Diahnne Eugenia Abbott (; 1945-yil 1-yanvar, New York, AQSh) — amerikalik aktrisa va qoʻshiqchi. U 1970-1980-yillardagi filmlarda, jumladan, "Taxi Driver " (1976) filmlarida ikkinchi darajali rollarni ham ijro etgan.

Abbott 1976-yildan 1988-yilgacha aktyor Robert De Niro bilan turmush aloqalarida boʻlgan. Ularning Rafael ismli oʻgʻli bor va uning ismi u Rimdagi mehmonxona nomi bilan atalgan. De Niro Abbottning oldingi nikohidan qizi Drenani asrab oladi. Drena otasining bir qancha filmlarida, jumladan Showtime (2002), Wag the Dog (1997), City by the Sea (2002) va Intern (2015) kabi kinofilmlarida suratga tushgan. De Niro va Abbott 1988-yilda ajrashishadi.

Aktrisa va xonanda boʻlmish Abbott Martin Scorsesening „Taxi Driver“ (1976) filmida De Nironing qarshisida pornografik kinoteatr kassasi xodimini tasvirlagan. U 1977-yilda suratga olingan „New York, New York“ filmida kamo roliga ega boʻlib, unda Fats Wallerning „Honeysuckle Rose“ qoʻshigʻini ijro etadi.

U, shuningdek, rejissor Scorsesening 1983-yilda suratga olingan „The King of Comedy“ filmida, shuningdek, „Crime Story“ teleserialida (Sonia obrazi) va 1986-yilda „Jo Jo Dancer, Your Life Is Calling“ (Ona roli) filmidagi rollarni ham ijro etgan. U qoʻshiqchi Gregory Abbotning amakivachchasi boʻlib, 1986-yilda „Shake You Down“ qoʻshigʻi bilan ham musiqa olami shinavandalari orasida tanilgan„Biography“ at Gregoryabbott.com..

Filmografiyasi

Filmlardagi rollari YilSarlavhaRolIzohlar1976Taxi DriverConcession Girl1976Welcome to L.A.Jeanette Ross1977New York, New YorkHarlem Club Singer1983The King of ComedyRita Keane1984Love StreamsSusan1986Jo Jo Dancer, Your Life Is CallingMother2000Before Night FallsBlanca Romero2002SoliloquyLeah

Televizion rollari Yil Sarlavha Rol Izohlar 1988 Crime Story Soniya 3ta epizod

Manbalar

Havolalar

Turkum:Afroamerikalik aktrisalar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1945-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar