va Kamalak“ 1975—1983 — „Avtomobilist“ 1984—1993 — „Surxon“ 1994—1996 — „ASK“ 1997—2008 — „Surxon“ 2009—2010 — „Dinamo-Hamkor“ 2010—2011 — „Termiz“ 2012-yildan — „Surxon“ 2020-yilgi mavsum oldidan klubning ramzi logosi ham almashtirildi.
2023—2024-yilgi Oʻzbekiston Superligasi Oʻzbekiston Superligasini Surxon jamoasi OKMK jamoasini qabul qilgan va 3:1 hisobida magʻlub boʻlgan. 2-tur oʻyinini vohaliklar Andijon futbol klubini qabul qilgan va minimal 1:0 hisobida gʻalaba qozongan. Uchinchi tur oʻyinida Surxon jamoasi poytaxtda Turon jamoasi mehmoni boʻlgan va jamoalar 1:1 hisobida durrang oʻynashgan. Superliganing toʻrtinchi tur bahsida Surxonliklar Buxoro jamoasini qabul qilib ishonchli 2:0 hisobidagi gʻalabaga erishishgan. Beshinchi tur uchrashuvida Voha derbisi boʻlib oʻtdi. Surxon jamoasi Qarshining Nasaf jamoasi bilan kuch sinashdi. Oʻyinda Qarshiliklar 3:2 hisobida gʻalabaga erishganhttps://pfl.uz/uzb/m/match/15224. Superliganing oltinchi tur bahsida Surxon jamoasi Qizilqum mehmoni boʻlishgav, oʻyin : hisobidagi nursiz durrang bilan yakunlangan. Surxon futbolchilari superliganing yettinchi tur bahsida poytaxtning Bunyodkor jamoasini qabul qilgan va kichik 1:0 hisobida gʻalaba qozonishgan. Superliganing toʻqqizinchi tur bahsida Surxon jamoasi Neftchi klubini qabul qilgan va 2:2 hisobidagi jangovor durrang natija qayd etishgan. Bu oʻyindan keyin Surxon FC haligacha NEFTCHI, ATLAS-CHI klublari bilan iqtisodiy hamkorlikni qabul qilishni soʻradi, va Fargʻona rozi boʻldi. Oʻninchi tur bahsida Navbahor klubi mehmoni boʻlgan Surxon jamoasi 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan. Superliganing oʻn birinchi tur bahsida Metallurg jamoasini qabul qilgan Surxon jamoasi kichik 1:0 hisobida gʻalaba qozongan. Superliganing oʻn ikkinchi turida Surxon klubi poytaxtning Paxtakor klubi mehmoni boʻlishgan, oʻyin soʻngida poytaxt jamoasi 1:0 hisobida gʻalaba qozongan. Oʻn uchinchi tur bahsida Sugʻdiyonani qabul qilgan voha klubi 1:0 hisobida gʻalaba qozongan. 7-iyul kuni Superliganing qoldirilgan sakkizinchi tur bahsi oʻtkazilgan. Bu turda Surxon klubi Olimpik mehmoni boʻlib 1:1 hisobida durrang oʻynagan. Superliganing oʻn toʻrtinchi tur bahsida OKMK jamoasi mehmoni boʻlgan Surxon jamoasi 3:2 hisboda gʻalabani qoʻlga kiritgan.
Klub tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlari Eslatma: Maʼlumotlar 2022-yil 5-sentyabrga asoslangan
1. Ravshan Doʻrmonov — 67 ta gol 2. Baxtiyor Bozorov — 41 3. Jaloliddin Isoqulov — 40 4. Rifat Xaliullin — 30 5-6. Rustam Asqarov — 25 5-6. Sirojiddin Rahmatullayev — 25 7. Vali Keldiyev — 24 8. Alisher Bozorov — 20 9-10. Oleg Pugaltsov — 14 9-10. Bahodir Annamatov — 14
Mahalliy musobaqalardagi ishtiroki Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Eng yaxshi toʻpurarlari Murabbiy Div. Poz. Oʻ. Yu. D. M. G. U. G. Q. N. Nomi Liga1992Oʻzbekiston Superligasi1732012201564121/16 final bosqichi Yerbulat Yeraliyev Rustam Bekmatov3 Botir Kashkenboyev1993Oʻzbekiston Pro ligasi2302046722144Nimchorak final Ravshan Doʻrmonov15 Botir Kashkenboyev1994Oʻzbekiston Superligasi1030114154251261/16 final bosqichi Ravshan Doʻrmonov14 Botir Kashkenboyev1995123010515375035Nimchorak final Rustam Asqarov8 Botir Kashkenboyev199616304719297019Dastlabki guruh bosqichi Rifat Haliulin10 Botir Kashkenboyev Vladimir Jukovskiy1997113411716396040Ikkinchi saralash bosqichi Ravshan Doʻrmonov Oleg Pugaltsov9 Togʻaymurod Xushbekov19981030124145062401/16 final bosqichi Ravshan Doʻrmonov15 Toʻlagan Isoqov Botir Kashkenboyev1999153079144454301/16 final bosqichi Ravshan Doʻrmonov14 Birodar Abduraimov200093815716697952 Jaloliddin Isoqulov16 Birodar Abduraimov2001153412220427138Nimchorak final Ravshan Doʻrmonov102002930103173854331/16 final bosqichi Jaloliddin Isoqulov13200393010416325634Yarim final Bahodir Annamatov82004122672172455201/16 final bosqichi Bahodir Annamatov52005Oʻzbekiston Pro ligasi83417215475753Nimchorak final Ilhom Shomurodov18200619388525347923Birinchi saralash bosqichi Jahongir Fayzimatov92007Oʻzbekiston ikkinchi ligasi2008Oʻzbekiston Pro ligasi1834532694018200982612113304137201012223415295313Ikkinchi saralash bosqichi Ravshan Doʻrmonov2011113611619505939 Furqat Mustafoqulov20129227692425271/16 final bosqichi Furqat Mustafoqulov2013820776192228 Botir Kashkenboyev2014Oʻzbekiston ikkinchi ligasi Furqat Mustafoqulov2015 Ravshan Doʻrmonov2016 Ravshan Doʻrmonov2017Oʻzbekiston Pro ligasi43418610573260Ikkinchi saralash bosqichi Akmal Abdurahmanov15 Ravshan Doʻrmonov Vali Keldiyev20184321589623653Nimchorak final Temur Usmonov11 Dilshod Nuraliyev Igor Shkvirin Rifat Akramxoʻjayev2019Oʻzbekiston Superligasi62610511263335Chorak final Abdul Aziz Yusupov8 Andrey Miklyayev Bahtiyor Ashurmatov Vadim Andreyev202012264517174417Nimchorak final Oleksandr Kasyan8 Bahrom Haydarov Ravshan Haydarov202110267415174325Chorak final Murodbek Bobojonov5 Rifat Akramxoʻjayev Bahrom Haydarov202211267514254436Chorak final Rubén Sánchez8 Angel Lopez Perez Migel Alvares20236261178282440Chorak final Sylvanus Nimely12 Sergey Arslanov202472610610303136Yarim final Abdugʻafur Haydarov7 Fevzi Davletov202510309813263035Guruh bosqichi Rustam Turdimurodov6 Fevzi Davletov
Yutuqlar
Oʻzbekiston chempionati 6-oʻrin (1): 2023 Oʻzbekiston Birinchi ligasi Kumush medal sohibi (1): 1993 Oʻzbekiston kubogi: Yarim final (1): 2002/03, 2024 Jamoa tarkibi
Asosiy jamoa
U21
U19
Klub hodimlari
Murabbiylar shtabi Lavozimi Ism Bosh murabbiy Stanislav Kudryashov Katta murabbiy Doniyor UsmonovDarvozabonlar murabbiyi Suleyman Axmedkarimov Jismoniy tayyorgarlik murabbiyi Akmal ShorahmedovTahlilchi-murabbiy Ilhom Radjabov
Bosh murabbiylar tarixi Yillar Bosh murabbiy 1968—1970 Viktor Tixonov 1971 Aleksey Gubin Viktor Gostriy 1972—1973 Vladimir Desyatchikov 1974 Viktor Tixonov 1975 Yakov Aranovich 1976—1977 Mark Tunis 1977—1980 Viktor Tixonov 1981—1983 maʼlumotlar yoʻq 1984 Vladimir Jukovskiy 1985—1986 maʼlumotlar yoʻq1987—1988 Vladimir Gluxov 1987—1990 Taymuraz Xabayev 1991 Munir Salixov 1992 Botir Kashkenboev 1993—1995 maʼlumotlar yoʻq 1996 Botir Kashkenboev 1996 Vladimir Jukovskiy 1997 Togʻaymurod Xushbekov 1998 Toʻlagan Isoqov 1998 Botir Kashkenboyev 1999 Birodar Abduraimov 2000—2009 maʼlumotlar yoʻq 2010 Ravshan Doʻrmonov 2011—2012 Furqat Mustafoqulov 2013 Botir Kashkenboyev 2014 Furqat Mustafoqulov 2015—2016 Ravshan Doʻrmonov2016 Vali Keldiyev 2017 Obid Xudoyorov 2017 Sergey Kovshov 2017 Abdusamat Doʻrmonov 2018 Dilshod Nuraliyev2018 Igor Shkvirin 2018 Rifat Akramxoʻjayev2019 Ilhom Moʻminjonov 2019—2020 Andrey Miklyayev2019 Baxtiyor Ashurmatov2019 Vadim Andreev2020 Shavkat Abdixoʻjayev2020 Bahrom Haydarov2020 Ravshan Haydarov2021 Rifat Akramxoʻjayev2021 Bahrom Haydarov2022 Anxel Lopes Peres2022 Migel Alvares2023 Sergey Arslonov Sergey Tokov2024—2025 Fevzi Davletov2026 Stanislav Kudryashov2026— Anvar Gʻofurov
Mashhur futbolchilari Vladimir Grishchenko Vladimir Gringazov Marat Kabayev Ravil Galimov Vladimir Dergach Nikolay Maslov Gennadiy Mixaylutsa Oleg Morozov Yuriy Sarkisyan Asan Mustafoyev Aleksandr Sayun Albert Tsarayev Dougllas Nacsimento Do Trugilho Lucas Oliveria De Cunha Darko Stanojević Vladimir Bubanja Oleksandr Kasyan Ravshan Bozorov Abdusamad Doʻrmonov Rustam Doʻrmonov Ravshan Doʻrmonov Bahriddin Vahobov
Manbalar
Havolalar Klub haqida maʼlumot wildstat.ru saytida Klub haqida maʼlumot futbolfatcts.ru saytida Oʻzbekiston — Nom oʻzgarishlari jadvali — RSSSF Futbol klublari tarixi https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL Сурхан Термез - Профиль клуба | Transfermarkt
Turkum:FC Surxon Termiz Turkum:Oʻzbekiston futbol klublari Turkum:Oʻzbekiston SSR futbol klublari Turkum:Termizda sport Turkum:Oʻzbekiston Superligasi jamoalari Turkum:1968-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Turkum:1968-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari